• Mantiqiy ko‘paytiruv.
  • Mantiqiy inkor.
  • MantiqiyIMSparametrlari Axborotni kodlash usuliga ko‘ra mantiqiy elementlar potensial va impuls
  • Mavzu: Komparator va qo’shuv-ayruv amalini bajarish




    Download 26,4 Kb.
    bet2/7
    Sana22.12.2023
    Hajmi26,4 Kb.
    #126968
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    RQL 2 mustaqil ishi

    Mantiqiy qo‘shuv. Bu amal YoKI amali yoki diz’yunksiya deb ataladi. Ikki o‘zgaruvchini mantiqiy qo‘shish postulatlari 9.1 – jadvalda keltirilgan.
    Bunday jadvallar haqiqiylik jadvallari deb ataladi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu amal ixtiyoriy o‘zgaruvchilar soniga mo‘ljallangan. Amal bajarilayotgan o‘zgaruvchilar soni, uning belgisidan oldin turgan raqam bilan ko‘rsatiladi. Demak, 9.1 – jadvalda 2YoKI amali bajarilgan. Mantiqiy qo‘shuv YoKI amalini bajaruvchi element (elektron sxema) shartli belgisi 62 a – rasmda keltirilgan.

    X1

    X2

    Y=X1+X2

    0

    0

    0

    0

    1

    1

    1

    0

    1

    1

    1

    1


    Mantiqiy ko‘paytiruv. Bu amal HAM amali yoki kon’yunksiya deb ataladi. Mantiqiy ko‘paytiruv postulatlari 5 – jadvalda keltirilgan. Mantiqiy HAM amalini bajaruvchi element shartli belgisi 62 b – rasmda ifodalangan.

    X1

    X2

    Y=X1X2

    0

    0

    0

    0

    1

    0

    1

    0

    0

    1

    1

    1


    Mantiqiy inkor. Inkor amali inversiya yoki to‘ldirish deb ataladi. Inkor postulatlari 9.3 – jadvalda keltirilgan. Inversiya amalini bajaruvchi mantiqiy element shartli belgisi 9.1 v – rasmda keltirlgan.


    X

    Y

    0

    1

    1

    0

    Elementar mantiqiy HAM, YoKI, EMAS amallarini bajaradigan mantiqiy elementlardan foydalanib ancha murakkab amallarni bajaradigan elementlar va ularga mos keluvchi elektron sxemalar yaratish mumkin.

    Turli amallarni bajaradigan elementtlar IMSlar ko‘rinishida ko‘plab ishlab chiqariladi. Mantiqiy IMSlar seriyalarga birlashadilar. Har bir seriya asosida ma’lum bir mantiqiy amalni bajaruvchi elektr sxemadan tashkil topgan negiz element yotadi, masalan HAM-EMAS mantiqiy amali (Sheffer elementi) yoki YoKI-EMAS mantiqiy amali (Pirs elementi). Raqamli integral mikrosxemalar yaratishda turli murakkab mantiqiy amallarni bajaradigan sxemalarni yasashda faqat bitta HAM-EMAS, yoki YoKI-EMAS mantiqiy elementidan foydalanish talab qilinishi bilan ham ajralib turadi.




    MantiqiyIMSparametrlari
    Axborotni kodlash usuliga ko‘ra mantiqiy elementlar potensial va impuls usullariga bo‘linadilar.

    Mantiqiy elementlarning ko‘pchiligi potensial hisoblanadi, ya’ni ularda ikkilik axborot ikkita elektr potensial daraja ko‘rinishida ifodalanadi: mantiqiy 0 – past potensial U0mantiqiy 1 – yuqori potensial U1. Impuls mantiqiy elementlarda mantiqiy birga - impulsning mavjudligi, mantiqiy nolga – uning mavjud emasligi mos keladi.


    IMS potensial mantiqiy elementlari quyidagi parametrlar bilan xarakterlanadi:

    • mantiqiy «0» va «1» kuchlanishlari U0 va U1;

    • mikrosxema holati teskari holatga o‘zgaradigan kirishdagi ma’lum kuchlanish – bo‘sag‘aviy kuchlanish UBO‘S;

    • kirish bo‘yicha birlashish koeffisienti m (kirishlar soni);

    • chiqish bo‘yicha tarmoqlanish koeffisienti n (yuklama qobiliyati yoki mazkur IMS chiqishiga ulash mumkin bo‘lgan xuddi shunday mirosxemalar soni);




    • Download 26,4 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 26,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Komparator va qo’shuv-ayruv amalini bajarish

    Download 26,4 Kb.