|
Mavzu: Iqtisodiy tuzilmalar va mulkchilik Bajardi: Xoʻjayeva Munisa pps-111 gruh mustaqil ishi
|
bet | 2/4 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 442,93 Kb. | | #230170 |
Bog'liq Iqtisodiy tuzilmalar va mulkchilikKishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo‘lgan iqtisodiy tizimlarni o‘rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o‘zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir. - Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo‘lgan iqtisodiy tizimlarni o‘rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o‘zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir.
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: - Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- tarixiy-formatsion yondashuv;
- sivilizatsiya darajasi jihatidan yondashuv;
- texnik va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;
- ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar o‘zgarishi jihatidan yondashuv.
- Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy-formatsion yondashuvda ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga e’tibor berilgan.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar
Ishlab chiqarish munosabatlari
Ishchi kuchi
Ishlab chiqarish vositalari
Asos
Siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy
Ishlab chiqarish usuli
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar-bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir. Ular takror ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlar deb ham ataladi. - Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar-bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir. Ular takror ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlar deb ham ataladi.
- Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab chiqarish munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi. Muayyan taraqqiyot darajasidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining birligi va o‘zaro ta’siri ishlab chiqarish usulini tashkil etadi.
|
| |