|
II BOB 4-sinfda harakatga doir masalalar ustida ishlash metodikasi
|
bet | 5/7 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 33,19 Kb. | | #122508 |
Bog'liq Harakatga doir masalalarII BOB 4-sinfda harakatga doir masalalar ustida ishlash metodikasi
2.1 Harakatga doir masala va uning turlari
―Harakatga doir masala deb, tarkibiga harakatni xarakterlovchi miqdorlar, ya‘ni tezlik, vaqt va masofa kirgan masalalarni atash mumkin. ―Harakat so’zi har xil tipdagi masalarda: oddiy uchlik qoidaga doir masalalarda, ikki ayirma bo’yicha noma‘lumni topishga doir masalalarda va boshqa xil masalalarda uchraydi. Ammo bu masalalar harakatga doir masalalar turiga kirmaydi. Matematika o’qitish metodikasida harakatga doir masalalar jumlasiga harakatni xarakterlovchi uchta miqdor-tezlik, vaqt va masofa orasidagi bog’lanishlarni topishga doir masalalar kiritiladi, bu masalalarda aytilgan miqdorlar yo’naltirilgan miqdorlar sifatida qatnashadi. Xususan, quyidagi masalalar harakatga doir masalalar jumlasiga kiradi: 1) bir jism harakatiga doir hamma sodda va murakkab masalalar (bu masalalarda miqdorlardan biri - tezlik, vaqt yoki masofa-qolgan ikkitasiga bog’liq holda qatnashadi); 2) uchrashma harakatga doir masalalar; 3) ikki jismning qarama-qarshi yo’nalishdagi harakatlariga doir masalalar; 4) ikki jismning bir yo’nalishdagi harakatiga doir masalalar (masalalarning bu turi boshlang’ich maktabda qaralmaydi). l) a. Ma‟lum masofa va harakat vaqti bo„yicha tezlikni topishga doir masalalar. Bu xildagi masalalar ustida ishlashning mohiyatini ushbu masalani yechish misolida ochib beramiz: ―Piyoda kishi har soatda baravardan yo’l bosib, 3 soatda 12 km yurgani ma‘lum bo’lsa, u qanday tezlik bilan yurgan? O’quvchilar o’qituvchi yordamida masala shartini tahlil qilish bilan bir vaqtda masalani jadvalga yozishni o’rganadilar. – Masalada nima ma‘lum? (Piyoda kishi yo’lda 3 soat bo’lgani.) – 3 soat - tushuntiradi o’qituvchi - bu piyoda kishining yurgan vaqti. – Masalada yana nima ma‘lum? (Piyoda kishi 3 soatda 12 km o’tgani.) – 12 km – piyoda o’tgan yo’l yoki masofa. – Masalada nimani bilish talab qilinadi? (Piyoda bir soatda qancha yo’l 27 o’tgani.) Masalani analiz qilish jarayonida o’qituvchi masalaning sharti jadvalga qanday yozilishini ko’rsatadi: Tezlik Vaqt Masofa ? 3 soat 12 km Bunday xulosa chiqariladi: agar masofa va harakat vaqti ma‘lum bo’lsa, tezlikni topish mumkin. Tezlik masofaning vaqtga bo‘linganiga teng. b) Tezlik va harakat vaqtiga ko„ra masofani topishga doir masalalar. Misol uchun bunday masalaning yechilishini qaraymiz: ―Piyoda kishi soatiga 6 km tezlik bilan 3 soat yo’lda bo’ldi. Piyoda kishi qancha masofa o’tgan? Masala shartini chizma yordamida ham hal qilish mumkin. Shunga o’xshash bir qator masalalarni yechish natijasida o’quvchilar bunday xulosaga kelishadi: agar tezlik va harakat vaqti ma‘lum bo’lsa, u holda masofani topish mumkin. Masofa tezlik bilan vaqtning ko’paytmasiga teng. Ma‘lum tezlik va masofaga ko’ra harakat vaqtini topishga doir bir qator masalalarni yuqoridagidyek qarab bunday xulosaga keladilar: agar tezlik va masofa ma‘lum bo’lsa, u holda harakat vaqtini topish mumkin. Vaqt masofaning tezlikka bo’linganiga teng. Tezlikning o'lchov birliklarini yozganda avval uzunlik birligi yozilib, so'ng qiya chiziq «/» (yoki «-») qo'yiladi va qiya chiziq tagiga vaqt yoziladi. Masala yechimini shunday yozish mumkin: Yechish. 1) 70km/soat • 2 soat =140km. Javob: 140km. 2) 70 km/soat • 3 soat=210 km. Javob: 210 km. Berilgan tezlik va berilgan vaqtga ko'ra bosib o'tilgan yo'lni topish uchun tezlik va vaqtni o'zaro ko'paytirish kerak. Umuman, soatiga v km yo'l bosayotgan jismning t soatda o'tgan yo'lini S harft bilan belgilasak, bu yo'l S = v•t formulaga (qoidaga) ko'ra hisoblanadi.
|
| |