Dizel dvigateli ta’minlash tizimi uskunalarining tuzilishi va ishlashi




Download 0,54 Mb.
bet78/160
Sana17.05.2024
Hajmi0,54 Mb.
#240565
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   160
Bog'liq
Mavzu Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulish

Dizel dvigateli ta’minlash tizimi uskunalarining tuzilishi va ishlashi.

Dizel dvigateli ta’minlash tizimini nasos bilan purkovchi va akkumulyatorli tizimlarga ajratish mumkin. Birinchi tizimda yonilg’ini silindrlarga purkash forsunka orqali yuqori bosimli yonilg’i nasosida hosil qilingan bosim ostida ish siklini muayyan paytida purkaladi. Ikkinchi tizimda yuqori bosimli yonilg’i nasosi yonilg’ini akkumulyatorlarga uzatadi. Akkumulyatorlarda doimiy yuqori bosim ushlab turiladi va yonilg’ini silindrlarga purkash forsunka orqali vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladi.

Nasos bilan purkovchi ta’minlash tizimining umumiy sxemasi 2.83-rasmda keltirilgan.
9.6-rasm. Dizel ta’minlash tizimining umumiy sxemasi.

1-yonilg’i qabul qilgich; 2-yonilg’i baki; 3-to’r-simli tozalagich; 4,11,18-qaytarish naychalari; 5-jo’mrak; 6,10,21,23-past bosim naychalari; 7-mayin tozalash filtri; 8-shtutser; 9,14-tiqinlar; 12-qo’l nasosi; 13-o’tkazib yuborish klapani; 15-yuqori bosim naychasi; 16-shtutser; 17-forsunka; 19-yuqori bosim yonilg’i nasosi; 20-yonilg’i haydash nasosi; 22-dag’al filtr.


Ta’minlash tizimi quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan: yonilg’i baki, yonilg’i xaydash nasosi, filtrlar va tindirgichlar, yuqori bosimli yonilg’i nasosi, forsunkalar, past va yuqori bosimli ulovchi naychalar.

Dizellarda yonilg'ini purkash xavo bilan ish aralashmasini silindr bo'shlig'ida xarakatlantirish usuli yonilg'i yuborish qurulmalari hamda yonish bo'linmasining konstruksiyasiga bog'lik. YAMZ va KamAZ dizellarida yonilg'ini purkash tarmog'i yuqori bosim nasosi va har bir silindrga yopiq holda o'rnatilgan forsunkadan iborat.


Bu dvigatellarning ta'minlash tarmog'i asosiy ikkita: past va yuqori bosim shaxobchalaridan iborat. Past bosim shaxobchasi yonilg'ini bakdan yuqori bosim nasosiga uzatadi. Yuqori bosim shaxobchasi esa ma'lum miqdordagi yonilg'ini ma'lum vaqtda dvigatelning silindrlariga uzatadi. YAMZ dvigatellari ta'minlash tarmog'ining umumlashgan chizmasi rasmda keltirilgan. Bak 2 dan yonilg'i, xaydash nasosi 20 xosil qilgan siyraklanish ta'sirida, dag'al filtr 22 ga yuboriladi. Bu filtrdan yonilg'i mayin tozalash filtri 7 ga, undan yonilg'i naychasi 10 orqali yuqori bosim nasosi 19 ga o'tib, bu nasos yordamida 15 MPa (150 kgk/sm2) ga yaqin bosim ostida yonilg'ini purkash forsunkasi 17 ga yuboriladi. Yuqori bosim nasosi 19 da yig'ilib qolgan ortiqcha yonilg'ining bosimi 15 MPa (150 kgk/sm2) ga tenglashganda o'tkazib yuborish klapani 13 ochilib, qaytarish naychalari 4 va 11 orqali yonilg'i bak 2 ga oqib tushadi. Forsunka 17 tirqishlaridan tomib oqib chiquvchi yonilg'i bakka naycha 18 orqali qaytadi. Tarmoqda yonilg'i bilan dastlabki to'ldirish jarayoni xaydash nasosi 20 ning korpusidagi qo'l-yuritmali nasos 12 yordamida amalga oshiriladi. Yonilg'i bilan kirgan xavoni tashqariga chiqarib yuborish uchun tiqin 9 va 14 da parmalangan teshikchalar bor. Tarmoqda yonilg'ini tozalovchi asosiy filtr 7 va dag'al filtr 22 hamda bakning bo'g'zidagi to'r-simli tozalagich 3 dan tashqari, yonilg'i qabul qilgich 1 qopqog'ida va forsunka 17ning shtutseri 16 da to'r-simli tozalagichlar bor.


Download 0,54 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   160




Download 0,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dizel dvigateli ta’minlash tizimi uskunalarining tuzilishi va ishlashi

Download 0,54 Mb.