• Oliy ta’lim muassasalari kasb hunar kollejlari va akademik litseylarning hamda maktablarning kompyuter tarmoqlari, ular asosida yechiladigan masalalar.
  • Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig‘imi




    Download 25,91 Kb.
    bet3/5
    Sana26.06.2024
    Hajmi25,91 Kb.
    #265839
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Ma\'ruza 2

    Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig‘imi. Ma’lum vaqt oralig‘ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - uning uzatilish tezligini belgilaydi.
    Xar qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tezlik tushunchasi va uning o‘lchov birliklari mavjud bo‘lganidek, axborotning ham uzatish tezligi hamda o‘lchov birliklari mavjuddir, bular:

    • Bit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni;

    • Kbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaxlitlangan bitlar soni;

    • Mbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaxlitlangan bitlar soni;

    • Gbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaxlitlangan bitlar soni.

    Axborot kanallarining sihimi ular orqali ma’lum vaqt oralig‘ida uzatiladigan axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu o‘z navbatida axborot kanallarining o‘tkazish qobilyatini anglatadi.
    Oliy ta’lim muassasalari kasb hunar kollejlari va akademik litseylarning hamda maktablarning kompyuter tarmoqlari, ular asosida yechiladigan masalalar.
    Oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar va maktablarning kompyuter tarmoqlari hamda ular asosida yechiladigan masalalar quyidagilardan iborat:

    • axborotni tashkil qilish va izlab topish;

    • zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida axborot va bilimlarni almashishga imkoniyatini yaratish;

    • fanlardan bilimlarini chuqurlashtirish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni tarmoqdan qidirish;

    • talabalrning fanlardan mustaqil ishlarni bajarish;

    • elektron kutubxonadagi manbalardan foydalanish;

    • masofaviy ta’lim olish;

    • hisobotlar tayyorlash va uzatish;

    • elektron hujjat almashishni tashkil qilish;

    • talabalar ota-onalari farzandlarining o‘zlashtirishi va davomatini kuzatib borish.

    Bundan tashqari hozirgi kunda Respublikamizda ta’lim muassasalarining ta’lim tarmog‘i yaratilgan. Ziyonet axborot-ta’lim tarmog‘i barcha ta’lim muassasalarining axborot resurslarini o‘zida jamlagan. Hozirgi kunda barcha o‘qituvchilar, o‘quvchilar va talabalar ushbu tarmoqdan foydalanish imkoniyatiga ega. Ziyonet axborot-ta’lim tarmog‘i axborotlarni joylashtirish, toifalash, guruhlash hamda ularni qidirib topish imkoniyatini taqdim etadi.

    Xozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqka ulab ular Ыrtasidagi ma’lumot almashishni tashkil etish mumkin. Kompyuterdan turli masalalarni xal kilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshka kompyuterlar bilan umumiy tarmoqka ulanish kerak buladi.

    Download 25,91 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 25,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig‘imi

    Download 25,91 Kb.