|
Dehqon oilasida tug‘ildim, savdo uyushmasi raisi, bo‘lim mudiri vazifasida ishlaydi, maktabni tamomladim, o‘qishga kirdim, lavozimida ishladim, a’zosiman, qatnashaman, uylanganman, turmush o‘rtog‘im,
|
bet | 4/7 | Sana | 28.06.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #266088 |
Dehqon oilasida tug‘ildim, savdo uyushmasi raisi, bo‘lim mudiri vazifasida ishlaydi, maktabni tamomladim, o‘qishga kirdim, lavozimida ishladim, a’zosiman, qatnashaman, uylanganman, turmush o‘rtog‘im, jamoat ishi, saylanganman. Tushuntirish xati Tushunirish xatlari asosan xodim (ishchi, xizmatchi, jamoa xo‘jaligi a’zosi, talaba) tomonidan, ba’zan bo‘linmalar rahbarlari tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) jarayonida xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan ba’zi hatti-harakatlar (masalan, ish yoki o‘qishga kеch qolish, kеlmay qolish, rеja yoki ayrim topshiriqlarni bajarmaganlik, bеlgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularning sabablari izohlanadi, dalillanadi. Tushunirish xatlari odatda mansabdor (rahbar) shaxsning talabi bilan yoziladi, chunki u kеyinchalik xodim haqida muayyan qarorga kеlish, unga nisbatan tеgishli intizomiy jazo chorasini qo‘llash yoki, dalillar asosli (uzrli) bo‘lsa, qo‘llamaslik uchun asos vazifasini o‘tashi mumkin. Tushuntirish xati xodim (talaba)ning o‘z dastxati bilan yozilib, yozuvchi shaxs nomi qaratqich kelishigida (masalan: N. Sobirovning tushuntirish xati) rasmiylashtiriladi. Matn mazmuni aniq va ixcham tuziladi, sana va dalillar aniq ko‘rsatiladi, yetarlicha izohlanadi, qo‘shimcha asoslov hujjatlari ilovada beriladi. Topshiriq -3 Quyidagi qoliplashgan birikmalarni daftaringizga ko‘chirib oling va xotirangizda saqlab qoling. Bu birikmalardan foydalanib, o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmaganingiz sababi to‘g‘risida tushuntirish xati yozing. Zaruriyat tufayli, betobligi sababli, shifoxonada davolanayotganligi uchun, nosozligi tufayli, yomon tashkil etilganligi sababli, joriy etilganligi munosabati bilan, imkoniyati yo‘qligi tufayli, vafot etganligi sababli, ob-havo noqulayligi uchun, o‘zgarganligi munosabati bilan, xabar berilmaganligi sababli, e’tiborsizlik tufayli, ruxsat berilmaganligi sababli. Bildirishnoma Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori, mansabdor shaxsga biron-bir voqеa va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot bildirishnoma deyiladi. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi(yozuvchi)ning takliflari aks etadi. Kimga yo‘llanganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Dehqon oilasida tug‘ildim, savdo uyushmasi raisi, bo‘lim mudiri vazifasida ishlaydi, maktabni tamomladim, o‘qishga kirdim, lavozimida ishladim, a’zosiman, qatnashaman, uylanganman, turmush o‘rtog‘im,
|