Mavzu: Kiberjinoyatchilik, kiberqonunlar va kiberetika
Reja:
1. Ichki kiberjinoyatlar
2. Tashqi kiberjinoyatlar
3. Kiberqonunlar
4. Milliy qonunlar
5.
Xalqaro kiberqonunlar
6. Kiberetika.
Tayanch iboralar: kiberjinoyatchilik, ichki va tashqi kiberjinoyatlar, kiberqonunlar,
kiberetika, yaxlitlik, maxfiylik, konfidentsiallik.
Kiberjinoyatchilik- g‘arazli yoki buzg’unchilik maqsadlarida himoyalangan
kompyuter
tizimlarini buzib ochishga, axborotni o‘g‘irlashga yoki buzishga
yo‘naltirilgan alohida shaxslarning yoki guruhlarning harakatlari.
Kiberhujumga duch kelgan tashkilot uchun kiberjinoyatlar ichki yoki tashqi
bo‘lishi mumkin:
Ichki kiberjinoyatlar: tarmoqqa yoki kompyuter tizimiga, ular bilan tanish va
ulardan qonuniy foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan, amalga
oshiriladi. Mazkur turdagi kiberjinoyatlar odatda tashkilotning xafa bo‘lgan va
norozi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu
xodimlarning maqsadi esa
tashkilot yoki uning rahbaridan o‘ch olish yoki ochko‘zlik bo‘lishi mumkin. Xafa
bo‘lgan xodim, AT infrastrukturasi, xavfsizlik arxitekturasi va tizimi bilan yaqindan
tanish bo‘lgani bois, mazkur turdagi jinoyatchilik tashkilotga jiddiy ziyon yetkazishi
mumkin. Bundan tashqari, kiberjinoyatchi tashkilot tarmog‘idan foydalanish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun, ichki kiberjinoyatchilik natijasida maxfíy
axborotning sirqib chiqish imkoniyati yuqori bo‘ladi.
Tashqi kiberjinoyatlar: odatda tashqaridan yoki tashkilot ichkarisidan
yollangan g‘araz niyatli shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur
kiberjinoyatchilik tashkilotning nafaqat moliyaviy yo‘qotishlariga, balki obro‘sining
yo‘qolishiga ham sababchi bo‘ladi. Hujum tashqaridan
amalga oshirilgani bois,
g‘araz niyatli shaxs harakatni tashkilot AT infrastrukturasini skaner qilish va unga
aloqador ma’lumotlarni to‘plashdan boshlaydi. Xususan, malakali buzg‘unchi
dastlab tashkilotda foydalanilgan tarmoqlararo ekran vositasining log faylini tahlil
qilishdan boshlaydi. Shu bois, tarmoq ma’muri mazkur imkoniyatni buzg‘unchiga
taqdim etmasligi shart.
Kiberjinoyat amalga oshirilganida quyidagilar asosiy maqsad sifatida qaraladi:
Mablag‘, qimmatli qog‘ozlar, kredit, moddiy boyliklar, tovariar,
xizmatlar, imtiyozlar, ko‘chmas mulk, yoqilg‘i xom ashyosi,
energiya
manbalari va strategik xom ashyolarni noqonuniy o‘zlashtirish;
soliq va boshqa yig‘imlarni to‘lashdan bosh tortish;
jinoiy daromadlarni qonunlashtirish;
qalbaki hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar, shaxsiy yutuq
chiptalarini qalbakilashtirish;
shaxsiy yoki siyosiy maqsadlarda maxfiy ma’lumotlarni olish;
ma’muriyatning yoki ishdagi hamkasblarning g‘arazli
munosabatlari
uchun qasos olish;
shaxsiy yoki siyosiy maqsadlar uchun mamlakat pul tizimini buzish;
mamlakatdagi vaziyatni, hududiy ma’muriy tuzilishni beqarorlashtirish;
talonchilik, raqibni yo‘q qilish yoki siyosiy maqsadlar uchun muassasa,
korxona yoki tizim ish tartibini buzish;
shaxsiy intelektual qobiliyatini yoki ustunligini namoyish qilish.
Kiberjinoyat turlarini qat’iy tasniflashning imkoni yo‘q.
Quyida kriminologiya sohasiga nisbatan kiberjinoyatlarning turlari keltirilgan:
iqtisodiy kompyuter jinoyatchiligi;
inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga qarshi
qaratilgan kompyuter jinoyatchiligi;
jamoat va davlat xavfsizligiga qarshi kompyuter jinoyatchiligi.
Iqtisodiy kompyuter jinoyatchiligi amalda ko‘p uchraydi. Ular jinoyatchilarga
millionlab AQSh dollari miqdoridagi noqonuniy daromadlar keltiradi. Ular orasida
keng tarqalgani firibgarlik, asosan, bank hisob raqamlari
va bank kartalari orqali
amalga oshiriladi. Xalqaro amaliyotda plastik kartalar bilan sodir etilgan jinoyatlar
yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan kartalar, soxta to‘lov kartalarini yaratish yoki ulardan
foydalanish, karta taqdim etmasdan bank hisob varag‘i ma’lumotlarini olish va
noqonuniy foydalanish, shuningdek, karta egasi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar
bilan bog‘liq.
Kiberjinoyatlarning yana bir turi inson va fuqorolarning huquqlariga va
erkinliklariga qaratilgan jinoyatlar - “kompyuter qaroqchiligi”dir. Ushbu jinoyatlar
dasturiy ta’minotni noqonuniy nusxalash, ishlatish va tarqatishda namoyon bo‘ladi.
Bu dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazasini yaratish bilan bog‘liq huquqiy
munosabatlarga (mualliflik huquqiga) jiddiy zarar yetkazadi. Bundan tashqari,
dasturiy ta’minot kompaniyalariga katta moliyaviy yo‘qotishlarni olib keladi.
“Maykrosoft Armaniston” kompaniyasining direktori Grigor Barsegyanning
ta’kidlashicha, “kompyuter qaroqchiligi”ning ishlab
chiqaruvchilarga yetkazgan
zarari yiliga 66 milliard dollarni tashkil etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra Armanistonlik