Dizel dvigatelida aralashma hosil qilish




Download 0,54 Mb.
bet77/160
Sana17.05.2024
Hajmi0,54 Mb.
#240565
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   160
Bog'liq
Mavzu Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulish

Dizel dvigatelida aralashma hosil qilish.

Ish aralashmasini tayyorlashni o’ziga xosligi va qabul qilingan yonish kamerasining shakli dizelning baholash parametrlariga hamda konstruksiyasiga katta ta’sir qiladi.


Dizellarda hajmli (ob’emnoye) (ko’lamli), pardali (plyonochnoye) va aralash (hajmli-pardali) aralashma hosil qilish usullari qo’llaniladi. Bu usullarni har biriga mos yonish kameralari mavjud. Yonish kameralarining ajratilmagan (bir bo’linmali) va ajratilgan (old kamerali va uyurmali) turlari mavjud.
Ajratilmagan yonish kamerasi umumiy holda porshen yuqori chekka nuqta holatida bo’lganda uning tubi va silindrlar kallagining ichki yuzasi oralig’idagi hajmni tashkil qiladi (9.1-rasm). Bunday kameralarni bir bo’linmali ham deyiladi, chunki yonilg’ini uzatish paytida havoning hamma massasi porshen tubining chuqur qismida joylashgan bo’ladi va shu qismda purkalgan yonilg’i havo bilan aralashadi va yonish sodir bo’ladi. Porshen tubining chuqurida ishlangan bir bo’linmali sharsimon, yarim sharsimon, kesik konussimon, kosasimon va boshqa xil shaklli yonish kameralarini kamerasi porshendagi dizellar deyiladi.
A jratilgan yonish kameralari bir-biri bilan kanal bilan tutashgan ikkita hajmdan iborat. Ulardan biri-asosiysi porshen tubining ustida, ikkinchisi-qo’shimchasi esa silindrlar kallagida joylashgan. Yonilg’i qo’shimcha qismga purkaladi va bu yerda qisman alangalanib ko’tarilgan bosim ta’sirida kameraning asosiy qismiga o’tib, uzil-kesil (batamom) yonadi. Ajratilgan kameralar o’z navbatida uyurmali (9.2-rasm) va oldkamerali (9.3-rasm) guruhlarga bo’linadi

9.1-rasm. Ajratilmagan yonish kamerasi:


1-chiqarish klapani; 2-forsunka; 3-porshen tubidagi yonish kamerasi.

9.2-rasm. Uyurma turli ajratilgan yonish kamerasi:


1-yuqori yarimsfera; 2-bo’g’izli (3) quyi yarimsfera; 4-porshen tubidagi kameraning asosiy qismi

9.3-rasm.Oldkamera turli ajratilgan yonish kamerasi.


1-oldkamera; 2-kameraning asosiy qismi.

Dizelda yonilg’ini to’la va o’z vaqtida yonishi hamda silindrlarda qamralgan havodan to’la foydalanish imkoniyati asosan yonilg’ini to’zitish sifatiga va uni yonish kamerasi xajmi bo’ylab taqsimlanishiga bog’liq.


Tezyurar dizellarda yonish jarayonini amalga oshirishga juda qiska vaqt oralig’i ajratiladi, shuning uchun siklni qoniqarli o’tishiga yonilg’ini faqat o’ta kichik o’lchamda (yonilg’i zarrachalarini o’lchami 5-50 mkm tashkil qiladi) va ozgina miqdorda katta o’lchamdagi zarrachalarga to’zitish bilan erishiladi Yonilg’ini to’la yonishi va silindrdagi havodan yaxshi foydalanish to’zitilgan yonilg’i mash’alini qisqa davrda siqilgan havo massasi ichiga chuqur kirib borishi holatidagina mumkin. Bunda to’zitilgan yonilg’i mash’alini shakli va yo’nalishini yonish kamerasining shakli va undagi harakatlanayotgan havo oqimini yo’nalishi bilan uyg’unligi katta ahamiyatga egadir.
Bu shartlar ma’lum darajada yonish kamerasida havoni uyurilishiga (zavixreniye) bog’liqdir. Agar maxsus choralar ko’rilmasa kiritish klapani orqali silindrga kiritilgan havoning tezligi so’nishi mumkin.
Kiritilayotgan havo oqimini silindr yuzasiga tangensial yo’nalishini vujudga keltirish maxsus choralardan biridir. Bunga kiritish klapaniga shirma (parda) o’rnatish (9.4-rasm, a) silindrlar kallagidagi kiritish kanaliga toraytirish shaklini berish (9.4-rasm, ,b) va kiritish kanalini spiralsimon yo’nalishda (planda) ishlash (9.4-rasm, v) bilan erishiladi. Ikki taktli dvigatellarda havoni uyurilishini puflash teshikchalari o’qlarini radiuslarga nisbatan birmuncha burchak ostida joylanganligi ta’mnlaydi (9.4-rasm, g). Havoning yonish kamerasida uyurilishiga siqish jarayonida porshen tubi va silindr kallagi tekisligi oralig’idagi halqasimon tirqishdan surib chiqarishlik bilan ham erishiladi (9.5-rasm).

9.4-rasm. Kiritish jarayonida havoni uyurish usullari.

9.5-rasm.Siqish jarayonida havoni uyurilishi.

Bu holda yonish kamerasi porshen tubida (9.5-rasm) yoki kallakda diametri odatda silindr diametridan 0,.4-0,6 ni tashkil etuvchi chuqurcha ko’rinishida bo’ladi.

Hajmli aralashma hosil qilish usuli yonilg’ini bevosita yonish kamerasida joylashgan issiq havo qatlamiga purkashga asoslangan. Bu usuldagi, ya’ni bevosita purkovchi dizellar ko’p teshikli, markazda joylashtirilgan forsunkalarda ishlaydi.
Pardali aralashma hosil qilish usuli yonilg’ini deyarli qismini sharsimon yonish kamerasining issiq devorlariga purkalishi, ularda nafis parda hosil qilinishi, so’ngra devordan issiqlikni bir qismini ajratib bug’lanishibilan xarakterlanadi.
Xajmli va pardali aralashma hosil qilish usullarini prinsipial farqi shundaki, birinchi holda to’zitilayotgan yonilg’i zarrachalari havo bilan bevosita aralashadi, ikkinchisida esa, avval yonilg’ini asosiy (deyarli) qismi bug’lantiriladi va bug’simon holatda kamerada intensiv uyurilib, harakatalnayotgan havo bilan aralashtiriladi.
Aralash usul ajratilgan yonish kamerali dizellarda qo’llaniladi. Bunda hajmli va pardali aralashma hosil qilish birgalikda olib boriladi.




  1. Download 0,54 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   160




Download 0,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dizel dvigatelida aralashma hosil qilish

Download 0,54 Mb.