|
Mavzu: Farmoyish hujjatlarining leksik va stilistik xususiyatlari. Ma’lumot-axborot hujjatlari. Xizmat yozishmalari
|
bet | 2/7 | Sana | 28.06.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #266088 |
S h a x s i y i s h o n c h n o m a l a r ayrim shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib bеrilgan yozma hujjatdir. Muayyan tashkilotdan pul yoki qimmatbaho buyum, zaruriy hujjatlar olish, avtomobilni boshqarish, oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish, mulkni boshqarish va boshqa xususiy ishlarni bajarish uchun ishonch bildiriladi. Topshiriq-1 Matnda tushirib qoldirilgan qo‘shimchalarni to‘g‘ri topib qo‘ying va shaxsiy ishonchnoma namunasini daftaringizga ko‘chiring. ISHONCHNOMA Men, Kamol Yo’ldoshev, guruhdosh... Abdulla Ahmedovga (pasport ma’lumotlari) Chilonzor tumanidagi 64-aloqa bo‘lim... men... nom... kelgan 150000 (bir yuz ellik ming) so‘m miqdoridagi pul jo‘natma... ol... uchun ishonch bildir… 2002-yil 5-may (imzo) K. Yo‘ldoshev K. Yo‘ldoshev imzosini tasdiqlayman. Institut kadrlar bo‘limi boshlig‘i (imzo) A Shukurov (muhr) E’tibor bering va esda saqlang: ishonch bildiradi (kim?) – Men, Kamol Yoidoshev, … ishonch bildiradi (kimga?) – Abdulla Ahmedovga … ishonch bildiradi (nimani?) – pul jo‘natmasini (qayerdan?) – 64 - aloqa bo‘limidan … Tilxat Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoki boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat tilxat deyiladi. Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi. Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar bilan ham bеrilishi shart. Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda, bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin. Ba’zan tilxatda guvohlar ismi-sharifi ham ko‘rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o‘z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kеrak. Tarjimayi hol Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv tarjimayi hol deyiladi. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari:
|
| |