|
Mavzu: Kampyuter tarmoqlari va ularning elementlari Reja: Kirish Kompyuter turlari, ularning kórsatkichlari Kompyuterlar turlari va xususiyatlari
|
bet | 3/6 | Sana | 02.01.2024 | Hajmi | 283,63 Kb. | | #129520 |
Bog'liq Kampyuter tarmoqlari va ularning elementlariShaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o`quv yurtlarida keng tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir.
IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab chiqarilishiga qaramay ham texnik, ham programma ta’minoti mosligi, ya’ni bir-biriga to`g`ri kelishi nazarda tutiladi. Bunday kompyuterlar hajmi jihatidan kichik (bir stol ustiga joylashadi), amal bajarish tezligi, masalan PENTIUM-3 MMX protsessori o`rnatilgan kompyuterlarida hozirgi kunda 750-1000 megagersni, xotira hajmi esa 64-128 megabaytni tashkil qiladi. Bu ko`rsatgichlar o`ta tez o`zgarib, har ikki yilda kompyuterlar imkoniyati ikki baravar oshishi, ularning narxi esa shunchaga arzonlashishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Bugungi kunda Pentium IV kompyuterlari ham jahon bozorida keng tarqalmoqda. IBM PC moslik kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda. Bular IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. Shuni aytish joizki, yuqorida nomlari zikr etilgan firmalar ishlab chiqargan kompyuterlar (bradename) – “Oq yasalgan”, Janubiy-Sharqiy mamlakatlarda: Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya va boshqa mamalakatlarda yuqorida nomlari keltirilgan firmalar litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan kompyuterlar “Sariq yasalgan” nomga ega. Firma nomlari ko`rsatilmagan kompyuterlar esa “nomsiz kompyuterlar” (noname)deb yuritiladi. Ayniqsa, keyingi guruh kompyuterlarni sotib olishda ular yaxshi tekshiruvdan (testlar yordamida) o`tkazilishi lozim. Shaxsiy kompyuterlar uchun uning muhim ko`rsatkichi ishlash kafolatining (kamida uch yil) bo`lishi muhim. Shu bilan birga, bunday kompyuterlarni sotib olganda litsenzion programma ta’minoti va tegishli adabiyotlar bilan birga berilish imkoniyati mavjudligi nazarda tutilishi kerak.
Noutbuk kompyuterlar. Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo`lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko`tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan, ham ichiga o`rnatilgan batareyalarda uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlashi mumkinligidir. Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o`zi zarad ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga mo`ljallangan bo`ladi. Hozirda bunday noutbuklarni IBM, Compaq, Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, bunday kompyuterlar o`z imkoniyatlari nuqtai nazaridan shaxsiy kompyuterlarga tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning narxi baland bo`lishini sezish qiyin emas. Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan operatsion sistemalar MS DOS, qobiq programmalar, Windows ning oxirgi versiyalarida va boshqa operatsion sistemalar boshqaruvida ishlaydi. Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho`ntak kompyuterlari ham ishlab chiqilmoqda. Ular ham tabiiyki, operatsion sistema boshqaruvida ishlaydi va ular turli soha masalalarini yechishga qodir. Ixtiyoriy kompyuterning ishlash prinsipini birinchi bo`lib ingliz olimi Charlz Bebich va uning g`oyasini mukammallashgan ko`rinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning prinsipi programma asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket ishlash g`oyasidan iborat. Hozirda ko`p kompyuterlar shu g`oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko`p protsessorli kompyuterlar, ya’ni bir vaqtda programmaning bo`laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o`tish joizdir. Shunday qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan programma asosida ishlaydi. O`z navbatida programma qo`yilgan masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir programmalash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligidir. Programmalash tilida tuzilgan programmalar maxsus tarjimon programmalar yordamida kompyuter tiliga o`tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma’lum qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman prinsipi bo`yicha avtomatik ravishda bajariladigan programma avval kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan programma asosida programmani tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi.
Super kompyuterlar - juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun moljallangan boladi. Bunday masalalar sifatida ob-havoning global prognoziga oid masalalarni, uch olchovli fazoda turli oqimlarning kechishini organish masalalari, global informatsion sistemalar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trillionlab amal bajaradi. Superkompyuterlar bahsida AQSH energetika vazirligining Sandia laboratoriyasida o`rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red kompyuter sistemasi karvonboshilik qilmoqda.
