• III.XULOSA IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH. Kurs ishining dolzarbligi.
  • A(a,b)
  • Mavzu: Ikkinchi tartibli chiziqlarning optik xossalari. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism




    Download 52,23 Kb.
    bet1/11
    Sana24.01.2024
    Hajmi52,23 Kb.
    #145017
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word



    Mavzu: Ikkinchi tartibli chiziqlarning optik xossalari.
    Reja:
    I.KIRISH.
    II.ASOSIY QISM
    2.1.Ellips va uning optik xossasi
    2.2.Giperbola va uning optik xossasi.
    2.3.Parabola va uning optik xossalari.
    2.4. Ikkinchi tartibli egri chiziqlarning fan va texnikada qo’llanishi.
    III.XULOSA
    IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    KIRISH.
    Kurs ishining dolzarbligi. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo`lgan ta`lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotga mamlakatimizning uzluksiz ta`lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko`tarish, unga ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish hamda ta`lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasida ko`tarildi.“Ta`lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta`lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.
    O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2021-yil 28 -maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta`minlash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida” qabul qilgan.
    Qarorida zamonaviy fikrlovchi pedagogik kadrlar tayyorlashga,ta`lim jarayonida ilg`or pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek electron talim resurslari va mul`tmedia taqdimotlaridan foydalanishni yo`lga qo`yishga alohida e`tbor qaratilishiga urg`u berilgan.Shu munosabat bilan bugungi kunda yuqorida aytilgan bilimlarni pedagoglar tomonidan o`rganish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim-chuqur,har taraflama asosli ta’lim-tarbiya berish, mutaxassis kadrlar tayyorlashning turli-tuman shakl, usul, vosita, uslub va yo’nalishlarining mukammal uyg’unligidan iboratdir.Uning turli komponentlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik,muayyan usul va uslublarning ta’lim sharoitiga oqilona tadbiq etilishi uzluksiz ta’lim sifatini ta’minlaydi.1
    Tekislik yoki fazoda koordinatalar sistemasini kiritganimizda, geometrik figuraga tegishli nuqtalar koordinatalarga ega bo‘ladi.Agar figuraga tegishli nuqtalarning koordinatalari biror algebraik tenglamani qanoatlantirsa, u algebraik tenglama bilan aniqlanuvchi geometrik figura deyiladi. Masalan, markazi A(a,b) nuqtada bo'lgan va radiusi R ga teng aylana tenglamasi ( x - a )2 + ( y - b )2 - R 2 = 0 ko'rinishga ega bo'ladi.
    Analitik geometriya kursida o'rganish metodlarining asosini koordinatalar metodi tashkil qiladi. Biz asosan figuralarni ularning tenglamalari yordamida o'rganamiz, ya’ni algebraik tenglamalarini o'rganish bilan shugullanamiz. Bu yerda algebraik metodlar asosiy rolni o'ynaydi. Biz asosan birinchi va ikkinchi darajali tenglamalar bilan ish ko'ramiz. Analitik geometriya kursida o'rganiladigan geometrik figuralar sinfi unchalik katta bo'lmasa ham, birinchi va ikkinchi darajali tenglamalar bilan aniqlanuvchi geometrik figuralar fan va texnikada juda katta rol o'ynaydi Birinchi darajali algebraik tenglamalar bilan aniqlanuvchi geometrik figuralar -to'g'ri chiziq va tekislikdir. Ushbu asosiy geometrik figuralar bilan siz elementar geometriya kursidan tanishsiz. Tekislikda ikkinchi darajali tenglamalar ikkinchi tartibli chiziqlami, fazoda esa ikkinchi tartibli sirtlarni aniqlaydi. Yuqoridagi misoldan ko'rinadiki, aylana ikkinchi tartibli chiziqdir.
    Fazoda (x -a ) 2 + ( y - b ) 2 + {z -c) 2 - R 2 = 0 tenglama bilan aniqlanuvchi nuqtalar to'plami esa sferadan iborat bo'lib, u ikkinchi tartibli sirtdir.
    Analitik geometriya kursida vektorlar algebrasi ham o'rganiladi.
    Vektor tushunchasi muhim fundamental tushunchalardan bo'lib, faqatgina analitik geometriya kursida emas, balki matematikaning boshqa bo'limlarida ham muhim rol o'ynaydi.
    Yuqorida algеbraik chiziq va uning tartibi to’g’risida tushuncha kеltirilgan edi. Shuningdek yuqorida birinchi tartibli algеbraik chiziqning xossalarini uning tеnglamasiga asoslanib tеkshirdik. Bu bobda ikkinchi tartibli algеbraik chiziqlarning gеomеtrik xossalarini o’rganishga o’tamiz. Ayrim «aynigan hollarni» (ikki to’g’ri chiziqqa aylanib kеtish, mavxum chiziqlar va x.k.) nazarga olmasak, ikkinchi tartibli chiziklar uchtadir (ellips, gipеrbola, parabola). 5v chiziqlarning talay xossalari qadimgi Grеtsiya olimlari tomondano ochilgan edi (Mеnеxm, Apolloniy va boshqalar, eramizdan oldingi IV -III asrlar). Bu chiziqlar astronomiya, mеxanika fanlari va tеxnikada kеng qo’llanilardi.

    Download 52,23 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 52,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Ikkinchi tartibli chiziqlarning optik xossalari. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism

    Download 52,23 Kb.