Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Mashhur rus yozuvchisi Anton Pavlovich Chexov 1860-yil Rossiyaning Taganrog shahrida tug‘ilgan. Moskva universitetining tibbiyot fakultetini tugatgach (1884), Moskva yaqinidagi qishloq larda shifokor bo‘lib ishlaydi. Keyinchalik kasalligi bois
Yaltaga ko‘chib o‘tadi. A. P. Chexov xalq hayotini zimdan teran o‘rgandi; odamlar orasida bo‘ldi, ularning dard-u holini tingladi. O‘z davrining ijtimoiy-maishiy hayot tarzi, insonlararo turli muomala- munosabatlari A. P. Chexovning badiiy tafakkuri, o‘tkir nigohi orqali adabiy asarlariga ko‘chdi. Yozuvchi hayotdan go‘zallik izladi, tevarak-atrofida bo‘layotgan bema’ni ishlardan hazar qildi va inson tabiatidagi ayrim qusurlarni hajviy usulda tasvirladi. U ham shifokorlik kasbi bilan, ham o‘tkir ada biy qalami bilan oddiy odamlarga quvonch ulashishga harakat qildi. Adib ijodiy merosining katta qismini tashkil etgan o‘nlab hikoyalari dunyo adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin oldi. Hikoyalarida kam so‘z bilan katta voqealarni tasvirlash san’atini namoyish
qildi. Ayni damda, uning qissa va sayohatnomalari sevib o‘qiladi. «Chayka», «Vanya amaki», «Uch opa-singil», «Olchazor» kabi qator pyesalari teatr sahnalarida qo‘yilgan.
A. P. Chexovning asarlari ko‘pgina iste’dodli tarjimon va adib lar tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Adib 1904-yilda vafot etgan.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. A. P. Chexov hayoti va ijodi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar toping.
2. Hikoya nima sababdan «Garov» deb nomlangan? Sarlavhani izohlang.
3. Garov boylash uchun qanday zarurat bor edi?
4. Hibsda o‘tirgan odam nimalar bilan shug‘ullangani to‘g‘risida so‘zlang.
5. Huquqshunos qancha muddat va qaysi yillar oralig‘ida hibsda o‘tirdi? U nima sababdan pullardan voz kechdi?
6. Bankir hayotni qanday tushunadi? Huquqshunos-chi?
|