• M A T E M A T I K A
  • F I Z I K A 2
  • B I O L O G I Y A
  • G E O G R A F I Y A
  • I Q T I S O D
  • MUAMMOLAR YECHIMLARI
  • Mavzu: Kimyo fanidan zamonaviy darslarni tashkil etishda fanlararo uzviylik va uzliksizlikni ta’minlash muammo va yechimlari




    Download 27,04 Kb.
    bet1/4
    Sana25.03.2017
    Hajmi27,04 Kb.
    #2215
      1   2   3   4

    Mavzu: Kimyo fanidan zamonaviy darslarni tashkil etishda fanlararo uzviylik va uzliksizlikni ta’minlash muammo va yechimlari.

    Kimyo fani tabiiy fanlar tizimiga kirib matematika, fizika, biologiya, geografiya, iqtisod fanlari bilan uzviy bog’liq. Har bir fanni o’qitish rejalashtirilganda o’ziga xos oddiydan murakkabligiga tomon tadrijiy rivojlanish tartibida berilgan, ammo ayrim hollarda fanlararo bog’liqlik etarlicha hisobga olinmagan.



    M A T E M A T I K A

    1-MUAMMO: boshlang’ich sinflarda matematika fanini o’qitishda bir noma’lum tenglamalar va 8-sinfda sistema asosida yechiladigan ikki noma’lum tenglamalar hamda 5-6-sinflarda proporsiya tenglamalar tuzish va unga oid masala va misollarning yetarli darajada o’zlashtirilmasligi kimyo fanidan masalalar yechishda qiyinchilik tug’diradi.

    Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.

    YECHIMI: matematika o’qitishda 7-sinfda proporsiya, bir noma’lum tenglamalar haqidagi tushunchalarni kimyodan masalalar yechishga moslab takrorlash maqsadga muvofiq bo’lar edi.

    Matematika fanini o’qitishda 8-sinfda ikki noma’lum tenglamalar yechishni o’rgatishda bir yoqlamalikka barham berib, kimyo o’qituvchisi bilan hamkorlikda masalalar yechishni takrorlash;



    F I Z I K A

    2-MUAMMO: Kimyo fanida 8-sinfda “Atom yadrosi tarkibi” 7-mavzu, “Izotop, izobarlar” 8-mavzu, “Yadro reaksiyalari” 15-mavzuda berilgan.

    Fizika fanida esa 9-sinfning III-choragida bu mavzular haqida tushunchalar yoritib berilgan.

    “Eritmalarda elektr toki”, “Elektroliz va uning ahamiyati, Faradey qonunlari” 9-sinfda kimyo fanida, Fizika fanida esa 8-sinf II-chorakda berilgan. O’quvchi elektrofarez, elektrodlarni bilmaydi.

    YECHIMI: Kimyoda “Atom yadrosi tarkibi” 7-mavzu, “Izotop, izobarlar” 8-mavzu, “Yadro reaksiyalari” 15-mavzuda, Fizika fanida esa 9-sinfning III-choragidagi bu mavzular bir sinfda o’zlashtirilib, hamda bir biriga yaqin choraklarda o’rgatilsa; Kimyo fanida Izotonlar haqida ham izoh berish maqsadga muvofiq bo’lar edi.

    “Eritmalarda elektr toki”, “Elektroliz va uning ahamiyati, Faradey qonunlari” 9-sinfda kimyo fanida, Fizika fanida esa 8-sinf II-chorakda berilgan mavzular ham xuddi shunday yaqinlashtirish; Faradey qonunlari katta mavzu u fizikada kengroq yoritilgan, ammo jarayoniga e’tibor qaratilmagan. Kimyoda Faradey qonuning faqat qoidasigagina e’tibor berib ketilgan, ko’proq elektroliz jarayoni yoritilgan. Bu mavzuga kimyoda 1 soat berilgan va o’qituvchiga mavzuni yoritish qiyinchilik tug’diradi. Shu nomunosiblikni to’ldirish uchun bu mavzularga 2 soat ajratilsa,

    1-soat Elektroliz va uning ahamiyatiga,

    2-soat Faradey qonunlariga, Masalalar yechish qo’ysak;

    shu tarizda fizika va kimyo o’qituvchilari bir-birimizni to’ldirib borar edik. O’quvchida mavzuni o’zlashtirish yaxshi amalga oshar edi.

    B I O L O G I Y A

    3-MUAMMO: Uglevodlar, yog’lar, aminokislotalar biologiya fanida I-chorakda o’tib ketiladi, ammo kimyo fanida biz bu mavzularnu III –chorakda yoritib beramiz.

    YECHIMI: Agarda shu mavzular bilan kimyo fanidagi mavzular yaqinlashtirilsa mavzu yaxshi yoritiladi.

