• 17-Mavzu: Transmissiya
  • Tayanch iboralar
  • Mexanik kuch uzatmasi.
  • Mavzu: Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulishi xaqida umumiy ma’lumot




    Download 0,54 Mb.
    bet86/160
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,54 Mb.
    #240565
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   160
    Bog'liq
    Mavzu Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulish

    3-bosqich Yakuniy
    (10 daqiqa)


    Mashg’ulot yakuni:
    1. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni baxolaydi va rag’badlantiradi.
    Uyga vazifaning berilishi:
    2. Uyga vazifa mashq bajarish.

    Baholar bilan tanishtiradilar


    Topshiriqlarni yozib oladilar


    17-Mavzu: Transmissiya
    Reja:
    1. Transmissiyaning vazifasi va turlari. G’ildirak formulasi 4x2, 4x4, 6x4, 6x6 va 8x8 mehanik transmissiyalarining shemalari. Elektrik va gidroxajmli uzatmalari.
    2 Mexanik kuch uzatmasi.
    1. Ilashish muftasining vazifasi va turlari.




    Tayanch iboralar: transmissiya, maxovik, qobiq, g'ildirak formulasi, yarim o'qlar



    1. Transmissiyaning vazifasi va turlari. G’ildirak formulasi 4x2, 4x4, 6x4, 6x6 va 8x8 mehanik transmissiyalarining shemalari. Elektrik va gidroxajmli uzatmalari.

    Vazifasi. Kuch uzatmasi dvigateldan yetaklovchi g’ildiraklarga burovchi momentni yo’nalishini, qiymatini o’zgartirib, uzatish va yetakchi g’ildiraklarga bo’lib berish uchun xizmat qiladi.

    Kuch uzatmasi dvigatel bilan yetakchi g’ildiraklar orasidagi bog’lanishga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
    1) Mexanik;
    2) Gidroxajmli;
    3) Elektr;
    4) Kombinatsiyalashgan (gidromexanik va elektromexanik).


    Mexanik kuch uzatmasi.
    Zamonaviy avtomobillarda asosan mexanik (transmissiya) kuch uzatmasi qo’llanilib, ular avtomobillarning vazifasi va agragatlarning o’zaro joylashishiga qarab turli sxemalarda tayyorlanishi mumkin.
    Klassik sxemaga ega bo’lgan mexanik kuch uzatmasi 11.1 rasmda keltirilgan (Damas, Jiguli, VAZ 2101, 2107, Volga, UzOtoyol va hokazo).
    Oldi g’ildiraklari yetaklovchi bo’lgan zamonaviy avtomobillarning kuch uzatmasining sxemasi 11.2 rasmda keltirilgan (Neksiya, Tiko, Matiz, Jiguli 2108 va hokazo).
    Burovchi moment dvigateldan I, ilashish muftasi II orqali, uzatmalar qutisi III ga uzatiladi. Uzatmalar qutisida burovchi momentning qiymati (ulangan pog’onaga mos ravishda) va yo’nalishi (orqaga harakat qilganda)o’zgaradi va kardan uzatmasi IV orqali asosiy uzatma V ga uzatiladi, asosiy uzatmada burovchi moment qiymati uning uzatishlar soniga mos ravishda oshadi va differensialda teng ikkiga bo’linib, yarim o’qlar VI orqali yetakchi g’ildiraklar VII ga uzatiladi 11.1 rasm.
    11.1-rasm. Mexanik kuch uzatmasi (klassik).

    I-Dvigatel, II-ilashish muftasi, III-uzatmalar qutisi, IV-kardan uzatmasi, V-asosiy uzatma, VI-yarim o’qlar, VII-yetakchi g’ildiraklar.

    11.2-rasm. Mexanik kuch uzatmasi (old yuritmali sxema).
    I-Dvigatel, II-ilashish muftasi, III-uzatmalar qutisi, IV-asosiy uzatma, V-yetakchi g’ildirak uzatmasi, VI-yetakchi g’ildiraklar.
    G’ildiraklarga uzatilgan moment miqdorining g’ildirak radiusiga nisbati g’ildirak bilan tayanch yuza orasida hosil bo’ladigan yetaklovchi kuchga tengdir. Bu kuch avtomobilning harakatiga qarshilik ko’rsatuvchi kuchlarni yengishga va avtomobilning tezlashtirishga sarf qilinadi.

