• AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya
  • Centrum Air, Silk Avia, Asia Union Airlines va Tashkent Air
  • Mavzu: havo transporti




    Download 0,53 Mb.
    bet2/4
    Sana19.12.2023
    Hajmi0,53 Mb.
    #123129
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1 X.Xo`janazarov Havo transporti

    Havo transporti O‘zbekiston iqtisodiyotida yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi, mamlakatning tashqi dunyo bilan xalqaro, iqtisodiy, diplomatik, madaniy aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Farg‘ona, Navoiy shaharlarida zamonaviy jihozlangan aerovokzal (aeroport)lar ishlaydi. Toshkent aeroporti Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik xalqaro aeroport hisoblanadi. Buxoro, Samarqand, Urganch aeroportlari ham xalqaro aeroport maqomiga ega. "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi muntazam holda 20 ta xalqaro reyslarni amalga oshiradi. Yevropa, Amerika, Janubi-Sharqiy Osiyo, MDH davlatlari shaharlarida uning 44 ta vakolatxonalari ochilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi hukumati yordamida aviatsiya tarmog‘iga 1 mlrd 200 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritildi va rivojlangan zamonaviy infratuzilma barpo etildi.
    • Chet mamlakatlarda havo transporti AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va boshqa davlatlarda rivojlangan. Bu mamlakatlardagi aviakompaniyalarda 300 va undan ortiq yo‘lovchiga mo‘ljallangan fuqaro samolyotlari, og‘ir yuk transport samolyotlari keng qo‘llanadi.
    • 2023 yil yanvar-iyul oylari davomida O‘zbekistonda Centrum Air, Silk Avia, Asia Union Airlines va Tashkent Air aviakompaniyalari tashkil etildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lumot berdi.
    • Natijada, O‘zbekistonda aviakompaniyalar soni 8 taga yetdi. Shu vaqtgacha “O‘zbekiston havo yo‘llari”, Qanot Sharq, Panorama Airways va Humo Air aviakompaniyalari faoliyat yuritayotgan edi.
    • Qayd qilinishicha, 2023 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston aviakompaniyalari tomonidan 28 764 ta aviaqatnov amalga oshirilib, jami 3,6 milliondan ortiq yo‘lovchi tashilgan. Shulardan xorijiy yo‘nalishlarda amalga oshirilgan aviaqatnovlar soni 16 618 ta, mahalliy yo‘nalishlarda amalga oshirilgan aviaqatnovlar soni 12 146 tani tashkil etgan.
    • Uzbekistan Airways, Qanot Sharq, Centrum Air, Silk Avia hamda Humo Air aviakompaniyalari tomonidan
      Download 0,53 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,53 Mb.