• Kurs ishining vazifasi
  • Kurs ishining predmeti
  • I.BOB. TEXNOLOGIK TA’LIMI O’QITISH METODIKASI, KASB TANLASHGA YOLLASH FANINING NAZARIY ASOSLARI
  • Mavzu: Kasb tanlashga yollash bo'limini o'qitishda interaktiv metodlarni qo'llash metodikasi Reja: Kirish




    Download 1,01 Mb.
    bet2/8
    Sana27.01.2024
    Hajmi1,01 Mb.
    #147158
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Kasb tanlashga yollash bo\'limini o\'qitishda interaktiv metodlarni qo\'llash metodikasi kurs ishi

    Kurs ishining maqsadi: O'quvchilarni mehnat va kasb olamiga olib kirishning har xil yo'llari orasida « tTexnologik ta’limi o’qitish metodikasi, kasb tanlashga yollash» fani muhim o'rin tutadi. Uning metodikasini takomillashtirish orqali fan uchun moddiy jihozni mustahkamlash, maktabni o'z atrofidagi sanoat va qishloq xo'jaligi sohasi bilan aloqasini mustahkamlash, ijtimoiy foydali, unumli mehnatni tashkil etish, uning tarbiyaviy iqtisodiy samaradorligini oshirish, uni ta ’lim bilan qo'shib olib borish, o'quvchilarni mehnatga tayyorlashni yaxshilash bo'yicha ishlar yo'lga qo'yish maqsad qilib olingan.
    Kurs ishining vazifasi: Kurs ishining vazifasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
    — o'quvchilarda pedagogik-psixologik bilimlarni umum - mehnat, kasb tanlashga yo'llash va umum kasbiy ko'nikma va malakalarni shakllantirish jarayoniga tatbiq etish;
    — pedagogik-psixologik bilimlarni bevosita tanlangan sohalariga tatbiq eta olish va yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish;
    — maktablarda mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo'llash darslarini o'qitishni tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini o'rgatishdan iborat.
    Kurs ishining predmeti: «Texnologik ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida bakalavr egallashi kerak bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni keng ommaga joriy etish.
    Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kirish, 2 ta bob, 4 ta reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.

