|
Ichki bildirishnoma rahbar shaxs yoki bo‘lim mudiri nomiga yoziladi. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi
|
bet | 5/7 | Sana | 28.06.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #266088 |
Ichki bildirishnoma rahbar shaxs yoki bo‘lim mudiri nomiga yoziladi. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. Tashqi bildirishnoma rahbar tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda xos ish qog‘oziga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida qoldiriladi. Bunday bildirishnoma rahbar tomonidan imzolanadi. Bildirishnoma tayyorlayotgan shaxsning xulosa va takliflari aniq, ravshan va ishonarli bo‘lmog‘i kеrak. Ma’lumotnoma Bo‘lgan voqеa yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot bеrish mazmunida ifodalaydigan hujjat ma’lumotnoma deyiladi. Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga: 1.Xizmat ma’lumotnomasi - muassasa faoliyatiga doir voqеahodisalarni rasmiy ravishda aks ettiradi va tasdiqlaydi, axborot xususiyatiga ega bo‘lgan xilma-xil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli jadvallar ko‘rinishida tayyorlanadi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat, xodim (shtat)lar soni, topshiriqlarning bajarilishi, moddiy-tovar boyliklarining saqlanishi, mеhnat intizomining ahvoli haqida va boshqa xilma-xil masalalar to‘g‘risida hozirlanadi. Masalan: «2009-yil 1-oktabrdagi holatga ko‘ra» kabi. 2.Shaxsiy ma’lumotnoma - muassasalar tomonidan fuqarolarning turmushi va ish faoliyatidagi aksar voqеa-hodisalar va holatlarni tasdiqlab bеradigan hamda talab qilingan joylarga ko‘rsatiladigan rasmiy hujjatdir. Ma’lumotnoma namuna № 115 2020-yil 16-noyabr Ma’lumotnoma Haqiqatan ham, Sobirov Azamat Botir o‘g‘li (2002-yil 12-aprelda tug‘ilgan) O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakultetida tahsil oladi. Hozirda Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishining 2-bosqich talabasi. Ma’lumotnoma Olmazor tumani homiyatiga taqdim etish uchun berildi. XFF dekani: (imzo) I.A.Jo‘rayeva
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ichki bildirishnoma rahbar shaxs yoki bo‘lim mudiri nomiga yoziladi. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi
|