Lokal va global kompyuter tarmoqlarining yaqinlashuvi




Download 2,07 Mb.
bet3/9
Sana04.09.2024
Hajmi2,07 Mb.
#270275
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari

Lokal va global kompyuter tarmoqlarining yaqinlashuvi. 80-yillarning oxirlarida lokal va global tarmoqlar o’rtasida farqli jihatlar yaqqol ko’rinib turar edi. Bunday farqli jihatlarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:
1.Aloqa chiziqlarinig qanday masofalarga tortilganligi va ularning sifati. Lokal tarmoqlarning bog’lamlari orasidagi masofalar, global tarmoqlarga nisbatan ancha qisqa edi. Bunday holat lokal tarmoqlarda ancha sifatli aloqa chiziqlaridan foydalanish imkonini berar edi.
2.Ma’lumotlarni uzatish usullarining murakkabligi. Global tarmoqlarda lokal tarmoqlarga nisbatan, ishonchliligi ancha past bo’lgan kanallarning qo’llanilishi bois, ularda ma’lumotlarni uzatishning ancha murakkab usullari va shunga mos qurilmalar ishlatishga to’g’ri kelar edi.
3.Ma’lumotlarni almashinish tezligi. Lokal tarmoqlarda ma’lumotlar almashinish tezligi (10, 16 va 100 Mbit/s) global tarmoqladagi tezliklardan (2,4 Mbit/sek dan 2 Mbit/s gacha) ancha yuqori edi.
4.Ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlarning xilma-xilligi. Ma’lumotlar almashinish tezligi ancha yuqori bo’lgan lokal tarmoqlarda ko’rsatiladigan xizmatlarning xillari ancha ko’p bo’lgan, bunday xizmatlar turlariga misol qilib - boshqa-boshqa kompyuterlarning qattiq disklarida joylashgan fayllardan foydalanish mexanizmlari, bosmaga chiqaruvchi qurilmalardan (printer, plotetter, ...), modemlar va fakslardan birgalikda foydalanish xizmatlari, yagona ma’lumotlar bazasiga murojaat qila olish, elektron pochta xizmati va boshqalar. Global tarmoqlarda esa oddiy pochta va fayl almashinish xizmatlari bilan cheklangan.
Vaqt o’tishi bilan lokal va global tarmoqlar o’rtasidagi yuqorida sanab o’tilgan farqli jihatlar yo‘qola boshladi. Avvallari alohida-alohida ishlayotgan lokal tarmoqlarni o’zaro bog’lash amalga oshirila bordi. Bunda bog’lovchi muhit sifatida global tarmoqlardan foydalaniladigan bo’ldi. Lokal va global tarmoqlarning o’zaro yaqin integratsiyalashuvi, bu texnologiyalarni bir-biriga yaqinlashuviga olib keldi.
Ma’lumotlarni uzatish usullaridagi yaqinlashuv, ma’lumotlarni uzatishni optik tolali aloqa chiziqlari orqali amalga oshirilishi va bunda raqamli (modulyasiyalanmagan) asosga o’tkazilishi bilan sodir bo’lgan. 100 metrdan uzoq bo’lgan masofalarga ma’lumot uzatish uchun bunday uzatish muhitdan deyarli barcha lokal tarmoqlarda foydalanilgan edi. SDH va DWDM kabi birlamchi tarmoqlarning zamonaviy magistrallari ham, ana shunday muhit asosida qurilgan. Ularning raqamli kanallari yordamida global kompyuter tarmoqlarining qurilmalarini ham birlashtirish mumkin bo’ldi.
Raqamli kanallar sifatining yuqoriligi, global kompyuter tarmoqlari protokollariga qo’yiladigan talablarni o’zgartirib yubordi. Bunda ishonchlilikni ta’minlash muolajalari o’rniga, foydalanuvchilarga axborotni etkazib berishning o’rtacha tezligini ta’minlash muolajalari, hamda trafikni uzatishda kechikishlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo’lgan, masalan tovush trafigiga tegishli paketlarni alohida ishlash mexanizmlarini qo’llash masalalari muhim bo’lib qoldi. Sanab o’tilagan bu o’zgartirishlar global tarmoqlarining yangi texnologiyalari bo’lgan Framy Relay va ATM texnologiyalarida o’z aksini topdi.
Lokal va global tarmoqlarning yaqinlashuviga IP protokolining keng qo’llanila boshlanganligi ham katta ta’sir ko’rsatdi. Hozirda bu protokol har qanday lokal va global tarmoq texnologiyalari (Ethernet, Fast Ethernet, Gigabit Ethernet, ATM, Frame Realy) asosida qurilgan tarmoqlarni o’zaro yagona tarmoqqa birlashtirib ishlash imkonini beradi.
90-yillardan boshlab tezkor raqamli kanallar asosida ishlaydigan global kompyuter tarmoqlar ham, ko’rsatilishi mumkin bo’lgan xizmatlar xillarini anchagina ko’paytirib bu borada lokal tarmoqlarga etib oldilar. Katta hajmlarga ega bo’lgan - tasvirlar, videofilmlar, tovush kabi ma’lumotlarni, ya’ni multimediyali axborotni real vaqt masshtabida uzatib berish mumkin bo’ldi. Internet tarmog’i orqali axborot etkazib berish xizmati hisoblangan, gipermatnli axborotlar xizmati - World Wide Web (WWW) ham tezkor xizmatlarga yaqqol misol bo’la oladi.
Lokal tarmoqlarda esa, global tarmoqlardagi singari – axborotni himoyalash usullariga katta e’tibor berishga to’g’ri kelyapti, negaki hozirgi lokal tarmoqlar avvalgilariga o’xshab alohida-alohida emas, balki “katta dunyo” bilan bog’langan holda ishlamoqda.
Bu davrga kelib bir vaqtning o’zida ham lokal, ham global tarmoqlar uchun mo’ljallangan texnologiyalar paydo bo’la boshladi. Yangi avlod texnologiyalaridan hisoblangan ATM texnologiyasi yordamida lokal va global tarmoqlarni birlashtirib, mavjud trafikni samarali uzatishni ta’minlab beruvchi yagona trasport tarmog’i qurish mumkin bo’ldi. Boshqa bir misol sifatida, avvalda lokal tarmoq texnologiyasi xisoblangan Ethernet texnologiyasining 10G – 10 Gbit/s tezlikda ishlaydigan standarti yordamida esa, global va katta lokal tarmoqlarning magistrallarini hosil qilish uchun ishlayotganini keltirish mumkin.



Download 2,07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 2,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Lokal va global kompyuter tarmoqlarining yaqinlashuvi

Download 2,07 Mb.