|
To‘garak mashg'ulotlarida kasb tanlashga y o ‘llash
|
bet | 5/8 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 1,01 Mb. | | #147158 |
Bog'liq Kasb tanlashga yollash bo\'limini o\'qitishda interaktiv metodlarni qo\'llash metodikasi kurs ishi3. To‘garak mashg'ulotlarida kasb tanlashga y o ‘llash. To‘garak mashg'ulotlarida o‘quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirishga ko‘proq imkoniyatlar vujudga keladi. Agar o‘qituvchi o'quvchini ishchi kasblardan biriga, masalan, yog‘ochga, metallga ishlov berishga moyilligi borligini sezsa u o‘quvchi bilan ish olib borib, uning bilim va malakalarini chuqurlashtirishi, unga yoqadigan kasbga nisbatan qiziqish uyg‘otishi zarur. To‘garaklardagi mashg‘ulotlar o‘quvchilarga yuqori sinflarda mehnat ta’limining yo‘nalishini tanlashda yordam beradi.
4. Ishlab chiqarish ustalari, ilg‘orlar, tadbirkorlar, ishbilarmonlar va maktabni bitirgandan so ‘ng moddiy ishlab chiqarish sohasida ishlayotganlar bilan uchrashuvlar. Odatda, mazkur maktabni bitirgandan keyin bozor munosabatlari sharoitida ishlayotgan kishilar bilan uchrashuvlar o‘quvchilarda katta taassurot qoldiradi. Mehnat ta’limi jarayonida o‘quvchilar tanishadigan kasblar ancha ko‘p. Shuning uchun, o'qituvchilar o‘quvchilarga o‘z kasbi haqida hikoya qilib beradigan ishlab chiqarish ustalari, ilg‘orlar, tadbirkorlar, ishbilarmonlarni topishda qiynalishmaydi. Ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishda fan asoslariga doir bilimlardan foydalanish to‘g‘risida ishlab chiqarish ustalari, ilg‘orlar, tadbirkorlar, ishbilarmonlarning aytgan gaplari, ayniqsa qimmatlidir. Umumta’lim bilimlariga ega bo‘lmasdan, biror kasb-hunarni mukammal o‘rganmasdan turib bozor iqtisodiyoti jarayonida zamon talabi darajasida mutaxassis bo‘lish mumkin emasligini o‘quvchilar tushunib olishadi. Ishlab chiqarish ustalari, ilg‘orlari, tadbirkorlar, ishbilarmonlar bilan uchrashuvlar ko‘pincha tantanali vaziyatda o‘tadi. Bolalar mehmonlarga atab sovg‘alar tayyorlashadi, yaxshi o‘qiymiz deb majburiyatlar olishadi. Bunday tadbirlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.
5. Har xil madaniy-ommaviy tadbirlar o ‘tkazish. Kasb tanlashga yo‘llash ishining muvaffaqiyatli olib borilishiga yordam beruvchi har xil madaniy-ommaviy tadbirlar maktablarning ish tajribasidan ma’lum. Masalan, «Kasb haqida kim ko‘proq biladi» mavzusiga bag‘ishlab tanlovlar o‘tkazish, «Kasblar dunyosida» nomli og‘zaki jurnallar chiqarish, «Kasb tanlashda shaxs va jamoa fikri» mavzusi bo‘yicha munozaralar uyushtirish, tegishli adabiyotlar ko‘rgazmasini tashkil qilish, kitob va kinofilmlarni muhokama qilish shular jumlasidandir. Mazkur tadbirlarning barchasi ustaxonalarda amalga oshirilishi mumkin.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarini bitirgan o‘quvchilarning taxm inan 90 foizi kasb-hunar kollejlariga, 10 foizi esa akademik litseylarga o‘qishga borishlari mo‘ljallangan. Bunday ijtimoiy talablarni qondirish maqsadida maktabda kasbga yo‘naltirish yuzasidan olib boriladigan ishlarni mazm unan yangilash, izchil yo‘lga qo‘yish zarurligi yuzaga kelmoqda. Dars jarayonida xalq xo‘jaligida bevosita ishlab chiqarish bilan mashg‘ul mehnat ahllariga hurm at va izzat tuyg‘ularini singdirib borishga alohida e’tibor qaratish lozim. Kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha olib boriladigan ishlarning barcha shakl va metodlari o‘quvchilarning maqsadli ravishda kasb tanlashlariga xizmat qilishi lozim. Maktabda kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini yo‘lga qo‘yishda an’anaviy amaliy mashg'ulot, suhbat, dialogli munozaralar bilan birga pedagogik o‘yin, konferensiya, mustaqil fikrlar, mahalla, ishlab chiqarish korxonalarining jamoalari bilan birgalikda o‘tkaziladigan tadbirlar kabi yangi pedagogik texnologiya elementlaridan unumli foydalanish tavsiya etiladi. Umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlariga asosan maktabda kasbga yo‘naltirish bo‘yicha mashg'ulotlar 8—9-sinflarda amalga oshiriladi. 8-sinfda kasblar haqida «0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar tasniflagichi» asosida axborot berish davom ettirilishi bilan bir qatorda o‘quvchilarga kasb egallash yo‘llari, kasb tanlashda tibbiy nomuvofiqliklar, kasbga yaroqlilik va hokazo tushunchalar berib boriladi. iMaktabda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish birgina mehnat ta’limi o‘qituvchisining ishi emas, balki butun maktab jamc isining, mahalla, ota-onalar, jamoatchilikning birgalikdagi isliidir. Maktabda fan o‘qituvchilari mavzuni yoritish jarayonida kasblar bilan bog‘lab o‘tishsa, maktab psixologi va rahbariyati o‘quvchilarning individual qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga oigan holda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishsagina o‘quvchilarga kasb tanlashlarida ko‘mak bergan bo‘Iishadi. Shu bilan birga takrorlash zarurki, 0 ‘zbekiston Respublikasida yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning qabul qilinishi, o‘quvchi yoshlarni va aholini kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish, ish o'rinlarini bo‘shab qolish jarayonlari jadallashadigan va ishchilarning malakalariga qo‘yiladigan sifat talablari oshib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |