|
Mavzu: Kompyuter tarmoqlari. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism
|
bet | 2/9 | Sana | 04.09.2024 | Hajmi | 2,07 Mb. | | #270275 |
Bog'liq Kompyuter tarmoqlariTo‘liq bog‘lanishli topologiya – bunda har bir kompyuter tarmoqdagi boshqa kompyuterlar bilan bog’langan bo’lishi kerak. Har bir kompyuter uchun ko’p sonli kommunikatsion portlar va juda ko’p alohida aloqa chiziqlari mavjud bo’lishi kerak bo’ladi. To’liq bog’lanishli topologiyadan tarkibida kompyuterlarining soni ko’p bo’lgan tarmoqlarda foydalanilmaydi. Ushbu topologiya asosida kompyuterlarining soni uncha ko’p bo’lmagan ko’p mashinali komplekslarda va kompyuter tarmoqlarida uning serverlarini o’zaro ulash uchun foydalanish mumkin.
1.4-rasm. Tarmoqlarni qurishda ishlatiladigan asosiy topologiyalar.
Yacheykasimon topologiya – to’liq bog’lanishli topologiyadagi ba’zi bir bog’lanishlarni olib tashlash bilan hosil qilinadi. Bunda o’zaro ko’proq axborot almashinadigan kompyuterlar orasidagi bog’lanishlar qoldiriladi, boshqa kompyuterlar esa tranzit yo’llar orqali bog’lanib axborot almashinishi mumkin bo’ladi.
Umumiy shinali topologiya – Ethernet texnologiyasining avval ishlab chiqarilgan standartlari hisoblangan, 10Base-5 va 10Base-2 standartlari, ana shu topologiya asosida qurilgan edi. Bunda kompyuterlar bitta koaksial kabelga ulangan bo’lib, ma’lumot uzatilayotgan paytda u kabel bo’ylab ikki tomonga tarqaladi. Umumiy shinali tarmoqlar nisbatan arzon hisoblanadi, ularda kabelni tortish va qo’shimcha kompyuterlarni ulash osonlik bilan bajariladi. Ammo bu xildagi tarmoqning eng jiddiy kamchiligi, uning ishonchliligining pastligidir, ya’ni kabeldagi har qanday uzilish yoki kompyuterlar ulangan uzgich-ulagichlardan birining uzilishi butun tarmoqni ishini izdan chiqaradi.
Yulduzsimon topologiya – bunda har bir kompyuter alohida kabel yordamida tarmoq markazida joylashgan qurilmaga, ya’ni konsentratorga yoki kommutatorga ulangan bo’ladi. Ethernet texnologiyasining 10Base-T va 10Base-F standartlari ana shu topologiya asosida qurilgan edi. Bu topologiyaning umumiy shinaga nisbatan asosiy afzalligi, uning ishonchliligining ancha yuqoriligidir. Biron bir kabeldagi nosozlik faqatgina shu kabelga ulangan kompyuternigina 10 tarmoqdan uzilib qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Konsentrator yoki kommutator ishdan chiqsagina tarmoq ishlamay qolishi mumkin.
Ierarxik yulduz topologiyasi - bir nechta konsentratorlarni yoki kommutatorlarni ierarxik tarzda - qavatma-qavat, yulduzsimon ko’rinishda ulab tarmoqni kengaytirish, ya’ni kompyuterlar sonini oshirish mumkin. Hozirda ierarxik yulduz topologiyasi – lokal va global tarmoqlarda ham keng tarqalgan topologiya hisoblanadi. Fast Ethernet texnologiyasining 100Base-TX, 100Base-T4 va 100Base-FX spetsifikatsiyalari va Gigabit Ethernet texnologiyasining barcha spetsifikatsiyalari ana shu topologiya asosida qurilgan.
Halqasimon topologiya – bu topologiya asosida qurilgan tarmoqlarda, ma’lumotlar halqa bo’ylab odatda bir tomonga yo’nalgan holda uzatiladi. Agar kompyuter ma’lumotlarni unga yo’naltirilgan ekanligini aniqlasa, ularni o’z xotirasiga ko’chirib oladi. Token Ring va FDDI kabi lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalari halqasimon topologiya asosida qurilgan edi.
Aralash topologiya. Odatda uncha katta bo’lmagan tarmoqlar topologiyasi – umumiy shina, halqa yoki yulduzli kabi tipik topologiyalardan biri ko’rinishida bo’ladi. Katta tarmoqlardagi kompyuterlarni birlashtirishda ixtiyoriy ko’rinishdagi bog’lanishlar yuzaga kelishi mumkin. Ammo bunda ham tarmoqlarning shunday qismlarini ko’rsatish mumkin bo’ladiki, ya’ni tarmoq osti tarmoqlari, yuqorida ko’rib o’tilgan topologiyalardan biriga o’xshash bo’ladi. Shuning uchun bunday tarmoqlar aralash topologiyali tarmoqlar deb ataladi (1.5-rasm).
1.5-rasm. Aralash topologiya.