Super kompyuterlar - juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun moljallangan boladi. Bunday masalalar sifatida ob-havoning global prognoziga oid masalalarni, uch olchovli fazoda turli oqimlarning kechishini organish masalalari, global informatsion sistemalar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trillionlab amal bajaradi. Superkompyuterlar bahsida AQSH energetika vazirligining Sandia laboratoriyasida o`rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red kompyuter sistemasi karvonboshilik qilmoqda.
Kompyuter tizimi (KT) keng tushuncha bo’lib, ularning tashkiliy asosida bir necha hisoblash mashinalarini yagona ishlov berish tizimiga birlashtirish orqali ishlov berish tezligini boshqarish qoidasi yotadi. Tizim so’zining bir nechta asosiy tushunchalarini ko’rib chiqamiz. Tizim (grekcha systema – to’liq bog’lanishli qismlardan iborat) – bu ma’lum to’liqlikni, birlikni tashkil etuvchi bir-biri bilan o’zaro bog’liq elementlar majmuasi hisoblanadi. Tizim xarakteristikasi uchun ko’p qo’llaniladigan bir nechta tushunchalarni keltirib o’tamiz.
Tizim elementi – bu ma’lum funksional vazifaga ega bo’lgan tizimning tashkil etuvchisi. O’z navbatida bir muncha oddiy, o’zaro aloqaga ega elementlardan iborat tizimning murakkab elementlari ko’p hollarda qism tizimlari deb ataladi.
Tizimning tuzilishi – bu xususiy holda turli xil holatdagi elementlarni tizim doirasida cheklashda paydo bo’luvchi ichki tartiblanish, tizim elementlari o’zaro aloqasining kelishuvi. Tizim strukturasi – bu tizimning asosiy xususiyatini belgilovchi tarkibi, tizim elementlari o’zaro aloqasining tartibi va qoidalari. Agar tizimning alohida elementlari turli xil bosqichlar bo’yicha taqsimlangan bo’lib, elementlarning ichki aloqalari faqat yuqorida turuvchilari pastki darajada turuvchilari va aksincha ko’rinishda tashkil qilingan bo’lsa, bu iyerarxik strukturali tizim bo’ladi. Tizim arxitekturasi – bu foydalanuvchi uchun muhim hisoblangan tizimning xususiyatlari majmui. Axborot tizimlarida arxitekturaning munosabati – bu kompyuter va dasturiy komponentlarning mantiqiy qurilishi va ular orasida vazifalarning taqsimlanishini bildiradi.
Kompyuter tizimlari – bir kompyuterli, ko’p kompyuterli va ko’p protsessorli tizimlar sifatida quriladi. Kompyuter tizimlari – tezkor (online) va tezkor bo’lmagan (offline) rejimlarida ishlashi mumkin.
Kompyuter tizimlarini boshqarish – markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan tarzda amalga oshiriladi.
Kompyuter tizimlarining vositalari – bir joyga to’planib yoyilgan holda, ma’lumotlarni bir sathli ishlash vositalari sifatida va ko’p sathli ishlash vositalari sifatida quriladi. Kompyuter tizimlarini qurishning turli xil variantlari, tanlanadigan hisoblash elementlarini bog’lash strukturasi va apparat dasturiy vositalarning arxitekturasi yechiladigan masalaga bog’liq bo’ladi. Hisoblash tizimlariga bitta kompyuter yecha olmaydigan masalalar ajratiladi. Bunday masalalarga quyidagilar kiradi:
- murakkab buyumlarni (avtomobillar, samolyotlar) yoki murakkab konstruksiyalar (bino, ko’priklar) ni loyihalash;
- ob-havo bashorati va iqlim va ekologiya o’zgarishini modellashtirish;
- masshtabli tabiiy ofatlar (suv toshqini, yer qimirlashi) ni bashoratlash;
-foydali qazilmalarni qidirish va o’zlashtirish;
-astronomiya, yer sathi tasvirlariga ishlov berish;
-murakkab elektron sxemalar (superkompyuterlar) ni loyihalash.
