|
Kotiba: (imzo) S.R.Ismoilova Tavsifnoma
|
bet | 6/7 | Sana | 28.06.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #266088 |
Kotiba: (imzo) S.R.Ismoilova Tavsifnoma Ma’lum bir shaxsning mеhnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdеk uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat tavsifnoma deyiladi. Tavsifnoma muassasa ma’muriyati yoki jamoat tashkilotlari (agar ular mavjud bo‘lsa) tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar uchun kеtishda, lavozimga tayinlashda yoki shahodatlashtirish va boshqa hollarda) bеriladi. Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Tavsifiy matnlarda shaxs, narsa, voqea-hodisaning muhim belgilari aniq ma’lumotlar, sifatlovchi ifodalar orqali bayon qilinadi. Bunday matnlar tilida xarakter-xususiyatni ifodalovchi sifatlar, belgining ortiqlik darajasini ifodalovchi leksik-grammatik vositalar, yasama sifatlar faol ishlatiladi. Shuningdek, shaxs harakat-holatining belgisini ifodalovchi ravishlardan o‘rinli foydalanish talab qilinadi. Tavsifnomada tavsiflanayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlar bir-biridan vergul bilan ajratib yoziladi. Masalan: ...ning 2- bosqich talabasi, 1988-yilda tug‘ilgan, o‘zbek... kabi. O‘zMU fizika fakultetining 4-kurs talabasi, 1979-yilda tug‘ilgan, Tavsifnoma Nazar Shukurov o‘rta maktabni tugatgach, 1995-yilda fizika fakultetining 1-kursiga o‘qishga kirdi. Universitetda tahsil olish davrida u intizomli, ziyrak va zukko talaba sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Bilimlarni qunt bilan o‘rganishga harakat qiladi. Fizika fanlariga alohida qiziqadi. U 1998-yilning aprel oyida talabalarninig Xalqaro ilmiy konfrensiyasida ma’ruza bilan qatnashdi. Ma’ruzasi konfrensiyasining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. N. Shukurov fakultetining jamoat ishlarida faol qatnashadi, fakultetning “Yosh fiziklar” devoriy gazetasiga muharrirlik qiladi. U kamtarin va to‘g‘riso‘`zligi, mehribonligi tufayli hamkurslari hurmatiga sazovor bo‘lgan.
|
| |