Klassifikatsiya yoki sinflarga ajratish deganda – o’rganilayotgan obyektlarni umumiy belgilari asosida guruhlarga, ya’ni u yoki bu xillarga ajratish jarayoni tushuniladi. Obyektlarni sinflarga ajratish – keyingi yozuvlarda esa klassifikatsiyalash, bu jarayonda foydalaniladigan mezonlarni (rus tilida - критерии) tanlash asosida amalga oshiriladi. Turli xil mezonlarni tanlash asosida turli xil klassifikatsiyalashni amalga oshirish mumkin. Ushbu qo’llanmada kompyuter tarmoqlarini klassifikatsiyalash - asosan texnologik jihatdan ularni tafsiflovchi mezonlar asosida amalga oshirilgan.
Kompyuter tarmoqlarini - qoplay oladigan xududining masshtabi, ma’lumotlarni uzatish muhitlarining xillari, kommutatsiyalash usuli, paketlarni harakatlantirish usuli, topologiyasi va boshqa shularga o’xshash mezonlardan foydalangan holda guruhlarga ajratishni, texnologik jihatdan klassifikatsiyalash deb atash mumkin.
1.Kompyuter tarmoqlarini - qoplay oladigan xududining masshtabi qarab ikki xil guruhga ajratish mumkin:
- lokal kompyuter tarmoqlari (Local Area Network, LAN);
- global kompyuter tarmoqlari (Wide Area Network, WAN).
Lokal kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni ancha katta tezliklarda uzata oladigan yuqori sifatli aloqa chiziqlaridan foydalaniladi. Ushbu xildagi tarmoqlarda ma’lumotlarni modulyasiyalamay uzatish imkoniyati mavjud. Kompyuter tarmoqlarining qoplay oladigan xududining masshtabi qarab - shahar kompyuter tarmoqlari (Metropolitan Area Network, MAN) deb nomlangan xili ham mavjud. Shahar kompyuter tarmoqlari katta shahar xududiga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljalangan bo’lib, ularda lokal va global tarmoqlarga xos belgilarni ko’rsatish mumkin.
2.Kompyuter tarmoqlarini - ularda qo’llaniladigan ma’lumotlarni uzatish muhitiga qarab ham, ikki xil guruhga ajratish mumkin:
- simli tarmoqlar, ular hozirda mis yoki optik tolali kabellar asosida qurilmoqda;
- simsiz tarmoqlar, ya’ni simsiz aloqa chiziqlari, masalan
- radio kanallar, o’ta yuqori chastotali, ya’ni infraqizil yoki lazer nurlaridan foydalaniladigan kanallar asosida qurilgan tarmoqlar.
3.Kompyuter tarmoqlarini – ularda qo’llaniladigan kommutatsiyalash usuli bo’yicha ham ikki xil guruhga ajratiladi:
12 - paketlarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi tarmoqlar;
- kanallarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi tarmoqlar. Paketlarni kommutatsiyalash texnikasi, paketlarni harakatlantirishning qaysi usulidan foydalanilishiga qarab bir nechta xillarga bo’linishi mumkin:
- deytagrammali tarmoqlar, masalan Ethernet texnologiyasiga mansub tarmoqlar; - mantiqiy bog’lanishlarga asoslangan tarmoqlar, masalan transport sathida TCP protokolidan foydalanib ishlaydigan IP-tarmoqlar;
- virtual kanallarga asoslangan tarmoqlar, masalan MPLS-tarmoqlar.
4.Kompyuter tarmoqlari - ularning topologiyalari asosida ham klassifikatsiyalanishi mumkin. Topologiyalarning quyidagi xillari mavjud – to’liq bog’lanishli topologiya, yacheykasimon topologiya, umumiy shinali topologiya, yulduz topologiyasi, ierarxik yulduz topologiyasi, halqa topologiyasi va aralash topologiyalar.
5.Kompyuter tarmoqlari - tarmoqlardan iborat tarmoq, ya’ni Internetning qaysi sathida ishlatilishiga qarab:
- birlamchi tarmoqlarga va birlamchi tarmoqlardan foydalanib qurilgan tarmoqlarga bo’linadi.
Birlamchi tarmoqlar, bu telekkommunikatsion tarmoqlardir, ularga misol qilib - PDH, SDH va DWDM kabi tarmoq texnologiyalarini keltirish mumkin. Birlamchi tarmoqlardan foydalanib ishlaydigan tarmoqlarga esa, turli o’lchamlardagi kompyuter, telefon va televizion tarmoqlarini misol qilib keltirish mumkin.
6.Kompyuter tarmoqlarida ko’rsatiladigan xizmatlar foydalanuvchilarning qaysi xiliga mo’ljallanganligiga qarab, tarmoqlarni ikki xil sinfga bo’lish mumkin:
- aloqa operatorlari tarmoqlari - bunday tarmoqlarning mijozlari alohida olingan foydalanuvchilar yoki shartnoma asosida xizmatlardan foydalanuvchi tashkilotlar bo’lishi mumkin;
- korporativ tarmoqlar - ushbu tarmoqqa egalik qiluvchi korxona xodimlarigagina xizmat ko’rsatuvchi tarmoq.
7.Tarmoqlardan iborat tarmoqlar tarkibida ya’ni, aloqa operatorlari tarmoqlarida, korporativ tarmoqlarda yoki Internet tarmog’ida bajaradigan vazifalariga qarab, kompyuter tarmoqlarni - uchta sinfga ajratish mumkin:
- ulanish tarmoqlari;
- magistral tarmoqlar;
- trafikni agregatsiyalash tarmoqlari.
|
| |