|
Texnologiya fanini o’qitishda interaktiv o’qitish metodlarining ahamiyati
|
bet | 4/8 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 1,01 Mb. | | #147158 |
Bog'liq Kasb tanlashga yollash bo\'limini o\'qitishda interaktiv metodlarni qo\'llash metodikasi kurs ishi1.2. Texnologiya fanini o’qitishda interaktiv o’qitish metodlarining ahamiyati
Texnologik ta’limi jarayonida o‘quvchilarni materiallarga ishlov berish, elektr montaj ishlarini bajarish, mashinalarga xizmat ko‘rsatish va shu kabilar bilan bog‘liq bo‘lgan qator ishchi kasblari bilan tanishtirish uchun qulay sharoit vujudga keladi. Ustaxonalarda mashg'ulotlar o‘tkazilayotganda u yoki bu mutaxassis nima bilan shug‘ullanishi to‘g‘risida shunchaki tasavvur berish emas, balki kasbning barcha tomonlarini ochish, mehnat sharoitlarini ko‘rsatib berish m uhim dir. Buni amalga oshirish oson emas, albatta. Buning uchun o‘qituvchi rejali ravishda diqqat va e’tibor bilan ishlashi kerak. 0 ‘qituvchilarning ish tajribasi o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llashning shakl va metodlarini belgilab berdi. Ularming asosiylari quyidagilardan iborat;
1. Darslarda kasb tanlashga yo‘llash. Masalan, o'qituvchi o‘quvchilarni ustaxonalardagi mashg‘ulotlar davomida bajaradigan ishi bilan bog‘liq kasblar bilan tanishtiradi. Chunonchi o‘quvchilar yog‘ochga ishlov berishni o‘rganayotganlarida duradgor, yog‘ochsoz, faner qoplovchi, yog‘och kesuvchi, rom yasovchi, tokar, parmalovchi kasblari haqida bilib oladilar. Bundan tashqari, o‘qituvchi korxonalarda yog‘ochga qo‘lda ishlov berish bilan bog‘liq ixtisosliklar o‘rnini egallagan dastgohchilar kasblari haqida ham gapirib beradi. 0 ‘quvchilarga ustaxonalardagi mashg‘ulotlarda metallga ishlov berishni o‘rgatishda ular qator chilangarlik va dastgohchi lar kasblari: tunukachi chilangar, asbobsoz chilangar, ta’mirchi chilangar, asbobsoz chilangar, tokar, parmalovchi kasblari bilan tanishtiriladilar. Bundan tashqari, ayrim mavzularni o‘rganish davomida metallga ishlov berish korxonalaridagi ishchi kasblar: termik ishlov beruvchi, prokatlovchi, po‘lat erituvchi va hokazo kasblari to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirish mumkin.
2. Ekskursiyalarda kasb tanlashga yo'llash. Odatda ekskursiyalarda o‘quvchilarni o‘quv dasturi doirasidan chiquvchi materiallar bilan tanishtirishga qulay sharoit yuzaga keladi. Bu imkoniyatlardan o‘quvchilarni kasb tanlashga yo'llash maqsadida foydalanish mumkin. Masalan, o‘quvchilar metallga va yog‘ochga ishlov beriladigan mexanika sexlariga borishganida uskunalarning ko‘p guruh va tiplarini ko‘radilar. Shuning uchun o‘qituvchiga ana shu uskunalarda ishlovchi kichik mutaxassis kasblari haqida gapirib berish tavsiya etiladi. Agar ishchilarning o‘zlari o‘z ishlari, tayyorlaydigan mahsulotlari haqida gapirib bersalar, o‘quvchilar bu kasblar to‘g‘risida ko‘proq tasavvurga ega bo‘lishadi.
|
| |