    I.BOB. TEXNOLOGIK TA’LIMI O’QITISH METODIKASI, KASB TANLASHGA YOLLASH FANINING NAZARIY ASOSLARI
    1.1. Texnologik ta’limi o’qitish metodikasi, kasb tanlashga yollash fanining maqsad va vazifalari
    O'quvchilarni mehnat va kasb olamiga olib kirishning har xil yo'llari orasida «M ehnat ta ’limi» fani muhim o'rin tutadi. Uning metodikasini takomillashtirish orqali fan uchun moddiy jihozni mustahkamlash, maktabni o'z atrofidagi sanoat va qishloq xo'jaligi sohasi bilan aloqasini mustahkamlash, ijtimoiy foydali, unumli mehnatni tashkil etish, uning tarbiyaviy iqtisodiy samaradorligini oshirish, uni ta ’lim bilan qo'shib olib borish, o'quvchilarni mehnatga tayyorlashni yaxshilash bo'yicha ishlar yo'lga qo'yiladi. Mehnat darsi maktabdagi boshqa fanlar uchun umumiy didaktik tamoyillarni qo'llasada, uning o'ziga xos xususiyatlari ham mavjud. O'quvchilar bilish faoliyati bilangina emas, balki yaratish faoliyati bilan ham shug'ullanadilar. Mehnat fanlari, qurollari, jarayonlari oddiy o'rganish obyekti sifatida emas, balki o'quvchilar ishlarini faollashtiruvchi ko'rsatmalilik vositasi, didak tik material, ta ’lim n in g texnik vositasi sifatida xizmat qiladi. Fanni o'qitishdan maqsad — o'quvchilarni har tomonlam a barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bo ­zor iqtisodiyoti davrida ta ’lim -tarbiya ishini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol g'ovasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib, ularni ta'lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs — mehnat ta ’limi, kasb tanlashga yo'llash o'qituvchisi sifatida shakllantirishdir. M azkur kursning maqsadi talabalarga umumiy o 'rta ta ’lim maktablarining 5—9-sinflari uchun mehnat ta ’limi o'qituvchisi bo'lib yetishishlarida tegishli metodik tayyorgarlik ko'rishlarini ta ’minlashga xizmat qilishdir. Fanning vazifasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
    — o'quvchilarda pedagogik-psixologik bilimlarni - mehnat, kasb tanlashga yo'llash va umum kasbiy ko'nikma va malakalarni shakllantirish jarayoniga tatbiq etish;
    — pedagogik-psixologik bilimlarni bevosita tanlangan sohalariga tatbiq eta olish va yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish;
    — maktablarda mehnat ta ’limi va kasb tanlashga yo'llash darslarini o'qitishni tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini o'rgatishdan iborat.
    «Texnologik ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida bakalavr egallashi kerak bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar yig‘indisi. « Texnologik ta ’limi o'qitish m etodikasi, kasb tanlashga yo'llash» o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
    — m ehnat ta ’limi, kasb tanlashga yo'llash yo'nalishlari bo'yicha ta ’lim maz munining uzviyligi va o'zaro bog'liqligi;
    — o'quvchilarning m ehnat tayyorgarligi bo'yicha o'quv rejasi va dasturlar m azm unini; o'quv jarayonini tashkil etish va mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo'llashga oid rejalashtiruvchi hujjatlarni ishlab chiqish, mehnat ta ’limi va kasb tanlashga vo‘llash darslarini olib borish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak;
    — ta'lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o'rtasida aloqalar o'rnatishni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo'llay olishi; mashg'ulotlarni o'tkazish, o'quv jarayonini rejalashtirish, tarbiyaviy tadbirlarni o'tkazish, bandlik xizmati bilan ishlash, o ’quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash bo'yicha turli testlardan foydalanish, ota-onalar va jamoat tashkilotlari bilan ishlash malakalariga ega bo'lishi kerak.
    « Texnologik ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» umumkasbiy fan hisoblanib, 6 va 7-semestrlarda o'qitiladi. Dasturni amalga oshirish o'quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (fizika, matematika, axborotlar texnologiyasi, chizm achilik, radioelektronika’ va h.k.), um um kasbiy (pedagogika, pedagogik mahorat, psixologiya, mehnat va muhandislik psixologiyasi va h.k.) va ixtisoslik (materiallar texnologiyasi, mashinasozlik fanlari, o'quv ustaxonalarida amaliy ishlar, kasb ta ’limi praktikumi fanlari, texnika xavfsizligi va h.k.) fanlaridan yetarli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlik talab etiladi. O'quvchilar fanni o'zlashtirish jarayonida ishlab chiqarish bilan bog'Iiq bo'lgan barcha sohalar, ularda qo'llaniladigan texnologik jarayonlar hamda ishlab chiqarish munosabatlari to'g'risida to'liq tassavurga ega bo'ladilar. Umumiy o'rta ta’lim maktablarida o'quvchilarni mehnat ta ’limi, kasb tanlashga yo'llash tarkibida kasbga yo'naltirish ularning zamonaviy va milliy kasb-hunarlarni o'zaro uyg'unligini ta ’m inlagan holda bilim, ko'nikm a, m alakalarni egallashlarini ta ’minlaydi. Mazkur dastur bo'lajak mehnat ta ’limi, kasb tanlashga yo'llash o'qituvchilarining m ehnat ta ’limi, kasb tanlashga yo'llashni o'qitish metodikasi asosida kasbga yo'naltirish ishlarini xalq xo'jaligi tarmoqlari istiqbolini hamda kasb-hunar kollejlari sohalashtirilganligini hisobga olgan holda bajarishiga xizmat qiladi. « Texnologik ta’limi o‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yo‘llash» o‘quv fanini o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning o'ziga xos jihatlari. O'quvchilarni m ehnat ta ’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash fanini o'zlashtirishlari uchun o'qitishning ilg'or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni
    o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo llanmalar, ma ’ruza matnlari, tarqatma
    m ateriallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi
    mashinalarning ishlab chiqarishdagi namunalari va maketlaridan foydalaniladi.
    Mazkur fanni o ‘qitish jarayonida ta ’lim ning zamonaviy metod ­lari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, jumladan: — o'quv faniga tegishli
    ma ’ruza darslarida zamonaviy kom pyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan, blits-so'rov, insert texnikasi, frontal ishchi guruhlarda ishlash, «Bumerang», musobaqa, «Aralash mantiqiy zanjirlar», muammoli dars, «6x6x6» kabi pedagogik texnologiyalaridan; — fan bo‘yicha o'tkaziladigan amaliy mashg'ulotlarida og‘zaki bayon qilish, fikrlar hujumi, suhbat-munozara, charxpalak, B-BB, rolli o'vinlar, muammoli dars, kichik guruhlarda va jamoada ishlash pedagogik texnologiyalaridan foydalanish nazarda tutilgan. «M ehnat ta ’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» kursini o‘rganish, umumiy o ‘rta ta ’lim maktabidagi m ehnat ta ’limining (mehnat tarbiyasi, politexnik ta ’lim, kasbga yo'llash va hokazolarning) maqsad va vazifalarini, shu fan bo‘vicha o'quv jarayonining tashkiliy tamoyillarini va uning mazmunini anglab olishi, m aktab ustaxonalarida ta ’lim-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli olib borishda yordam beradigan metodik vositalar tizimi sifatida o'rganilishi lozim. Pedagogika fanining tarm og'i sifatida «Texnologik ta ’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» kursi oldiga quyidagi asosiy tadqiqot vazifalari qo'yiladi, ya’ni mehnat ta ’limi vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyatini ochib berish. Mehnat ta ’limi vazifalarini belgilashda 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan qarorlar metodologik asos bolib xizmat qiladi. Mehnat ta ’limi o'quvchilar shaxsini har tomonlama kamol topishiga, mehnatning turmush bilan aloqasini mustahkamlashga, o'quvchilarda ongli dunyoqarashning shakllanishiga, ularni xalq xo'jaligida m ehnat qilishga va asosiy ravishda kasb tanlashga tayyorlashda yordam beradi. «M ehnat ta ’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» fani ustaxonada o'tkaziladigan mashg'ulotlar bilan boshqa o'quv fanlarini (ijtimoiy-siyosiy, tabiiy va matematik) o'qitishning o'zaro didaktik bog'liqligini ochib beradi, shuningdek, boshlang'ich, o'rta va yuqori sinflardagi mehnat ta ’lim ining izchilligini ta ’minlash yo'llarini ko'rsatadi.
    Texnologik ta ’limi jarayonida o'quvchilarda mehnatga muhabbat, jism oniy mehnat kishilariga hurmat va shaxsning boshqa axloqiy sifatlari shakllanishiga imkon beradi. Bu sifatlar og'zaki tushuntirish bilan emas, balki o'quvchilarni unumli mehnatga qatnashtirish yo'li bilan shakllantiriladi.

    Download 1,01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kasb tanlashga yollash bo'limini o'qitishda interaktiv metodlarni qo'llash metodikasi Reja: Kirish

    Download 1,01 Mb.