HT insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati va hujjat almashinuv bo’yicha xizmat ko’rsatish (lokal, korporativ va global kompyuter tarmoqlari) sohalarini avtomatlashtirishda ham qo’llaniladi.
HT yangi materiallar yaratish, astrofizika, molekulyar va atom fizikasi, kimyo va biologiya, yangi dori vositalarini yaratish kabi ilmiy tadqiqotlarda keng tadbiq topdi.
Hisoblash tizimi deganda foydalanuvchi masalalarini tayyorlash va yechish uchun mo’ljallangan birgalikda ishlovchi prosessorlar yoki kompyuterlar, tashqi qurilmalar va dasturiy ta’minotlarning to’plami tushuniladi.
HT hisoblash vositalarining mavjudligi nuqtai nazaridan bir mashinali, ko’p mashinali va ko’p prosessorli turlarga bo’linadi. Bitta quvvatli kompyuter va ko’p funksiyali pereferik qurilmalari bilan HT qurishning eng oddiy varianti hisoblanib, barcha pereferik qurilmalar (ayniqsa, masofadan turib erkin foydalanish yoki ishlov berish) avtonom hisoblash qurilmalari vazifasini bajaradi.
Ko’p mashinali HT markazlashgan (masalaning yechilishi boshqaruvini belgilangan kompyuter bajaradi) yoki markazlashmagan (tizim kompyuterlari teng huquqli) boshqaruvli an’naviy arxitekturadagi kompyuterlar arxitekturasidan tashkil topadi. Bundan tashqari HT hududiy-to’plangan (barcha kompyuterlar bir-biriga yaqin joylashgan) va hisoblash tarmoqlari (lokal, global) ko’rinishida taqsimlangan bo’lishi mumkin. Hisoblash tizimlarini bunday tashkil qilishda komponentlar bir biri bilan tezkor aloqa kanallari yordamida bog’lanadi.
Ko’p prosessorli HT buyruq va ma’lumotlar oqimiga parallel ishlov beruvchi, ya’ni bitta katta masalaning har xil bo’laklarini yechuvchi prosessorlar to’plamidan tashkil topadi. Ko’p prosessorli tizimlarning klassik misoli – bu super EHM. Shunday ekan, hisoblash tizimi yoki tarmog’i foydalanuvchilarning individual va korporativ masalalarini yechish uchun o’zaro bog’langan va birgalikda ishlovchi prosessorlarni, kompyuterlarni, pereferik qurilma va kommunikasion vositalarni o’zida aks ettiradi.
Bir turdagi HT standart dasturiy vositalar to’plami, qurilmalarni ulashning na’munaviy protokollaridan foydalanish imkonini beruvchi bir turga mansub kompyuterlar yoki prosessorlar asosida quriladi. Ularni tashkil qilish bir muncha oddiy bo’lib, tizimga xizmat ko’rsatish va modernizasiyalash yengillashadi.
Bir turda bo’lmagan HT o’z tarkibiga turli turdagi kompyuterlar yoki prosessorlarni oladi. Bunday tizimlarni qurishda yaratish va xizmat ko’rsatish jarayonini murakkablashtiruvchi turli xil texnik va funksional xarakteristikalarni hisobga olish kerak bo’ladi.
Hisoblash tizimlari boshqarish va xizmat ko’rsatish nuqtai nazaridan quyidagicha ishlaydi:
· operativ holatda (on-line);
· operativ bo’lmagan holatda (off- line).
Operativ tizimlar real vaqt masshtabida ishlaydi. Ularda tezkor axborot almashinuvi amalga oshiriladi, so’rovlarga javoblar kechiktirilmagan holda kelib tushadi. Operativ bo’lmagan HT so’rovning bajarilishida kechikish bo’lgan holda ham (ayrim hollarda tizimning keyingi ish seansida) «kechiktirilgan javoblarga» ruxsat etiladi. Bu yerda hisoblash tizimlari va ularning qo’llanilish sohalari bo’yicha umumiy ma’lumotlar keltirilgan. HT barcha asosiy xarakteristikalari – tashkil qiluvchi komponentlar, struktura va yechilayotgan masala foydalanuvchi talabiga bog’liq bo’ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Kampyuter tarmoqlari va ularning elementlari Reja: Kirish Kompyuter turlari, ularning kórsatkichlari Kompyuterlar turlari va xususiyatlari
|