-sinfda harakatga doir masalalarni o`rganishga doir dars ishlanmasi




Download 33,19 Kb.
bet6/7
Sana18.12.2023
Hajmi33,19 Kb.
#122508
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Harakatga doir masalalar

2.2. 4-sinfda harakatga doir masalalarni o`rganishga doir dars ishlanmasi
Mavzu: Tezlik. Vaqt. Masofa. Dars maqsadi: a) ta'limiy maqsadi: DTS asosida o'quvchilarda harakatga doir masalalar ustida ishlash ko'nikmasini shakllantirish, masalani turli usullar bilan ishlash malakasini hosil qilish; b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarda matematikaga qiziqish o'yg'otish, ularni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tabiatni asrash ruhida tarbiyalash. s)rivojlantiruvchi maqsad: Tezlik. Vaqt. Masofa mavzusini puxta o’rganib olingan bilimlarni hayot bilan bog’lash. Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars jihozi: Ko'rgazmali plokatlar, darslik. Darsning borishi 1.Tashkiliy qism: O'qituvchi darsga kiradi. O'quvchilar bilan salomlashadi. Xona tozaligi, navbatchi o'quvchini aniqlaydi, davomatni tekshiradi. Sanani aniqlab doskaga yozadi. 2.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash: O'quvchilardan o'tgan mavzuni va uyga vazifani so'rab baholaydi. Sinf ishi daftarini tarqatib, uy ishi daftarini tekshirish uchun yig'ib oladi. 3.Yangi mavzu bayoni. Yangi mavzu: Tezlik. Vaqt. Masofa. O'qituvchi: Aziz o'quvchilar. Bugun sizlar bilan biz yangi mavzuni o'rgnamiz. Biz hammamiz vaqtni bilamiz,u haqida ayrim elementar ma'lumotlarga egamiz. 33 Mahbuba, sen vaqt birliklarini sanab ber Mahbuba: Sekund, minut, soat, sutka, hafta, oy, yil, asr. O'qituvchi: Juda to'g'ri. Masofa haqida ham bilamiz. Masofa bu- bosib o'tilgan yo'l. Masofani uzunlik birliklari bilan o'lchaymiz. Anvar, sen uzunlik birliklarini sanab ber. Anvar: metr, kilometr, santimetr kabi O'qituvchi: Juda to'g'ri. O'qituvchi doskaga velosipedchining rasmi tushirilgan va u bosib o'tayotgan yo’lning tasviri tushirilgan plakatni iladi. Plakatda velisopedchi yura boshlagan va yo'lning oxiriga belgi qo'yilgan. O'qituvchi tezlik bu masofaning vaqtga nisbati ekanligini, o'quvchilarga tushuntirib berish lozim. 1) Velosipedchi 48km masofani soatga bir xil tezlik bilan yurib, 4 soatda bosib o'tdi. Velosedchi bir soatda necha kilometr yo'l bosgan? 48 km 4soat 48:4=12 Agar har soatda 12 km yurgan bo'lsa, uni velosipedchining 1 soatdagi harakat tezligi deyiladi. Soatiga 12 km bu- velosipedchining tezligi. Qisqartirib qo'yidagicha yoziladi: 12km/soat. 4 soat-velosipedchining sarflagan vaqti 48 km- velosipedchining bosib o'tgan masofasi. Tezlikning qisqartirib yozilishi km/soat, km/min, km/s, m/min, m/s. Shu kabi masalalar yechilishi natijasida tekis harakatda tezlik – vaqt birligi ichida bosib o`tilgan masofa ekanligi, tekis harakatning o`zi o`quvchilarga tanish tushunchalar va iboralar yordamida tushuntiriladi. O`quvchilarning diqqatini tezlik= masofa : vaqt ekanligiga qaratadi. O'qituvchi turli xil masalalar orqali o'quvchilarda tezlik tushunchasini shakllantiradi. 4.Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun didaktik o'yin o'tkaziladi. Sinfni uch jamoaga bo'lib olinadi. Jamoalarning har bir ishtirokchisiga oldindan tayyorlangan savollardan bittadan beriladi. O'ylash uchun 2 soniya muhlat. Har bir to'g'ri javobga 1 balldan beriladi. Qaysi jamoada ko'p ball to'plansa, shu jamoa g'olib hisoblanadi va o'quvchilar baholanadi. 34 5.Uyga vazifa berish . Darslikdagi 6-7 misol va masalalarni ishlab kelish, mustaqil tarzda har.
XULOSA
Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida matnli masalalar yechishni, jumladan 4-sinflarda harakatga doir masalalar ustida ishlashni o‘rganish muammosi bo‘yicha tayyorlangan ushbu ilmiy-uslubiy tadqiqot ishlar asosida tayyorlangan kurs ishida quyidagi xulosalarga keldik: 1. Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida o‘quvchilarga matnli masalalarni o‘rgatish hozirgi holati yutuqlar bilan birga ayrim kamchiliklardan holi emas, chunki jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi juda tez o‘zgarib turibdi; - yosh boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun matnli masalalarni o‘rganishga qaratilgan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari qo‘llashni hisobga oluvchi metodikani tanlash imkoniyati cheklangan; - I-IV sinflarda o‘rganiladigan matematik tushunchalar mazmunini ifodalovchi matnli masalalar tizimi yetishmasligi; Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida o‘rganiladigan harakatga doir matnli masalarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ularning samaradorligini oshirish omillari, ilmiy-nazariy va uslubiy ta‘minoti atroflicha o‘rganildi: - 4- sinflar matematikasi mazmunini ochuvchi qator harakatga doir matnli masalalar tizimi ishlab chiqildi; - boshlang‘ich sinf o‘quvchilari harakatga doir matnli masalalarni mustaqil yecha olishini ta‘minlovchi masala ustida ishlash rejasi ishlab chiqildi; - harakatgadoir matnli masalalarni o‘rganishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish yo‘llari qarab chiqildi; - harakatga doir matnli masalalarni o‘rvanishda ma‘naviy-tarbiyaviy vazifalarni hisobga olish o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi. Barkamol avlod ta‘lim –tarbiyasida milliy-ma‘naviy tarbiyani shakllantirishga qaratilgan harakatga doir matnli masalalar bir tizimga keltirildi.
4. Boshlang‘ich sinflar matematka darslarida o‘quvchilarning harakatga doir matnli masalalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlarini ta‘minlashga xizmat qiluvchi o‘qitish shakllari,uslublari, va vositalari asoslandi.
5. Harakatga doir matnli masalalr yechish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilari asosiy matematik tushunchalar haqida yetarli darajada bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo’ladilar.


Download 33,19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 33,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-sinfda harakatga doir masalalarni o`rganishga doir dars ishlanmasi

Download 33,19 Kb.