• 3 Elektron-nur trubkasi (
  • Odatda vakuumda elektr toki o`tmaydi, ammo termoelektron emissiya yordamida vakuumda ham elektr toki vujudga kelishi mumkin. Termoelektron emissiya




    Download 8,06 Mb.
    bet97/197
    Sana01.02.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #149719
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   197
    Bog'liq
    Fizikadan maruza matni

    2. Odatda vakuumda elektr toki o`tmaydi, ammo termoelektron emissiya yordamida vakuumda ham elektr toki vujudga kelishi mumkin.
    Termoelektron emissiya – bu qizdirilgan metalning elektronlar chiqarishidir. Metallardagi erkin elektronlarning kontsentratsiyasi juda katta bo’lib, tartibsiz issiqlik hara­kati tufayli, hattoki o’rtacha tempera­tu­ralarda ham chiqish ishini engib, metalni tark etadigan elektronlar mavjud bo’ladi. Temperatura ko’tarili­shi bilan esa kinetik energiyasi chiqish ishidan kattaroq bo’lgan elektronlarning soni yanada ortadi va termoelektron emissiya hodisasi sezilar­li bo’lib qoladi. Termoelek­tron emissiya hodisasi­dan foydalanib vakuumda elektr tokini hosil qilish mumkin. Bu hodisaga asoslanib tayyorlangan lampalarga vakuumli lampalar deyi­la­di.
    3 Elektron-nur trubkasi (Vakuumli diod)– katod K va anod A elektrodlari­dan iborat havo­si so’rib olin­gan ballondir.
    Katod qiyin eriydigan me­tal­dan (misol uchun vol framdan) yasalgan metall simdan iborat bo’ladi. Anod esa katodni o’rab turadigan metall tsilindr shaklida bo’ladi (1-rasm). Agar diod rasmdagidek zanjirga ulanib, katod qizdirilsa va anod manbaning musbat, katod manfiy qutblariga ulansa, zanjirda tok vujudga keladi. Agar batareya B ning qutblarini o’zgartirsak katodni qanchalik qizitishimizdan qat’iy nazar zanjirda tok bo’lmaydi. Demak katod manfiy zaryadlangan zarralar elektronlarni chiqaradi. Odatda elektron lampalarda katod sifatida ishqoriy yer metallari ishlatiladi.
    4.Ma’lumki toza suv elektr toki­ni o’tkazmaydi. Agar unga ozroq tuz qo’shilsa elektr tokini o’tkazuvchiga aylanadi. Demak ba’zi moddalarning suv­dagi eritmasi elektr tokini o’tkazish qobiliyatiga, ya’ni zaryad tashuvshi zarralarga ega bo’lib qolar ekan. Erituvshida eriganda ionlarga ajrala­di­gan moddalarga elektrolitlar deyi­ladi. Elektrolitlarda zaryad tashuvshi zarralar ionlar bo’lganligi sababli ham bunday o’tkazuvchanlikka ionli o’tkazuvchanlik deyiladi. Ionlarning vujudga kelishiga sabab, elektrolit eriganda uning molekulalari, erituv­shi molekulalarining elektr maydoni ta’sirida musbat va manfiy zaryadlan­gan ionlarga ajralishidir. Elektro­lit­dagi ionlarning tashqi may­don ta’siridagi batartib harakati­ga elek­tro­litlarda elektr toki deyiladi.

    Download 8,06 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   197




    Download 8,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Odatda vakuumda elektr toki o`tmaydi, ammo termoelektron emissiya yordamida vakuumda ham elektr toki vujudga kelishi mumkin. Termoelektron emissiya

    Download 8,06 Mb.