|
AVESTODAGI REAL, DUNYOVIY QADRIYATLAR
|
bet | 21/139 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 1,89 Mb. | | #148083 |
Bog'liq Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолAVESTODAGI REAL, DUNYOVIY QADRIYATLAR.
Bu kitobda juda ko`p g`oya, fikr, tavsiya, o`gitlar bor bo`lgani uchun biz faqat real, haqiqiy hayotga dunyoviy munosabatlarga tegishli hozir ham talabalar uchun o`z ahamiyatini yo`qotmagan masalalar ustida to`xtaymiz. Avestoning asosiy g`oyalari olamdagi barcha tartiblar, ezgulik (yaxshilik) va yomonlikdagi, ziyo va zulmat, hayot va o`lim o`rtasidagi kurashga bog`liq; dunyodagi barcha ezguliklarni Ahuramazda, yomonliklarni Ahriman ifodalaydi; bu kurashda odam oliy kuchlar ihtiyoridagi o`yinchoq emas, u tanlash erkinligiga ega, u o`z g`ayrati bilan bu dunyoda adolat topishiga ta`sir eta oladigan kishidir. Demak, hozir ham kimki, o`zini ilohiy kuch qo`lidagi qo`g`irchoq hisoblamasa, o`ziga biror kasbni tanlab olsa, g`ayratli bo`lsa, adolatsizlikka duch kelsa unga qarshi kurasha oladigan inson bo`lib yetishishlari shart. Avestoda u zamonlarda keng tarqalgan ko`chmanchilik qoralanib, dehqonchilik ezgulik sifatida rag`batlantirilgan. Bundan xulosa chiqarib, hozir ham har bir odam hech bo`lmasa bir tup mevali daraxt, gul, sabzavot eksin, o`ziga mevasi nasib etmasa farzandlariga, bechoralarga nasib etadi, savob bo`ladi. El rahmatlar aytadi. Avestoda to`rt element suv, olov, tuproq, havo g`oyat ulug`langan; bularni asrash, avaylashga da`vat etilgan. Uning tarbiyaviy ahamiyati hozir ham katta. Bunga amal qilib, har bir ongli, aqlli vatanparvar, xalqparvar, yoshu-qari tomchi suvni ham isrof qilmasligi, energiya, hayot manbai olovini, demak gazni, ko`mirni, neftni, o`tinni asrashi; tuproqni iflos qilmasligi, erroziyaga ya`ni nurash, sho`rlanishga yo`l qo`ymasligi; havoni esa pokiza saqlashi, ekologik halokatga uchratmasligi ham qarz, ham farz.
4-MAVZU: BUDDAVIYLIK DINI
REJA
1. Buddaviylik dinining paydo bo‘lish tarixi, asosiy ta'limotlari, oqimlari va manbalari.
2. Tripitaka va buddaviylikning muqaddas manbalari.
3. O‘rta asrlarda Dzen buddaviylik ta'limoti. Chan buddizmning Xitoyda rivojlanishi. Modern buddaviylik. Globall buddaviylik.
|
| |