Ushbu fanni o’qitishda didaktik prinsiplar




Download 1,01 Mb.
bet3/8
Sana27.01.2024
Hajmi1,01 Mb.
#147158
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kasb tanlashga yollash bo\'limini o\'qitishda interaktiv metodlarni qo\'llash metodikasi kurs ishi

Ushbu fanni o’qitishda didaktik prinsiplar
Maktabda tarbiya bilan chambarchas boglik ta`lim jarayonini tashkil etishga asos buladigan etakchi qoidalar didaktik printsiplar xisoblanadi. Didaktik printsiplarga ta`lim va tarbiyalning birligi, ilimiylik, nazariya bilan amaliyotning boglikligi, izchillik va sistemalilik, kursatmalilik, onglilik va aktivlilik kabilar kiradi. Didaktik printsiplar uzaro boglikdir. Shu sababli xar bir konkret mashgulotni utkazishda bir yula kator didaktik printsiplarning talablarini xisobga olish va ularni kompleks amalga oshishi uchun sharoit yaratish kerak. Masalan, ta`limda ilimiylik printsipini ta`minlash bilan ukuvchilarning onglilik va aktivligiga ason erishish mumkin va aksincha, agar ukuvchilar ta`limga nisbatan ongli va aktiv munasabatta bulsalar, ta`limning ilimiylik saviyasini ta`minlash oson buladi. Agar ta`limda kursatmalilik amalga oshirilsa, nazariyaning amaliyot bilan boglikligi printsipi xam amalga oshadi. Va aksincha, agar nazariyani urganish amaliyot bilan uzviy boglik olib borilsa, ta`limda kursatmalilikni ta`minlash uchun sharoitlar yaratiladi. Xamma ukuv predmetlari uchun didaktik printsiplar umumiydir, ammo xar bir konkret xolda ularni kullash uz xususiyatlariga ega. Didaktika pedagogikaning ta`lim jarayoni umumiy konuniyatlarini urganadigan kismidir.
Didaktika grekcha suz bulib, sabok buladigan degan suzdan kelib chikadi. Suzma suz tajriba kilganda didaktika ta`lim nazariyasi demakdir.
Didaktika xususiy metodikalar bilan boglangan xolda barcha ukuv fanlari uchun umumiy konun va koydolarni belgilab beradi. Mexnat va kasib ta`limi o`qitish uslubi fanidan bu tamoyilar mexnat darslari jarayonida qanday tadbiq etilishini ko`rib chiqamiz.
1.Onglilik va aktivlik printsipi- o`quvchilar o`z bilimlarini amalda ko`llay olsalargina ta`limda onglilikga erishilgan deb xisoblash mumkin. O`quvchi kilayotgan ishining mazmunini yakkol tasavvur kilgandagina ishga ongli ravishda kirishadi. Ta`limdagi onglilik o`quvchilarning aktivligi bilan uzviy bog`likdir. Mexnat ta`limi jarayonida o`quvchilar aktivligining rivojlanishi uchun aloxida yaxshi sharoit yaratiladi. Bu sharoit avvalo mexnatning unumligi xarakteridan iborat buladi. Agar o`quvchilar o`z mexnatlarining natijasi biror ijtimoiy foydali maksadga muljallanganligini bilsalar, zo`r kizikish xamda topshiriqni sifatli va muddatida bajarish ishtiyoqi bilan ishlashi aniqlangan. Shu sababli korxonaning, otalikdagi bolalar bog`chasining maktab o`quv kabinetlarining o`quvchilar bajara oladigan va dastur mazmuniga javoban beradigan buyurtmalaridan mexnat ta`limi o`qituvchisi o`quvchilar aktivligini oshirishning muxim vositasi sifatida foydalanishi kerak. Bu printsip o`quvchilarda materialistik dunyoqarashni shakllantiradi.
2.Ilimiylik printsipi – Mexnat ta`limi jarayonida o`quvchilar xar xil materiallarga ishlov berish, elektro montaj ishlarini bajarish, mexanizmlarni yig`ish va boshqalarni o`rganadilar. Shu bilan birga ularda ma`lum malaka va kunikmalar tarkib topib kolmay, o`rganilayotgan mexnat operatsiyalarining ilmiy asoslari xakida tushincha xam xosil bo`ladi. Ilmiy asoslar o`quvchilarning umumiy rivojlanishini va fan asoslariga oid bilimlarini xisobga olib tushunarli formada bayon kilinadi. Mexnat ta`limida ilimiylik printsipini ta`limni eng yukori ilmiy-nazariy saviyada o`tkazish talabi sifatida emas, ta`lim jarayonini metodologik asosda, xozirgi zamon ilmiy-texnik ma`lumotlarga va o`quvchilarning fan asoslari buyicha bilimlariga tayangan xolda tashkil etish talabi deb tushinish lozim. Agar o`quvchilar xali o`rganmagan tabiiy ilmiy konuniyatlarga tayanadigan ma`lumotlarni bayon kilish zarur bulib kolsa, mexnat ta`limining vazifalarini bajarishdan bosh tortmaslik va ularni xal qilish yo`llarini izlash kerak. Xozirgi zamon texnologik ilg`or ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishadilar. Ilimiylik printsipi terminlarini to`g`ri ishlatishga o`rgatadi. (shtangen –tsirkul` tog`ri shtangan emas, kerno emas, kerner).
