Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Yusuf Xos Hojib jahonning ulug‘ adiblari bilan bir qatorda turadigan, jahondagi ijtimoiy-siyosiy hamda badiiy-estetik tafakkur tarixi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan ijodkordir.Adibning nodir iste’dodi natijasi bo‘lgan «Qutadg‘u bilig» faqat XI asrning emas, balki butun turkiy adabiyot tarixining ham eng nodir va porloq badiiy durdonasidir. U yozma adabiyotimiz tarixidagi ilk yirik asar namunasidir. Adib bu bilan turkiy o‘gitnoma – didaktik yo‘nalishni nihoyatda yuqori darajaga olib chiqdi. Adib haqidagi ma’lumotlar, asosan, dostonning o‘zidagina saqlangan. U o‘zi tug‘ilgan joyni Quz O‘rdu deb ko‘rsatgan. Bu manzil qadimgi Yettisuvning markazi – Bolosog‘unning
ko‘plab nomlaridan biridir. Hozirgi Qirg‘izistonning To‘qmoq shahri yaqinida uning xarobalari saqlanib qolgan.
Adib Bolosog‘undan Qashqarga ko‘chib borgan. Dostonni shu yerda tugatgan. Doston nihoyasiga yetganida adibning yoshi ellikdan yuqori («Tegurdi manga algi ellik yashim») bo‘lgan. Har holda u «(qora) quzg‘un tusiteg boshim (sochlarim) qug‘u (oqqush)» bo‘ldi deb ta’kidlaydi. Yana bir o‘rinda «O‘ttiz (yosh) yiqqanlarini ellik (yosh) qaytarib oldi, agar oltmish (yosh) qo‘l tegizsa, nimalar qilar ekan?» degan qayd ham borki, bular asar yozilib bo‘lgan chog‘larda muallifning ellikni to‘ldirib, oltmishga yaqinlashib qolganini ko‘rsatadi. Kitob so‘ngida ilova qilingan qasidalarda ham qiziqarli ma’lumotlar saqlanib qolgan. Jumladan: asar yozilgan muddat («Tugal o‘n sakkiz ayda aydim bu so‘z»), yozib tugatilgan sana («Yil altmish eki erdi to‘rt yuz bila»), shuningdek, o‘z nomining keltirilishi («E Yusuf, kerak so‘zni so‘zla ko‘ni»,
ya’ni «Ey Yusuf, kerak so‘zni ro‘yi rost so‘zla») shu siraga kiradi. Umumiy hajmi olti ming olti yuz baytdan ortiq bo‘lgan dostonning bir yarim yilda yozilishi adibning juda kata tajribasi va ulkan mahoratidan dalolatdir. Asar Qashqarda tugatiladi va mamlakat eligi – hukmdori Tavg‘ach ulug‘ Bug‘roxonga tortiq qilinadi. Buning evaziga esa u xos hojiblik lavozimi bilan taqdirlanadi. Bular asardagi nasriy muqaddimada o‘z aksini topgan.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Adib haqidagi tasavvurlaringizni aytib bering.
2. Adib tarjimayi holidagi qaysi fakt va hodisalar siz uchun qiziqarli bo‘ldi?
3. Yusuf Xos Hojibga zamondosh bo‘lgan mashhur ijodkorlardan kimlarni bilasiz?
4. Adibning «(qora) quzg‘un tusidek boshim (sochlarim) qug‘u (oqqush)» bo‘ldi, – degan gaplarini qanday tushunish kerak?
5. Tavg‘ach ulug‘ Bug‘roxon nima uchun adibga «Xos Hojib» mansabini bergan?
6. «Qutadg‘u bilig»ning ma’nosi nima? Nega adib asariga shunday nom bergan?
7. Oyto‘ldining nutqida ayrim harakat va ramzlar (ko‘rsatilgan joyga o‘tirmaslik, to‘p, ko‘zning yumilishi, yuzni o‘girish va boshqalar)ning qanday izohlanganini tushuntirib bering?
|