Kiberqonunlar. Qonun (huquq) — inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai
nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash,
rivojlantirish va tartibga solish vositasi. Qonunning nima maqsadga qaratilganini u
yo‘naltirilgan munosabatga qarab aniqlash mumkin. Shu bois qonunlar turli sohaga
oid maqsadlarga ega bo‘lishi mumkin. Umumiy nomda kiberjinoatchilikni tartibga
solishni maqsad qilgan qonunlar kiberqonunlar deb ataladi.
Qonunni ishlab chiquvchilar va uni himoya qiluvchilar butun dunyo bo‘ylab
kiberjinoyatchilikni aniq belgilaydigan va kiber dalillarni qabul qilishni to‘liq
madadlovchi kiberqonunlar zarurligi haqida ogohlantirib keladilar. Mamlakatning
biror xalqaro shartnomadagi ishtiroki bu shartnomani qonuniylashtiradigan ichki
qonunlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan taqdirdagina kuchga kiradi. Masalan,
Yevropada 2004 yilda Yevropa Kengashi butun dunyo mamlakatlariga taklif
qilingan Kiberjinoyatchilik to‘g‘risidagi Shartnoma (Budapesht konvensiyasi deb
ham ataladi) loyihasini qabul qildi. Mazkur Shartnomani ko‘pchilik davlatlar
imzolagan bo‘lsada, ularning bir nechtasigina shartnomaga mos keladigan milliy
qonunlarga ega.
2020 yil fevral oyiga kelib, Birlashgan millatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan 106 ta
(yoki 55%) davlatlar Budapesht konvensiyasiga muvofiq milliy kiberjinoyatchilik
to‘g‘risidagi qonunlarga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, hozirda rivojlanayotgan
davlatlar kiberjinoyatchilarni tergov qilish va bu jarayon uchun kerakli
ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha ma’lum vakolatlarni qabul qildilar
.
Xozirgi kungacha davlatimizda axborot himoyasini, maxfiyligini, axborot
xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bir necha qonunlar, qarorlar ishlab chiqilgan
bo‘lib, bu me’yoriy xujjatlar asosida davlat organlarida, tashkilotlarida amal qilib
kelinmoqda.
Jumladan “Aloqa to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi
to‘g‘risida” , “Radiochastota spektri to‘g‘risida” , Telekommunikatsiyalar
to‘g‘risida” , “Pochta aloqasi to‘g‘risida” , “Axborotlashtirish to‘g‘risida” ,
“Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida” , “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida” , “Tijorat
siri to‘g‘risida”, “Bank siri to‘g‘risida”
1
kabi O‘zbekiston Respublikasining
qonunlarida axborot maxfiyligi, axborot siri, axborot himoyasi bo‘yicha tegishli
moddalar belgilab o‘tilgan.
1
http://lex.uz
O‘zbekiston Respublikasi davlat hududida kiberxavfsizlik sohasidagi
munosabatlarni tartibga solish maqsadida 15.04.2022 yilda O‘RQ-764-sonli
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida” Qonunni tasdiqladi.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 25-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 17-martda ma’qullangan
Qonun 8 bob , 40 moddadan iborat: