• Ma’naviyat daqiqasi
  • Yangi mavzu bayoni
  • Mustahkamlash
  • Mavzu: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi darsning maqsadi: a ta’limiy




    Download 325,51 Kb.
    bet41/200
    Sana01.04.2021
    Hajmi325,51 Kb.
    #13866
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   200
    Darsning tarkibiy qismi

    (bosqichlari)

    Ajratiladigan vaqt (reglament)

    1

    Tashkiliy qism

    5 daqiqa

    2

    Ma’naviyat daqiqasi

    3

    O‘tilgan mavzuni takrorlash

    5 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni tushuntirish

    25 daqiqa

    5

    Mustahkamlash

    5 daqiqa

    6

    O‘quvchilarni baholash

    5 daqiqa

    7

    Uyga vazifa berish

    DARSNING BORISHI:

    Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

    Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

    O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.

    Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

    Didaktik adabiyot - badiiy ifodalangan pand-nasihat tarzidagi adabiyot. Bunda axloqiytaʼlimiy, ilmiyfalsafiy, diniy bilimlar va gʻoyalar badiiy talqin qilinadi. Didaktik adabiyot ildizi xalq ogʻzaki ijodiga borib takaladi (mas, "Qobusnoma"). Gʻarb va Sharq xalqlari, jumladan, turkiy xalqlar adabiyotida Didaktik adabiyot uzok, tarixga ega. Didaktik adabiyotga doyr ilk namunalar Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida uchraydi. Oʻzbek mumtoz adabiyotidagi didaktik adabiyotning dastlabki yirik namunalari Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyik" dostonlaridir. Bu asarlarda xalqning adolat, maʼrifat, axloq, odob haqidagi qarashlari, pand-nasihatlari sheʼriy shaklda bayon etilgan. Didaktik adabiyotdan ijtimoiy, falsafiy, ilmiy qarashlarni ommalashtirish vositasi sifatida ham foydalanganlar (mas, Ibn Sinonpnt tabobatga oid "Urjuza" sheʼriy asari). Didaktik adabiyot ga xos boʻlgan xususiyatlardan Ahmad Yassaviy, Boqirgʻoniy Sulaymon, Soʻfi Olloyor, Huvaydo, Haziniy kabi tasavvuf namoyandalari ham samarali foydalanganlar.

    20-asr oʻzbek adiblari Behbudiy, Ayniy, Avloniy va boshqalar ijodida pandnasihatga alohida ahamiyat berilgan. Ularning asarlarida, maktablar uchun qoʻllanmalarida taʼlimtarbiyaga oid didaktik adabiyot namunalari koʻplab uchraydi.

    Yusuf Xos hojibning “Qutadg’u bilig” dostoni she’riy didaktik asarlar sirasiga kiradi. Ushbu dostonda ma’naviy fazilatlarning hayotiy hikoya-tasvirlar, mantiqiy tahlil-xulosalar orqali berilishi, birinchidan muallif nuqtayi nazarini tiniqlashtiradi, uning ayni qanday g’oyani ilgari surayotganini aniq bilib turasiz, ikkinchidan, bu ta’sirchanlikni oshiradi, uchinchidan, ko’tarilgan masala-muammolar bugun uchun ham o’z ahamiyati, ya’ni dolzarbligini yo’qotmagan. Zamonaviy o’zbek adabiyotida ham didaktik ruhdagi asarlar yaratilib turadi. Maslan, O’zbekiston xalq shoiri Shukrullo qalamiga mansub “Javohirlar sandig’i” aynan shunday asarlar sirasiga kiradi. U nasriy yo’l bilan bitilgan.


    Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

    1.Didaktika” so’zi yunonchadan olingan bo’lib u nimani anglatadi?

    2.Sharq ko’proq nasihat yo’li bilan, G’arb esa hayotni real ko’rsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini maxsus qayd qilib o’tgan shaxs.

    3.“Qutadg’u bilig” asari qanday usulda bitilgan?

    4. «Qutadg‘u bilig» va «Devonu lug‘ot at-turk» asarlari tilida qanday o‘xshash va farqli jihatlarni sezdingiz? Bu haqda o‘rtoqlaringiz bilan o‘zaro fikr almashing.

    5. «Qutadg‘u bilig» va «Devonu lug‘ot at-turk»dagi she’riy parchalarning vazn va qofiya xususiyatlari haqida fikr almashing.

    6. Asarning ona tilimiz tarixi, mavqeyi va ravnaqidagi ahamiyati haqida fikr yuriting.

    7. Asarning bugungi jamiyatimiz, adabiyot tarixida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida gapirib bering.



    Download 325,51 Kb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   200




    Download 325,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi darsning maqsadi: a ta’limiy

    Download 325,51 Kb.