|
Mavzu: ishsizlik, uning darajasi, turlari va ishsizlik to’G’risidagi nazariyalar reja: kirish asosiy qism
|
bet | 3/9 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,55 Mb. | | #234624 |
Bog'liq Ishsizlikyashirin, bu asosan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish tarmoqlari uchun xarakterlidir va bu haqiqiy ish kuchini kamroq miqdorda talab qiladi. Amalda ishsizlikning yashirin shakli faqat iqtisodiy emas, shu bilan birga siyosiy xususiyatga ham egadir. Yashirin ishsizlik ishlab chiqarishning chuqur tanazzuli sharoitida korxonalarda ortiqcha bandlikning saqlanib qolganligidan dalolat beradi;
mavsumiy, ma’lum bir mavsumda ish bilan bandlikni ta’minlovchi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash va tayyorlash muddati bilan asoslangan. Uni normal ishsizlik jumlasiga kiritish mumkin. Mavsumiy ishsizlikning hajmi ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif mavsumiy omillarining baravar ta’sir qilishi sifatida namoyon bo’ladi;
texnologik o’zgaruvchan, bu shakli masalan, fan - texnika yutuqlari natijasida qo’l mehnati o’rnini mashina egallashi natijasida yuzaga keladi;
tarkibiy, iqtisodiyotning yangi tarmoqlari paydo bo’lishi yoki eskisiga barham berilishi va mulkchilik shakllarining o’zgarishi bilan yuzaga keladi.
Ishsizlikning ijtimoiy - iqtisodiy mazmuni, sabablari va turlari nazariy asoslanishi ishsizlik holatining mezonlari va ko’rsakichlari ochib berilishini taqozo qiladi. Chunki ishsizlikning asosiy mezonlari va ko’rsatkichlari mehnatga layoqatli aholi oqilona bandligini shakllantirishni tartibga solishda muhim ahamiyatga egadir.
O’zi qanday odam ishsiz sanaladi? Ishsizlik — ishlash layoqatiga ega bo’lgan va mehnat qilish istagini bildirgan iqtisodiy faol fuqarolarning ish topa olmasligi.
Ishsizlik juda ko’p muammolarga zamin yaratadi — jinoyatchilik oshadi, oilalarda notinchlik paydo bo’ladi, bolalarning tarbiyasi buziladi. Ishsizlikning ma’lum darajaga yetishi hatto davlatchilik tanazzuliga ham sabab bo’lishi mumkin. Ya’ni bu yerda illatli doira paydo bo’ladi: ishsizlar ko’payishi davlatni zaif qiladi, zaif davlatda esa ishsizlar yanada ko’payadi. Lekin dunyoning xoh rivojlangan, xoh rivojlanayotgan biror davlati yo’qki, ishsizlik muammosi bo’lmasa.
Bizni ko’proq o’zimizdagi holat qiziqtiradi. O’zbekistonda rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, ishga layoqatli aholining taxminan 10 foizi ishsiz. Ya’ni ichki mehnat bozorida band bo’lganlar, chetga ketganlardan tashqari 1,5 mln nafarga yaqin fuqaro ishsiz hisoblanadi.
Ishsizlik jiddiy muammo ekanligi, unga qarshi astoydil kurashish zarurligini e’tirof etgan holda, bugun masalaga ikkinchi tarafdan yondashib ko’ramiz.
Bugun aksariyat tashkilotlar, ayniqsa nodavlat kompaniyalar yaxshi xodimlar qidirib, bo’sh ish o’rinlari haqida e’lonlarni muntazam joylashtirib borishadi. Eng katta ish beruvchi bo’lgan davlat tizimida ham vakant talaygina.
|
| |