Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Razzoq so‘figa doir tasvirlardan badiiy qahramonning individual qirralari ochila boradi. Uning kamgapligi, «indamas, damini ichiga solgan, ziqna odam» ekaniga urg‘u berilar ekan, undagi o‘ziga xoslik qisqa nutqi vositasida ham kuchaytiriladi. So‘fi «o‘zidan ulug‘ va kuchlilar gapirsa – «hovva-hovva», deb tasdiqlaydi; «o‘zidan past va kuchsizlar gapirsa – «yo‘q, yo‘q», degan ma’noda» inkor etib boshini chayqaydi. Razzoq so‘fining turmush tarzi, oilaviy tutumi ham, xotinini «Fitna» deb chaqirishi, Eshon boboga ixlos qo‘yishlari, qishloqqa qaytishga taklif qilib kelgan o‘gay akasi bilan muomala-munosabatlari – bularning barchasi Cho‘lponning iste’dodli nosir sifatidagi mahorat egasi ekanini ko‘rsatadi. So‘fining «Nima bu qiyomat!» degan gapi Saltanatning taklifiga ko‘ra Zebining qishloqqa – Enaxonning uyiga mehmon bo‘lib borish masalasini yana ham chigallashtiradi. Ruxsat tegishi yo tegmasligi muammosi o‘rtaga qalqib chiqadi. Oraga so‘fining tilini biladigan Quvonbibi tushib, vaziyatni
yumshatadi. So‘fi bir shart qo‘yib ko‘nadi: «Ovozim bor, deb ashulaga zo‘r bermasin. Nomahramlarga ovozini eshitdirsa, rozi emasman». Ushbu gap romanning muhim ochqich jumlalari sirasiga kiradi. Chunki Zebining keyingi taqdiri tasvirida, roman voqealarining o‘zaro bog‘lanishida uning shirali ovoz bilan ashula aytish detali katta ahamiyat kasb etadi. Mehmondorchilikka borish uchun ruxsat tegishini adib bir jumla bilan «Qafasning darichasi ochildi» deya ifodalaydi. Qishloqqa qarab yo‘lga chiqilar ekan, aravakash O‘lmasxon o‘zicha qo‘shiq xirgoyi qiladi. Gap tabiiy ravishda Zebining
ovoziga borib taqaladi. Garchand otasining tanbehini esida tutsa ham, Saltanat qo‘yarda-qo‘ymay Zebini qizlarning ashulasiga qo‘shilishga ko‘ndiradi. E’tibor berish lozim bo‘lgan jihat shundaki, adib «ovoz» so‘zi yoniga bir nechta sifatlashlarni keltirish bilan cheklanib qolmasdan, uni «eng yorug‘ yulduz»ga qiyoslaydi. Bu badiiy usul esa tasvirning tiniqlashuvini ta’minlaydi. Ta’kidlash lozimki, Cho‘lpon o‘z ijodida oy, quyosh, yulduz kabi osmon jismlaridan juda unumli foydalandi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1.Zebining san’atga ixlosini qanday baholaysiz?
2. Saltanat bilan Zebi munosabatlarini izohlang.
3. Romanni to‘liq o‘qib chiqing va uni sinfda muhokama
qiling.
4. «Asardan olgan taassurotlarim» mavzusida ijodiy matn yozing
|