Mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllariva bosqichlari




Download 261.31 Kb.
bet3/9
Sana08.10.2023
Hajmi261.31 Kb.
#87186
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Глобаллашув ва интеграция жараёнларининг умумий
portal.guldu.uz-O’simliklar fiziologiyasi, 20, Operatsion tizim PPT (2), Metrologiya 1-5 amaliyot, 24, 61 90 12, Loyihani boshqarish, 14-lekciya, 10 маъруза Ландшафт режалаштиришнинг амалий жиҳатлари сувни муҳофазалаш, O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, RDB Rahimov Yahyobek 21-20., Ravshanov Umrzoq KT3
2. Mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllariva bosqichlari
Har bir integratsion guruhning iqtisodiy modeli — uzoq tarixiy jarayonning natijasi boiib, uning davomida mintaqaviy xo‘jalik majmuasini tashkil etuvchi unsurlar nisbati shakllanadi, ularning o‘/.aro munosabatlari mexanizmi mustahkamlanadi. Aynan shuning uchun har bir mintaqaviy iqtisodiy tizim o'zicha noyob boiib, uning tajribasining mexanik o'zlshtirilishi past samaradorlikka ega.
Biroq hozirda mavjud savdo-iqtisodiy guruhlaming qiyosiy tahlili mintaqaviy integratsiya jarayonlarini rivojlantirishning muayyan umumiy qonuniyatlari borligini, uning bir qator o‘ziga xos bosqichlardan navbatma-navbat o‘tishi kerakligini, integratsiya jaravonlari intensivligining turli darajasi, uning chuqurligi va miqyoslari turlicha ekanligini ko‘rsatadi.
Integratsiyaga oddiydan murakkabga qarab rivojlanayotgan jarayon sifatida qarash uning shakl va bosqichlarining tasniflanishini amalga oshirish imkonini beradi. Bu o‘rinda, turli xalqaro iqtisodiy tashkilotlar asos sifatida qabul qilgan J.Gopkins universiteti (AQSh) professori B.Balassa nazariy yondashuvi klassik tasnifga aylandi. B.Balassa, eng awalo, hamkorlik va integratsiyani farq qilishni taklif etdi. Agar hamkorlik jarayoni turli xildagi cheklovlami va kamsi- tishlami kamaytirishga yo‘naltirilgan hatti-harakatlarning amalga oshirilishini bildirsa, u holda integratsiya jarayoni cheklov va kamsitishlaming bartaraf etilishini ko‘zda tutadi. B.Balassa integ-ratsiyaning besbta asosiy shakllarini (integratsion kelishuv turlarini) farqlaydi. Yel va boshqa integratsion guruhlaming muayyan tajribasi orqali kiritilgan mazkur nazariyaning zamonaviy modifikatsiyalarini hisobga olgan holda, ularni ko‘rib chiqamiz.
Integratsion kelishuvlaming asosiy turlariga quyidagilami kiritish maqsadga muvofiqdir:
— erkin savdo zonasi (free trade zone);
— bojxona ittifoqi (customs union)',
— umumiy bozor (common market)',
— iqtisodiy ittifoq (yanada yetuk shaklda iqtisodiy va valyuta ittifoqi: economic and monetary union);
— to‘liq iqtisodiy va siyosiy integratsiya.Zikr etilgan integratsiyaviy hamkoriik turlaridan har birini batafsil ko‘rib chiqamiz.

Download 261.31 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 261.31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllariva bosqichlari

Download 261.31 Kb.