|
Mavzu: Kompyuter tarmoqlari. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism
|
bet | 9/9 | Sana | 04.09.2024 | Hajmi | 2,07 Mb. | | #270275 |
Bog'liq Kompyuter tarmoqlariBluetooth texnologiyasi. Bluetooth texnologiyasi standarti Ericsson kompanii tashabbusi bilan Bluetooth SIG (Bluetooth Special Interest Group) guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. Bluetooth standarti IEEE 802 standartlari umumiy tuzilishiga to’g’ri keladigan IEEE 802.15.1 ishchi guruhi standartiga moslashtirilgan.
Bluetooth texnologiyasida pikotarmoq, ya’ni cho‘qqili tarmoq (пик - cho’qqi) konsepsiyasi qo’llanilgan (3.13-rasm). Ushbu texnologiya yordamida, uzatuvchi qurilmalarning quvvatiga qarab, 10 metrdan 100 metrgacha, uncha katta bo’lmagan xududni qoplay olish mumkin bo’ladi. Pikotarmoq tarkibiga 255-tagacha qurilma kirishi mumkin, shulardan 8-tasi bir vaqtda faol bo’lib, o’zaro ma’lumotlar almashina olishi mumkin bo’ladi. Pikotarmoqdagi qurilmalarning bittasi asosiy - bosh qurilma, qolganlari esa unga bo‘ysinuvchi qurilmalar bo’ladi.
Faol bo’ysinuvchi qurilma, faqatgina bosh qurilma bilan ma’lumot almashinishi mumkin, bo’ysinuvchi qurilmalar o’zaro to’g’ridan-to’g’ri bog’lana olmaydilar. Pikotarmoqda ettiti faol bo’ysinuvchi qurilmalardan boshqa qurilmalarni, energiya bilan ta’minlanishi pasaytirilgan rejimda bo’lishi kerak. Bunday rejimda, ular faol holatga o’tish uchun davriy ravishda bosh qurilma buyruqlariga quloq solib turadilar.
Bosh qurilma birgalikda foydalaniladigan muhitga ulanish jarayonini amalga oshirishga javob beradi. Birgalikda foydalaniladigan muhit ma’lumotlarni 1 Mbit/sek tezlikda uzatadi, ammo paketlarni sarlavhalarini uzatish va chastotalarni almashtirib turish natijasida, asosiy ma’lumotlarni uzatish tezligi – ya’ni foydali uzatish tezligi 777 Kbit/sek-dan oshmaydi. Ma’lumotlarni uzatish muhitining o’tkazish qobiliyati, bosh qurilma tomonidan, qolgan ettita bo’ysinuvchi qurilmalar o’rtasida TDM texnikasi asosida taqsimlanadi.
3.13-rasm. Pikotarmoq va yoyilgan tarmoq.
Bunday arxitektura, bo’ysinuvchi qurilmalar vazifasini bajaruvchi qurilmalarda, masalan radionaushniklarda, soddaroq protokollarni qo’llash imkonini beradi. Pikotarmoqning nisbatan murakkab vazifalari, odatda bosh qurilma hisoblangan kompyuterga topshiriladi.
Bluetooth, shaxsiy elektron qurilmalarni mustaqil ishlatish uchun mo‘ljallangan mukammal texnologiya hisoblanadi. Shuning uchun bu texnologiya o’zining amaliy protokollari bilan birga, to’liq protokollar steki ishini ham ta’minlay oladi. Bu texnologiya shu jihati bilan, faqatgina fizik va kanal sathi vazifalarini bajaruvchi Ethernet yoki IEEE 802.11, ya’ni WiFi texnologiyalaridan farq qiladi.
Bluetooth texnologiyasi mobil telefon bilan simsiz quloqqa taqib qo’yiladigan eshitish qurilmalarini (naushniklarni) o’zaro bog’lash standartlarini ishlab chiqish natijasida paydo bo’lgan.
Bluetooth texnologiyasi ishlab chiqaruvchilari, bu texnologiyaning o’zi uchun mo’ljallangan protokollarni yaratishga intilishlarining sababi, bu texnologiyani turli xil oddiy qurilmalarda amalga oshirmoqchi ekanliklaridadir. Shu sababli Bluetooth texnologiyasi uchun aynan mos protokollar steki ishlab chiqildi, ularga qo’shimcha ravishda prokollarning juda ko’p xillari – ya’ni profillari ham paydo bo’ldi.
Profil deganda ma’lum bir masalani echish uchun mo’ljallangan, ya’ni ma’lum bir vaziyat uchun mo’ljallangan aniq protokollar to’plami tushuniladi. Masalan: kompyuter yoki mobil telefonni simsiz naushnik bilan o’zaro ishlay olishini ta’minlab beradigan profil, fayllarni uzata oladigan qurilmalar uchun ishlab chiqilgan profil, RS-232C ketma-ket portini emulyasiya qila oladigan profil va xokazo.
802.15.1 ishchi guruhi Bluetooth standartini IEEE 802 standartiga moslashtirishda fizik va MAC sathlari vazifalariga to’g’ri keladigan Bluetooth yadrosi protokollari bilan cheklangan (3.14-rasm).
3.14-rasm. Bluetooth protokollarining OSI modeliga va IEEE 802 standartlariga mosligi.
1.Fizik radiosignallar sathi protokollari – bu sath axborotni uzatish uchun foydalaniladigan signallarning chastotalari va quvvatlarini tavsiflab beradi.
2.Chastotalarning asosiy (bazaviy) diapazoni sathi - radiomuhitda ma’lumotlarni uzatish kanallarini tashkil qilish uchun javob beradigan sath.
3.Kanallar dispetcheri.
4.Mantiqiy kanalni boshqarish uchun mo’ljallangan moslashtirish protokoli sathi (Logical Link Control Adaptation Layer, L2CAP).
5.Audio sath – SCO (Synchronous Connection Oriented link – ulanish uchun mo‘ljallangan sinxron kanal) kanallari orqali tovush uzatishni ta’minlaydi.
6.Boshqarish sathi.
Bluetooth texnologiyasi asosida qurilgan shaxsiy tarmoqlar (Personal Area Network, PAN) uncha katta bo’lmagan masofalarda, odatda 10 metrlik radiusga ega xududda, bitta foydalanuvchiga tegishli bo’lgan qurilmalarni o’zaro ishlashi uchun mo’ljallangan tarmoqdir. Bunday tarmoqlarning qurilmalari tarkibiga – noutbuk, mobil telefon, cho’ntak kompyuteri (Personai Digital Assistant - PDA), printer, televizor, avtomobil va boshqa ro’zg’orda ishlatilishi mumkin bo’lgan maishiy qurilmalar - masalan sovutgich kiritilishi mumkin. Shaxsiy tarmoqlar ma’lum bir kichik xududda, masalan uy chegarasida, hamda ko’chib yuruvchi, ya’ni mobil ulanishlarni ta’minlab berishi kerak bo’ladi. Ya’ni, shaxsiy tarmoq qurilmalari egasi, ular bilan birga bir xonadan boshqa xonaga yoki shaharlararo ko’chib yurganida ham, o’z ishini bajara olishi kerak bo’ladi.
|
| |