|
Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining tarmoq protokollari
|
bet | 4/5 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #264343 |
Bog'liq 20-mavzuTCP/IP protokoli – IP protokoliga asoslangan tarmoqlar orqali ma’lumotlarni uzatish uchun foydalaniladigan protokollar to’plamidir. TCP protokoli ma’lumotlarning ishonchli uzatilishini ta’minlaydi IP protokoli paketlarni marshrutlash uchun ya’ni paketlar qayerdan va qayerga borishiga javobgardir.
UDP (User Datagram Protocol) – tarmoq protokoli, tarmoqdagi ma’lumot almashish uchun ishlatiladigan bir transport protokolidir. UDP IP (Internet Protocol) bilan birgalikda ishlatiladi va ma’lumotlarni paketlarga bo’lib almashishni ta’minlaydi.
OSI (Open Systems Interconnection) – modeli, tarmoq kommunikatsiyasi va tizimlarining qurilishi va ishlab chiqarilishini tushuntiruvchi standart yaratish modelidir. Uning asosiy maqsadi, turli tarmoq protokollari va tizimlarining tariflashini, ta’rifi va ulanishini tashkil qilishdir.
OSI modeli bir-biriga bog’liq va bir-birini to’liqlaydigan 7 ta qatlamdan iboratdir. Har bir qatlam, tarmoq kommunikatsiyasining maqsad va vazifalarini bajarish uchun kerakli protokollarni amalga oshiradi.Quyidagi 7 ta qatlamdan iborat:
1.Fizik qatlam (Physical Layer)
2.Ulanish qatlami (Data Link Layer)
3.Tarmoq bo’limi (Network Layer)
4.Transport qatlami (Transport Layer)
5.Sessiya qatlami (Session Layer)
6.Taqdimot qatlami (Presentation Layer)
7.Ilova qatlami (Application Layer)
OSI modeli mavzusi katta mavzu hisoblanadi biz shunchaki qisqacha ma’lumot berdik.Balki keyingi darslarda bu mavzuga yana kengroq tuxtalarmiz ko’ramiz.
Firewall – Tarmoqda xavfsizlikni ta’minlash uchun ishlatiladigan dasturiy ta’minot yoki qurilma bo’lib, tarmoq trafikini nazorat qiladi va himoya qiladi. Uning asosiy vazifalari tarmoq xavfsizligini ta’minlash, zararli va noaniq ma’lumotlar bilan kirishlarni chegaralash va tarmoq resurslarini himoya qilishdir.
VLAN (Virtual Local Area Network) -Tarmoqni bir nechta virtual tarmoqlarga bo’lish usuli.Bitta VLAN-ga tegishli qurilmalar, ular turli xil routerlarga ulangan bo’lsa ham xuddiki bitta ular bitta tarmoqga ulangan kabi ma’lumot almashishi mumkin.
|
| |