• Ma’naviyat daqiqasi
  • Yangi mavzu bayoni
  • Mustahkamlash
  • Mavzu: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi darsning maqsadi: a ta’limiy




    Download 325,51 Kb.
    bet38/200
    Sana01.04.2021
    Hajmi325,51 Kb.
    #13866
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   200
    Darsning tarkibiy qismi

    (bosqichlari)

    Ajratiladigan vaqt (reglament)

    1

    Tashkiliy qism

    5 daqiqa

    2

    Ma’naviyat daqiqasi

    3

    O‘tilgan mavzuni takrorlash

    5 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni tushuntirish

    25 daqiqa

    5

    Mustahkamlash

    5 daqiqa

    6

    O‘quvchilarni baholash

    5 daqiqa

    7

    Uyga vazifa berish

    DARSNING BORISHI:

    Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

    Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

    O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.

    Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

    «Qutadg‘u bilig» – qut (saodat, baxt) keltiruvchi bilim demakdir. Bu asarning maydonga kelishi nihoyatda kuchli hayotiy zarurat va ma’naviy ehtiyoj bilan bog‘liq. Ijtimoiysiyosiy maydonda arablar hukmronligining yemirilishi va mahalliy mustaqil davlatlarning qaror topishi uning ma’naviy asoslarining ham yangilanishi va mustahkamligini taqozo etar edi. U o‘sha paytdagi Qoraxoniylar davlatining falsafiy-axloqiy yo‘riqnomasi sifatida paydo bo‘lgan. Adib asarida turkey xalqning badiiy-estetik tafakkurining kuchi va qudratini ko‘rsatib bera olgan. Asar voqealari unchalik murakkab emas. Ular ramziy qahramonlarning hayotiy faoliyati va ularning o‘zaro suhbatlari asosiga qurilgan. Mamlakatning daxlsizligi, uning ravnaqi faqat budun bilandir. Xalqning qanday bo‘lishi mamlakat boshlig‘iga to‘la bog‘liqdir. «Qutadg‘u bilig»da mamlakat boshlig‘i – hukmdor «elig» yoki «bek» deb yuritiladi. Alohida ta’kidlash joizki, qadimgi turklarda vatan tushunchasi shu vatanga mansub xalq bilan birga tasavvur etilgan. Ushbu tushuncha «el» so‘zi bilan ifodalanadi. Bu so‘z faqat

    xalqni emas, balki mamlakat, o‘lka, davlat (saltanat), yurt tushunchalarini ham ifodalaydi. Uning «kun» so‘zi bilan birga kelishi «el-u xalq», «yurt», «mamlakat», «vatan» tushunchalariga teng keladi. Asarda to‘rtta yetakchi qahramon bor:

    Kuntug‘di – elig (hukmdor) – Adolat timsoli.

    Oyto‘ldi – vazir – Davlat timsoli.

    O‘gdulmish – vazirning o‘g‘li (otasining vafotidan keyin vazir) – Aql timsoli.

    Yusuf Xos Hojib «Davlat Adolat va Aql bilan boshqarilmog‘i kerak» degan fikrni ramziy shaklda ifodalagan. O‘gdulmish va O‘zg‘urmishning savol-javoblari ba’zan keskin munozara darajasiga yetadi. O‘gdulmish shunda ham bosiqlik qiladi, aql bilan fikr yuritadi, natijada O‘zg‘urmishni o‘z g‘oyalariga ishontira oladi. Uning fikricha:

    Xudo berdi qulga ikki ko‘z, quloq,

    Ular bilan dunyo, oxiratga boq.

    Ushlash uchun berdi yana ikki qo‘l,

    Biri dunyo, biri oxiratga yo‘l.

    Ikki oyoq berdi yana yurishga,

    Biri u yon, biri bunda turishga.
    Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

    1. Shoir nima uchun turkcha so‘zni tog‘ kiyigiga o‘xshatadi? Sababini izohlang.

    2. Yusuf Xos Hojib beklarni ham, tilni ham arslonga o‘xshatadi? Nima uchun?

    3. Asarda xalq og‘zaki ijodining ta’siri qaysi qirralarda yorqinroq ko‘rinadi?

    4. «Qutadg‘u bilig»da komil inson g‘oyasi qanday hal etilgan? Misollar bilan tushuntiring.

    5. Yusuf Xos Hojib qo‘llagan she’r san’atlarini aniqlang. Ular bajarayotgan vazifalarni izohlang.

    6. «Qutadg‘u bilig» qahramonlarining o‘zaro murojaatlarida qo‘llangan undalmalarni toping. Ularni nutq odobi nuqtayinazaridan baholashga harakat qiling.


    Download 325,51 Kb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   200




    Download 325,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi darsning maqsadi: a ta’limiy

    Download 325,51 Kb.