Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat 1886-yil Buxoro shahrida tug‘ildi. Dastlab eski maktabda, keyin Mirarab madrasasida, XX asr boshlarida Istanbulda tahsil oldi. U yerda ijod bilan jiddiy shug‘ullandi. O‘sha davrda «Munozara», «Hind sayyohi bayonoti» singari nasriy asarlari hamda «Sayha » («Chorlov») nomli she’riy to‘plami chop etildi. 1917-yil aprelidan 1918-yil martigacha Samarqandda bosilgan «Hurriyat » gazetasiga muharrirlik qildi. 1918-yil Fitrat Toshkentga keladi va asosan, adabiy, ilmiy-ma’rifiy ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladi. 1921-yil Buxoroga taklif etiladi. Shu davrda Fitrat tashabbusi bilan 70 nafar turkistonlik iqtidorli yoshlar Germaniyaga o‘qishga yuboriladi. Fitrat 1923–1924-yillarda Moskva va Leningradda yashadi, Sharq tillari institutida ishladi. U yerda turk, arab, fors tillari va adabiyotidan dars berdi. Leningrad dorilfununining professori bo‘ldi. Shu yillarda «Abulfayzxon», «Bedil», «Qiyomat», «Shaytonning tangriga isyoni» kabi asarlar yozdi. Fitrat maktab o‘quvchilari uchun «Adabiyot qoidalari» darsligini, tilshunos olim sifatida o‘zbek tilining qoidalari to‘g‘risida «Sarf», «Nahv» kitoblarini yozdi. Uning musiqashunoslik sohasiga doir «Shashmaqom», «O‘zbek klassik musiqasi ham uning tarixi», «Sharq musiqasi» kabi tadqiqotlari ham bor. 1937-yil asossiz ravishda «xalq dushmani» degan ayblov bilan qamoq qa olinib, 1938-yil 4-oktabrda Toshkentning hozirgi Yunusobod tumani Bo‘zsuv qirg‘og‘ida otib tashlandi. Mustaqillik davrida Abdurauf Fitrat ijodi keng ommaga qayta yetkazildi. Uning hayoti va ijodi to‘g‘risida ayrim ilmiy risolalar yozildi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Fitrat hayoti va ijodi haqida qo‘shimcha ma’lumot bering.
2. Dramani rollarga bo‘lib o‘qing.
3. Fojiaga asos qilib olingan tarixiy davr to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
4. Ulfatning «Podsholik – qon bilan sug‘orilaturg‘on bir og‘ochdir» degan fikriga munosabat bildiring.
5. Hakimbiyning Nodirshoh bilan munosabatini matndan misollar keltirib izohlang.
|