|
Asosiy tushunchalar va atamalar
|
bet | 2/5 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #264343 |
Bog'liq 20-mavzuAsosiy tushunchalar va atamalar
Tarmoq – bu kompyuterlardan tashkil topgan yaxlit bir tizim bo’lib, ular(kompyuterlar) o’rtasida axborot almashish imkonini ta’minlaydi.
Kompyuter tarmoqlari – ikki yoki undan ortiq qurilmalar o’rtasida ma’lumot almashish uchun kerak.
Kompyuter tarmoqlari quyidagi turlarga bo’linadi:
1.Local network(Local Area Network — LAN) – Lokal tarmoq
2.Global network(wide area network — WAN) – Global tarmoq
Lokal tarmoq (LAN) – bu qisqa masofada (masalan, bir bino ichida) joylashgan 2 yoki undan ortiq qurilmalardan tashkil topgan tarmoq.
LAN-Local Area Network
Global tarmoq (WAN) – bu katta masofalarda joylashgan ko’p sonli kichik lokal tarmoqlar(LAN) va alohida kompyuterlarni bir biri bilan birlashtiruvchi tarmoq.
WAN-Wide Area Network
Bundan biz shunday xulosaga kelamiz:
Internet – bu kompyuter tarmoqlarining (dunyo bo’ylab) global tarmog’idir.
Host – tarmoqda faol bo’lgan va IP manziliga ega bo’lgan tizim yoki qurilma hisoblanadi.
IP (internet protocol) address – bu unikal identifikator, qurilmalarni tarmoqda identifikatsiya qilish uchun ishlatiladi. Ushbu manzil tarmoqdagi har bir qurilma (masalan, kompyuter, printer yoki tarmoq vositalar) uchun alohida identifikatsiya raqamiga teng bo’ladi.
IP manzillar ikki turdadir: IPv4 va IPv6.
IPv4: IPv4 manzillari 32 bitdan iborat bo’lgan raqamlardan iborat. Ular 4 ta bo’sh joy bilan ajratilgan sonlar ketma-ketligi ko’rinishida yoziladi. Masalan: 192.168.0.1
IPv6: IPv6 manzillari 128 bitdan iborat bo’lgan raqamlardan iborat. Ular 8 ta bo’sh joy bilan ajratilgan sonlar va harflar ketma-ketligi ko’rinishida yoziladi. Masalan: 2001:0db8:85a3:0000:0000:8a2e:0370:7334
IPv4 va IPv6
Barcha IPv4 manzillarini foydalanishga ko’ra ikkita katta guruhga bo’lish mumkin
1.Local IP manzil
2.Global IP manzil
|
| |