    Asosiy uzatma, differensial va yarim o’qlar birgalikda yetaklovchi ko’prikni tashkil etadi.


    Orqa g’ildiraklar yetaklovchi va dvigatel orqada joylashgan avtomobillarning kuch uzatmasi 11.3 rasmda keltirilgan. (ZAZ-968m. Zaporojets.)
    11.3-rasm. Mexanik kuch uzatmasi

    (Orqa g’ildiraklar yetaklovchi dvigatel orqada).


    I – Dvigatel; II – Ilashish muftasi; III – uzatmalar qutisi; IV – asosiy uzatma; V – yetakchi g’ildiraklar uzatmasi; VI – yetakchi g’ildiraklar.

    11.4-rasm. Mexanik transmissiya sxemalari:


    a,b – mehanik transmissiya 4x2 avtomobili uchun; v-mehanik transmissiya 4x4 avtomobili uchun; g - mehanik transmissiya 6x4 avtomobili uchun; d- mehanik transmissiya 6x6 avtomobili uchun; e-gidrohajmli va elektrik transmissiya 4x2 avtomobil uchun; j,z – mehanik transmissiya 8x8 avtomobili uchun 1-Dvigatel, 2-ilashish muftasi, 3-uzatmalar qutisi, 4-kardan uzatmasi, 5-asosiy uzatma, 6-kardan sharniri, 7-taqsimlash qutisi, 8-differensial, 9-nasos (generator), 10-gidromator (elektrodvigatel).
    11.4-rasm (v)da g’ildirak formulasi 4x4 bo’lgan mexanik kuch uzatmasining sxemasi keltirilgan. G’ildirak formulasi 4x2 bo’lgan avtomobilning kuch uzatmasiga nisbatan qo’shimcha taqsimlash qutisi 7 o’rnatilgan, taqsimlash qutisidan burovchi moment kardan uzatmalari 4 orqali yetaklovchi ko’priklarga uzatiladi.

    Oldingi yetaklovchi ko’prik asosiy uzatma, differensial va yarim o’qlardan tashqari uzatmada burovchi momentni yetaklovchi va boshqariluvchi g’ildiraklar uzatish uchun kardan sharnirlari 6 o’rnatilgan. Ba’zida yetaklovchi ko’priklarga burovchi momentni ma’lum bir nisbatda uzatish uchun taqsimlash qutisida o’qlar aro differensial o’rnatiladi.


    Uch o’qli avtomobillarning mexanik kuch uzatmalarida oraliq va orqa yetaklovchi ko’priklarga burovchi moment bir umumiy val orqali (11.4 (g)-rasm) uzatiladi.
    Elektrik va gidroxajmli uzatmalari. Elektrik va gidroxajmli kuch uzatmalarining prinsipial sxemalari o’xshashdir. Elektrik kuch uzatmalarida ichki yonuv dvigateli generator 9 ni harakatga keltiradi 11.4-rasm (ye) generatordan chiqayotgan tok elektrodvigatel 10 ni harakatga keltiradi, o’z navbatida elektrodvigatel elektromator g’ildirakni harakatga keltiradi.
    Gidroxajmli kuch uzatmasida ichki yonuv dvigatelidan harakatga keltiriladigan nasos 9 gidromator 10 bilan trubalar orqali ulangan va gidromator 10 g’ildiraklarni harakatga keltiradi.
    Gidroxajmli kuch uzatmasida ichki yonuv dvigatelidan harakatga keltiriladigan nasos 9 gidromator 10 bilan trubalar orqali ulangan va gidromator 10 yetakchi g’ildiraklarni harakatga keltiradi.



    Download 0,54 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   160




    Download 0,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulishi xaqida umumiy ma’lumot

    Download 0,54 Mb.