|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 90/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniIshning nazariy asosi
Odatda yarimo‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanligi uncha katta bo‘lmaydi, chunki ularda erkin elektronlar soni juda kam. Agar yarimo‘rkazgich tarkibiga ozgina boshqa turdagi yarimo‘tgazgich atomlari kiritilsa, yarimo‘tkazgichning elektrik qarshiligi keskin o‘zgaradi. Kiritilayotgan aralashma atomining xususiyatiga qarab o‘tkazuvchanlik turi aniqlanadi. Ikki turdagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan asbobni yarimo‘tkazgichli dioddeb atash qabul qilingan.Yarimo‘tkazgichli diodni elektr sxemada kabi belgilanadi. Yarimo‘tkazgichli diod elektr tokini faqat bir yo‘nalishda o‘tkazadi.
Qurilmaning tuzilishi va ishlashi
1-chizmada yarimo‘tkazgichli diodning elekrt zanjiriga ulanishi keltirilgan. Zanjir tok manbayi, yarimo‘tkazgichli diod, milliampermetr, voltmetr, reostat va kalitdan iborat. 1-a, chizma asosida yig‘ilgan zanjirni tok mabaiga ulanadi. Laboratoriya universal ta’minlash manbayining iste’molchilarni ta’minlovchi maxsus ±5,5V/8V tarmog‘iga milliampermetrni va 8 V tarmog‘iga voltmetrlarni ulang. Laboratoriya universal ta’minlash manbayini tok tarmog‘iga ulang. Milliampermetr va voltmetrning ish rejimi tekshiriladi. Laboratoriya universal ta’minlash manbayining iste’molchini kuchlasnish bilan ta’minalash murvati 4 V holatiga keltiriladi. Reostatning qarshiligi eng katta qiymati holatiga qo‘yiladi.
Diod 1-a, chizmadagidek zanjirga ulanganda uning ulanishi to‘g‘ri ulash bo‘ladi. Reostat jilgichini surib, diod uchlariga beriladigan kuchlanishni oshiramiz. Diod orqali o‘tayotgan tok milliampermetr orqali kuzatiladi. Riostat jilgichini surib, uning bir necha holatlari uchun tajriba davom ettiriladi. So‘ngra 1-b, chizma asosida zanjir yig‘iladi. Yig‘ilgan zanjir tok manbayiga ulanadi. Bu holda zanjirga ulangan diod teskari ulangan bo‘ladi. Diod orqali o‘tayotgan tokning miqdorini baholashda diodga ketma-ket qilib ulangan milliampermetrdan foydalanamiz. Diod uchlaridagi kuchlanishni olish uchun unga parallel ravishda voltmetr ulanadi.
a)
1-chizma
|
| |