KOMPYUTER TARMOQLARINING XILLARI VA STANDARTLARI




Download 2,07 Mb.
bet4/9
Sana04.09.2024
Hajmi2,07 Mb.
#270275
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari

2.2.KOMPYUTER TARMOQLARINING XILLARI VA STANDARTLARI
Zamonaviy tarmoqlarga misollar qilib quyidagi tarmoqlarni keltirish mumkin – lokal va global kompyuter tarmoqlari, korporativ tarmoqlar, telekommunikatsion tarmoqlar, aloqa operatorlari tarmoqlari va ushbu tarmoqlardan iborat bo’lgan tarmoq, ya’ni Internet tarmog‘i. Bu tarmoqlar boshqa-boshqa xil tarmoqlar bo’lishiga qaramasdan, ularning ko’pgina o’xshash tomonlarining borligini ham ko’rsatib o’tish mumkin. Shulardan biri va muhimi, ularning tuzilishi, ya’ni arxitekturalarining o’xshashligidir. Zamonaviy kompyuter tarmog’i yoki zamonaviy tarmoqning tuzilishini 2.1-rasmda keltirilgan telekommunikatsion tarmoqning umumlashtirilgan chizmasi asosida ko’rib chiqamiz.
Bunday tarmoq quyidagi qismlardan iborat bo’ladi:
1.Foydalanuvchilarning terminal uskunalari, bunda ular lokal tarmoqqa birlashtirilgan holda ham ulangan bo’lishlari mumkin.
2.Ulanish tarmoqlari.
3.Telekommunikatsion tarmoqning magistrali–magistral tarmoq.
4.Axborot markazlari yoki xizmatlarni boshqarish markazlari (Services Control Paint - SCP).
Kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchilarning terminal uskunalari sifatida – kompyuterlar, telefon tarmoqlarida – telefonlar, televizion yoki radiotarmoqlarda - televizorlar yoki radiopriyomniklar ulangan bo’ladi. Foydalanuvchilarning terminal uskunalari, telekommunikatsion tarmoq tarkibidan tashqarida joylashgan tarmoqlarga ham birlashtirilgan bo’lishi mumkin. Kompyuterlar - lokal kompyuter tarmoqlariga, telefonlar esa - ofisdagi telefon kommutatoriga (PBX – Private Branch Exchange) ulangan bo’lishi mumkin.
Ulanish tarmoqlari ham, magistral tarmoqlar ham - kommutatorlar yoki marshrutizatorlar asosida quriladi. Har bir kommutator boshqa kommutatorlar bilan aloqa kanallari orqali ulanish uchun mo’ljallangan bir nechta portlarga ega bo’ladi.
Ulanish tarmog‘i. Ulanish tarmog’i telekommunikatsion tarmoq ierarxiyasining pastki sathini tashkil qiladi. Ulanish tarmog’ining asosiy vazifasi ko’p sonli aloqa kanallari orqali mijozlarning qurilmalaridan 17 kelayotgan axborot oqimlarini, magistral tarmoqning nisbatan kam sonli bog’lanmalarida to’plashdan iboratdir.

2.1-rasm. Telekommunikatsion tarmoqning umumlashtirilgan chizmasi.
Ulanish tarmog’i deganda ancha katta xududga yoyilgan xududiy (regional) tarmoq tushuniladi. Telekommunikatsion tarmoq ham, ulanish tarmog’i ham bir nechta sathlardan iborat bo’lishi mumkin. Pastki sathlarda o’rnatilgan kommutatorlar, ko’p sonli abonentlarning kanallaridan keladigan axborot oqimlarini multipleksatsiyalab, ya’ni to’plab – bir yoki bir nechta kanallar orqali uzatishga tayyorlab, o’zidan yuqoriroq sathda joylashgan kommutatorlarga, ular esa o’z navbatida magistral tarmoq kommutatorlariga uzatib beradilar.
Magistral tarmoq. Magistral tarmoq yordamida yuqori tezlikka ega kanallar orqali trafikni tranzit yo’llar bo’ylab uzatishni ta’minlash maqsadida, ulanish tarmoqlarini o’zaro birlashtirish amalga oshiriladi. Magistral tarmoq kommutatorlari, alohida-alohida foydalanuvchilarni o’zaro bog’lanishlarini tashkil qilish bilan birga, asosan ko’p sonli foydalanuvchilarining bog’lamlaridan keladigan agregatlangan – yo’naltirilgan, axborot oqimlari demultipleksiyalab, ya’ni adreslar bo’yicha taqsimlab, axborotlarni qabul qiluvchi foydalanuvchilarning ulanish tarmoqlariga shunday uzatib beradiki, foydalanuvchi qurilmasining kirish portiga faqat unga yuborilgan axborot kelib tushadi.
Axborot markazlari. Axborot markazlari yoki xizmatlarni boshqarish markazlari – axborot xizmatlarini amalga oshiradilar. Bunday markazlarda ikki xil ko’rinishdagi axborotlar saqlanadi:
1. Foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan, ularni qiziqtirishi mumkin bo’lgan axborot.
2. Xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan yordamchi axborot, ya’ni foydalanuvchiga xizmat ko’rsatishni osonlashtiradigan axborot. Birinchi turdagi axborot resurslariga misol qilib, har-xil sohalarga oid ma’lumotlar va yangiliklar, elektron magazinlar haqida ma’lumotlar va h.k., shularga o’xshash ma’lumotlarga ega bo’lgan veb-portallarni keltirish mumkin. Telefon tarmoqlarida bunday markazlar yordamida tezkor chaqiruv xizmatlari va har-xil tashkilotlar hamda korxonalardan ma’lumotlarni olish xizmatlari amalga oshiriladi.
Ikkinchi turdagi axborotlarni saqlovchi markazlarga misol qilib, foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash va avtorizatsiya qilishning har xil tizimlarini keltirish mumkin. Ular yordamida tarmoq egasi bo’lgan korxona foydalanuvchilariga, u yoki bu xizmatlarni ko’rsatishi mumkin yoki mumkin emasligini aniqlanadi, ko’rsatilgan xizmatlarga haq to’lashni hisoblash tizimi, ya’ni billing tizimi tekshirib boriladi. Foydalanuvchilarning ma’lumotlar bazalarida saqlanayogan nomlari va parollari, hamda foydalanuvchiga ko’rsatilgan xizmatlarning xillari hisobga olib boriladi.

Download 2,07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 2,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KOMPYUTER TARMOQLARINING XILLARI VA STANDARTLARI

Download 2,07 Mb.