3.Sistemalilik va izchillik printsipi – o`qituvchi mexnat ta`limi jarayonida o`quv materialini ixtiyoriy ravishda emas, ma`lum koidalarga asosan bayon kiladi. O`quv materialini bayon kilishda uchraydigan ishlab chikarish texnologiyasidan birmuncha chetlanishlarning sababi soddadan murakkabga o`tishdek didaktik qoidani bajarish bo`lib xisoblanadi. O`rta maktabdagi mexnat ta`limining mazmunida ma`lum ketma-ketlik va sistemalilikni kayd etish mumkin. Boshlangich maktab o`quvchilari ishlov berish nisbotan osonrok va turmishda tez-tez uchrab turadigan materiallarga ishlov berish usullari bilan tanishadilar. Sinfdan-sinfga utgan sayin o`quvchilar murakkabrok mexnat kurollari ishlatishini, kup jismoniy kuch sarflash xamda psixik rivojlanishning yuksak darajada bulishini talab kiladigan materiallardan detallar tayyorlash usullarini o`rgana boradi. Sekin asta ular mashina mexnatiga, oldin sodda, keyinchalik murakkab mashinalarning kurilishini urganishga jalb kilinadi. O`quv materialini to`g`ri taksimlash ya`ni oddiydan murakkabka, oddiy operatsiyalardan qiyiniroq operatsiyalarni bajarishga o`tishni talab qiladi.
4.Nazariya bilan amaliyotning bog`liqligi – nazariyaning amaliyot bilan bog`lig`lik printsipini amalga oshirish uchun ularning inson faoliyatining bir-biridan ajralmas ikki tamoni ekanini, nazariyadan amaliyotda foydalanish, amaliyot esa ko`pincha yangi nazariy kashfiyotlar uchun asos bulishi xa`ida qoidani o`quvchilarga tushintirish va ta`lim jarayonida doim eritib borish zarur. Mexnat ta`limi jarayonida ayniqsa nazariyani amaliyot bilan bog`lash uchun qulay sharoit yaratiladi, chunki ma`lumotlarning ko`p kismi o`quvchilarga ular ishni bilgan xolda topshirikni tog`ri bajara olishlari uchun beriladi. Mexnat ta`limi darslari odatda sof amaliy va sof nazariy darslarga bulinmaydi. Nazariy materiallar ayrim mashg`ulotlarga nazariy ma`lumotlarni o`rganishdan o`quvchilarning amaliy faoliyatiga bevosita o`tish ta`minlanadigan qilib taqsimlanadi. O`quvchilar nazariyaning amaliy faoliyat uchun axamiyatini va uzlashtirilgan amaliy tajriba orkali yangi nazariy bilimlar uzlashtirilishini bilib oladilar. Nazariyaning va amaliyotning xar xil formalari mavjuddir ( laborotoriya, ishlari, ekskursiya, praktik ish) bu bilan biz o`quvchilardagi bilimni sifatini oshirishga erishamiz.
5.Ta`lim va tarbiyaning birligi- ta`lim jarayonida o`quvchilarni tarbiyalash sodir bo`ladi. Mexnat ta`limi o`quvchilarga mexnat tarbiyasi berish, ularni mexnatga psixologik jixatdan tayorlash maxsadida maktab o`quv rejasiga majburiy predmet sifatida kiritilgan. Mexnat tarbiyasi muxim ta`limiy masalalardan biri sifatida qaralishi kerak, bu masala ish ob`ektlarini tanlashda, mashg`ulotlarni tashkil kilish va xakozalarda xisobga olinadi. O`quvchilarning mexnat ta`limi jarayonida faoliyatlarining xarakteri mexnat ta`limi uchun eng qulay sharoit yaratadi. Avvalo o`quvchilarda mexnatga ijobiy munosabat tarkib topadi va bu o`quvchilar o`z topshiriklarini katta ma`suliyat va juda ishtiyok bilan bajarishlarida namayon buladi. O`quvchilar unumli mexnatga qo`shilib, jismoniy mexnat uzining ijtimoiy axamiyati buyicha akliy mexnatdan qolishmasligini tushuna boshlaydalar.
Mashg`ulotlar tug`ri tashkil qilinsa, o`quvchilarda kollektiv bulib ishlash xissi mustaxkamlanadi, chunki ular bir-birlari bilan ishlab chikarish munosabatlariga kirishadilar.
