• Tayanch tushunchalar
  • Gazdan elektr tokining o’tishiga gaz razryadi deyiladi.
  • Katod sirtidan elektronlarni urib chiqarish hodisasiga ikkilamshi elektron emissiya deyiladi.
  • - MAVZU: GAZLARDA VA VAKUUMDA ELEKTR TOKI




    Download 8,06 Mb.
    bet96/197
    Sana01.02.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #149719
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   197
    Bog'liq
    Fizikadan maruza matni

    -
    MAVZU: GAZLARDA VA VAKUUMDA ELEKTR TOKI
    Reja:

    1. Gazlarda elektr toki.

    2. Vakuumda elektr toki.

    3. Elektron-nur trubkasi.

    4. Elektrolitlarda elektr toki.

    5. Elektrolitik dissotsiya. Elektroliz.

    Tayanch tushunchalar: gaz razryadi, rekombinatsiya, teshish kushlanishi, katod, anod elektroli­tik dissotsiatsiya, elekroliz.
    1. Past temperaturalarda aksariyat gazlar elektr tokini o’tkazmaydi, shunki gaz molekulari elektr jihatdan neytral bo’ladi. Gazlarda elektr o’tkazuvchanlik yuzaga kelishi uchun gaz molekulalari ionlar va erkin elek­tronlarga ajralishi kerak. Buning uchun esa gazga biror ionlashtiruvshi tashqi ta’sir ko’rsatilishi lozim. Ionizator ta’sirida atom yoki molekulalarning elektron qobig’idan bir yoki bir neshta elektronlarning uzilib chiqishi ro’y beradi. Bu esa gazda erkin elektronlar va musbat ionlar vujudga kelishiga olib keladi. Elektronlar ham o’z navbatida neytral atomlar yoki molekulalar bilan birikib manfiy zaryadlangan ionlar­ni vujudga keltiradi. Demak, ionlashgan gazda erkin elektronlar, musbat va manfiy ionlar mavjud bo’ladi. Gazdan elektr tokining o’tishiga gaz razryadi deyiladi.
    Gazada ionlashish jarayoni bilan birga, ionlarning neytral atomlar yoki molekulalarga aylanishi ham ro’y beradi va bu jarayonga rekombinatsiya deyiladi. Agar tashqi ionizatorning ta’siri to’xtasa gazning o’tkazuvchan­ligi yomonlasha boradi. Ionizatorning quvvati o’zgarmaydigan bo’lsa, ionla­shish va rekombinatsiya jarayonlari o’rtasida dinamik muvozanat vujudga keladi. Bunda ionlashish natijasida vujudga keladigan zaryadlangan zarra­lar juftining o’rtacha soni, rekom­binatsiya natijasida yo’qoladiganlari­ning o’rtacha soniga teng bo’ladi.
    G azda tokning tashqi ionlashti­ruvshi ta’sirida vujudga kelishiga nomustaqil gaz razryadi deyiladi. Aytaylik kondensator qoplamalari orasidagi bo’shliqqa ul trabinafsha nurlar ta’sir etayotgan bo’lsin (3-rasm). Kondensator qoplamalari orasida ionlashish jarayoni ro’y berib, qarama-qarshi zaryadlangan zarralar vujudga keladi.
    Kushlanishning yanada oshirili­shida ( va yuqori ) tok kuchi keskin ortadi. Tashqi ionizator olinganida ham razryad davom etadi. Demak endi, gazning elektr o’tkazuvchanligini ta’­minlash uchun zarur bo’lgan ionlarni razryadning o’zi vujudga keltiradi. Tashqi ionizatorning ta’siri tugagan­dan keyin ham davom etadigan razryadga mustahil gaz razryadi deyiladi.
    Mustaqil gaz razryadi vujudga keladigan kushlanishga gaz razryadini yoqish kushlanishi yoki teshish kushlanishi deyiladi.
    Mustaqil razryad hosil bo’lishi uchun elektronlar va ionlar oqimining hosil bo’lishi zarur bo’lsada, lekin etarli emas. Tashqi ionlashtiruvshi o’shirilgandan keyin ham anodga keluvshi elektronlarning o’rniga yangilarini hosil qilish kerak bo’ladi. Bu elektronlar maydon ta’sirida katod tomonga harakat qiladigan musbat ionlar va fotonlar tomonidan katoddan urib chiqariladi. Katod sirtidan elektronlarni urib chiqarish hodisasiga ikkilamshi elektron emissiya deyiladi. Urib chiqariladigan elektronlarning soni ionning energiyasi va katod materialiga bog’liq bo’ladi. Bir paytning o’zida ham elektronlar va ionlar oqimining vujudga kelishi, ham ikkinshi elektron emissiya hodisasining ro’y berishi mustaqil razryadning vujudga kelishiga olib keladi. SHu holdagina gaz oralig’ining teshilishi va mustaqil gaz razryadining yoqilishi ro’y beradi.

    Download 8,06 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   197




    Download 8,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - MAVZU: GAZLARDA VA VAKUUMDA ELEKTR TOKI

    Download 8,06 Mb.