|
Elektrolit eriganda molekulalarining musbat va manfiy zaryadlangan ionlarga ajralishiga elektrolitik dissotsiatsiya deyiladi
|
bet | 98/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matni5.Elektrolit eriganda molekulalarining musbat va manfiy zaryadlangan ionlarga ajralishiga elektrolitik dissotsiatsiya deyiladi. Musbat ionlar – kationlar, manfiy ionlar esa – anionlar deyiladi. Odatda kationlar metallar va vodorodning ionlari, anionlar esa kislota qoldiqlari va gidroksid guruhlar bo’ladi. Dissotsiatsiya jarayoni quyidagisha yoziladi:
O’ngtomongayo’nalganstrelkadissotsiatsiyani, chaptomongayo’nalganstrelkaesa – rekombinatsiyani, ya’niturliismlizaryadlanganionlarbirlashibneytralmolekulalarhosilqilishiniko’rsatadi.
Tashqielektrmaydonibo’lmagandaeritmanitashkilqiluvshiqarama-qarshiishoraliionlarvamolekulalarbetartibharakatholatidabo’ladi. Agar eritmaga elektr maydoni ta’sir etsa, ionlarning harakati tartibga tushadi. Elektrolitda elektr tokini sim orqali tok manbaiga ulangan elektrodlarni tushirish bilan hosil hilish mumkin (1-rasm).
Elektr maydoni ta’sirida kationlar manfiy elektrod katod (K)ga qarab, anionlar esa musbat elektrod anod (A)ga qarab harakatlana boshlaydi. Ionlarning tezligi juda kichik (E=102 V/m bo’lganda vodorod ionlarining tezligi 3,3105m/C) bo’ladi. Natijada elektrolitlarda zaryadlangan zarralarning batartib harakati, ya’ni elektr toki vujudga keladi. Tok kuchi elektrolitning ma’lum kesimidan o’tuvshi earyadning (har ikkala ishoralisi ham) vaqtga nisbatiga teng. Elektr tokining zichligi esa Om qonuniga muvofiq aniqlanadi.
(2)
Bu erda - elektrolitning solishtirma qarshiligi. Metallardagidan farqli ravishda elektorlitning solishtirma qarshiligi temperatura ko’tarilganda kamayadi, solishtirma o’tkazuvchanligi ortadi.
Elektrolitdan tok o’tganda elektroliz hodisasi ro’y beradi.
Elektrolitdan tok o’tganda tarkibiga kiruvshi moddalarning elektrodlarda ajralib chiqishiga elekroliz hodisasi deyiladi.
Elektrolitlarda tok o’tishi moddaning ko’shishi bilan bog’liq bo’lganligi sababli ularga ikkinshi tur o’tkazgichlar deyiladi.
1833 yili M.Faradey elektroliz qonunlarini kashf etdi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Elektrolit eriganda molekulalarining musbat va manfiy zaryadlangan ionlarga ajralishiga elektrolitik dissotsiatsiya deyiladi
|