Mehnat ta`limi o`quvchilarga tushinarli va bajara oladigan bo`lishi uchun nazariy ma`lumotlargina emas o`quvchilar organizmiga tushadigan jismoniy nagruzkalarni xam nazarda tutish lozim. Mehnat darslarida o`qituvchi charchashning tashqi alomatlarini kuzatib turishi va shunga ko`ra jismoniy nagruzkani boshqarib borishi lozim. O`quvchilarning individual xususiyatlari o`quv materialini, mehnat malaka va ko`nikmalarini o`zlashtirishlaridagina emas, mehnatga munasobatlarida ham namayon bo`ladi. O`quv materiallarini o`zlashtirish qobiliyatlari bo`yicha o`quvchilar bir-biridan sezilarli farq qiladi. Buning sababi o`quvchilarning ba`zilari oilada, ba`zilari texnik tugaraklarda mehnatga birmuncha tayorgarlik ko`radi. Mehnat ta`limi o`qituvchisi topshiriqlar tanlashda ana shularning hammasini xisobga olishi kerak. Amaliy ishni bajarish buyicha o`quvchilarni shartli ravishda uch guruhga bo`lish mumkin. Birinchi guruh o`z qobiliyatlariga to`la ishongan, o`zlari uchun yangi bo`lgan ishga ishtiyoq bilan kirishadigan, dastlabki qiyinchiliklardayoq uzini yo`qotib qo`ymaydigan, o`qituvchidan yordam so`rashdan uyalmaydigan o`quvchilardan iborat buladi. Bu gruppaga asosan oilada birmuncha mexnat tayorgarligi ko`rgan o`quvchilar kiritiladi. Ikkinchi gruppaga o`z qobiliyat va imkoniyatini yetarlicha baxolay olmaydigan o`quvchilar kiradi, ular ozgina qiyinchilik bo`lsa uzini yo`qotib qo`yadi, ishni to`xtatadi. Bunday o`quvchilarga aloxida axamiyat berish kerak, ularda o`z kuchiga ishonch xosil kilish kerak, ularning ishlarini baxolashda ozgina yutuqlarini xam aloxida aytib o`tib, ularni ishlashga qiziqtirish kerak. Uchunchi gruppaga uzining jismoniy mexnat qobiliyatini ortiqcha baxolaydigan o`quvchilarni kiritish mumkin. Bunday o`quvchilar o`zlariga ishonadi, maqtonchoqlik qiladi. Ular xar qanday ishning uddasidan chiqamiz deb o`ylaydi, birinchi gruppadagilar kabi ishga ishtiyoq bilan bajarishga kirishadilar, ammo qiyinchiliklarga duch kelgach, ularni bartaraf etishga urunib xam ko`rmay, to`xtab qoladilar. Bu o`quvchilar o`zlari uchun qiyin ishdan ko`pincha aynib qoladi, unga qiziqmay quyadi. O`qituvchi bunday o`quvchilarga qiyinchiliklarni bartaraf qilishda yordam berishi kerak. Har qanday mehnat kuch harakat, qatiyatlikni taqoza etishiga o`zlarining shaxsiy tajribalarida qayta-qayta ishonch hosil qilgach, bu o`quvchilar ishga aktiv kirishadilar va o`zlariga nisbatan ancha tanqidiy munosabatta bo`la boshlaydilar.
Texnologik ta`limi boskichlari orasidagi izchillik politexnik printsip uchun katta axamiyatga ega. Ustaxonalardagi mashg`ulotlarda o`smirlar quyi sinflarda o`zlashtirgan qator politexnik malakalarni qo`llashi va takomillashtirishi juda muxim.Qog`ozni rejalashda chizgich, guniya va qalamdan foydalanish malakasini egallash va metallni rejalashda qo`llash kerak.Bu jixatdan o`quvchilarning andaza rejalash malakalari juda foydali bo`ladi.O`quvchilar kog`ozni, gazlamani va listli qaychi bilan qirqish orasida ko`pgina umumiylikni topadi. Modellashtirish jarayonida o`quvchilar yana shu ish bo`yicha quyi sinflarda olgan bilimlarini qo`llashi va xakozalar uchun cheklanmagan imkoniyatlar vujudga keladi.
10. Unimli mehnat asosida o`qitish printsipi - ayrim pedagogika nazarietchilari o`qitishni unumli mexnat bilan qushib olib borib bulmaydi degan fikirni ilgari surgan edilar. Mehnat ta`limi darslarida bajariladigan ishlar mashq asosida olib borilsa yetarli bo`ladi degan noto`g`ri fikirni ilgari surgan edilar. Lekin hayot shuni ko`rsatdiki bu fikr noto`g`ri ekanligini ya`ni o`quvchi o`z mehnatining yakunini ko`rgandagina unda mehnadga qiziqish hamda mehnat kishisiga hurmat ortishi isbotlangan. Shuning uchun ham mehnat ta`lim darslari unumli mehnat asosida olib borilmoqda.



Download 1,01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1,01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ushbu fanni o’qitishda didaktik prinsiplar

Download 1,01 Mb.