    G E O G R A F I Y A

    4-MUAMMO: Metallarni olish va o’rgatishda ular qaysi viloyatlarda olinishi va qayerlarda ishlatilishi, dunyoda bu qazib olingan qazilmalar nechanchi o’rinda turishi haqida ma’lumot berib ketamiz. Geografiya fanida Navoiy, Angren, Surxandaryo va Qashqadaryo viloyatlari haqida ma’lumotlar berilgan, ammo O’zbekistonda qazib olinadigan qazilma boyliklari va ularning tarkibi haqida ma’lumot yo’q.

    Angren (fors. Ohangaron, "temirchilar" atamasining ruscha buzilgan shakli) - Toshkent viloyatidagi shahar (1941 - 46 yillarda shaharcha). Jiga-riston, Jartepa, Teshiktosh, Qo‘yxona qishloqlari o‘rnida bunyod etilgan.
    Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.
    Qayerda va qancha qazib olinishi, uning zahiralari, hamda qancha moddiy zapaslarimiz borligi haqida ma’lumotlar kiritilmagan.

    YECHIMI: Georafiya faniga ham tabiiy boyliklarimiz a va uning qazib olinishi, hamda uning dunyodagi yetakchi o’rinlari haqida ma’lumotlar kiritilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bu har bir bolada Vataniga bo’lgan milliy g’ururni shakllantiradi.

    I Q T I S O D

    5-MUAMMO: Iqtisodiyotimizda rangli metallar haqida, neft, paxta qancha foyda keltirishi va qanday moddiy ustunligimiz borligi haqida ma’lumotlar yoq.

    Paxta Paxta, chigitli paxta - gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida P.ga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mah-sulot - tola (uz. 20 mm dan uzun)
    Neft Neft (turkcha neft, fors, neft), qoramoy - suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning , asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2-2,0 km chukurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan.
    Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M.
    YECHIMI: Iqtisodiyot fanlariga ham shu haqida ma’lumotlar kiritish;



    K I M YO

    6-MUAMMO: Boshqa fanlardagi fanlararo uzviylikni va uzliksizni ta’minlash muammolarini topib, yechimini to’g’rilasak bo’lar, ammo o’zimizning fanimizdagi dolzarb muammolarimizga ham befarq qarash mumkin emas.

    Kimyodan 7-sinfda Avogadro qonunini o’tganda molyar hajm, zichlik, hajm munosabatlari, n.sh. nisbiy zichlik (P=101,307 kПA ), (V=22,4 l), (T=273 K) Avogadro haqidagi tushunchalar beriladi, ammo gaz holati tenglamalari

    P0 V0 = PV Mendeleyev- Klapeyron tenglamalari ( PV=nRT) haqidagi

    T0 T ma’lumotlar berilmaganligi bolaga fanni o’zlashtirishda qiyinchilik tug’diradi. Mavzu o’zlashtirilmasdan bolaga “Ideal gaz qonunlari” haqidagi masalalar test va so’rovnomalarda keltiriladi.

    7-sinfda “Ekvivalentlar qonuni” anorganik moddalarning eng muhim sinflari mavzusida o’tish maqsadga muvofiq. Shu mavzuni o’zlashtirishda 2 ga bo’lib o’rgansak, oddiy moddalarning ekvivalentini oldinroq, murakkab moddaning ekvivalentini oksid, kislota, tuz, asoslar mavzusini o’zlashtirganliklaridan keyin quysak maqsadga muvofiqroq bo’lgan bo’lar edi.

    YECHIMI: Bu fanimizning dolzarb muammo va yechimini bugungi forumda javob topamiz degan umiddamiz!



    Bu muammolarni hal qilish va uning yechimlarini topishda har bir o’qituvchi ma’sul. Maqsadimiz: fanimizni yaxshi o’qitib, bolaga kerak bolgan BKM larni bera bilish;

    MUAMMOLAR

    YECHIMLARI

    1. Fanlararo o’qitishda integratsiyaning kamligi va nomuvofiqligi;

    1.Fanlararo aloqani keng yo’lga qo’yish;

    1. Dars jarayonida o’qituvchilar tomonidan tajribalarning yoritib berilmayotganligi;

    2.Amaliy mashg’ulot va laboratoriya tajribalari o’tkaziladigan metodik xizmat markazlarini tashkil etish;

    1. Malaka oshirish oliygohi bilan hamkorlikni mustahkamlash;

    3. O’qituvchining malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini jonlantirish;

    Download 27,04 Kb.
      1   2   3   4




    Download 27,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kimyo fanidan zamonaviy darslarni tashkil etishda fanlararo uzviylik va uzliksizlikni ta’minlash muammo va yechimlari

    Download 27,04 Kb.