• Global IP manzillar
  • IP-manzilni aniqlash Global ya’ni internet provayder bergan ip manzilni bilish uchun : https://whatismyipaddress.com/ Local IP manzilni bilish uchun
  • Ruter (Router)
  • Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining tarmoq protokollari




    Download 0,96 Mb.
    bet3/5
    Sana19.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #264343
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    20-mavzu

    Lokal IP manzillar – 192.168.0.1 yoki 10.0.0.1 kabi manzillarni o’z ichiga oladi. Bu manzillar lokal tarmoqdagi qurilmalar orasida unikal bo’lib, global internetga bog’lanishda foydalanilmaydi. Lokal IP manzillar, tarmoqdagi qurilmalar o’rtasidagi aloqalarni ta’minlash uchun ishlatiladi.
    Global IP manzillar – bu internetga bog’langan qurilma yoki tarmoq uchun unikal identifikator hisoblanadi.IPv4 protokoli bo’yicha global IP manzillar, 4 ta bo’sh joy bilan ajratilgan sonlar ketma-ketligi sifatida yoziladi. Misol uchun: 203.0.113.10.
    Qurilma internetga ulanganda unga internet provayder (IPS) tomonidan berilgan global IP mazildan foydalanadi.Qurilma bir vaqtning o’zida ham local xam global IP manzillariga ega bo’lib turishi mumkin.
    Local va Global ip manzillar
    IP-manzilni aniqlash
    Global ya’ni internet provayder bergan ip manzilni bilish uchun:
    https://whatismyipaddress.com/
    Local IP manzilni bilish uchun:
    Agar siz Linux yoki MacOS dan foydalanayotgan bo’lsangiz, terminalni ochib, quyidagi komandani kiritishingiz mumkin.
    ifconfig
    Windows mashinasi uchun cmd qora oynani yoki powershell ni ochib, quyidagi komandani kiriting
    ipconfig /all

    MAC (Media Access Control) manzili – Tarmoq interfeyslari tomonidan ishlatiladigan unikal identifikator bo’lib, har bir tarmoq qurilmasiga berilgan unikal ma’lumotlardan biridir.
    MAC manzillari tarmoq interfeyslari tomonidan foydalaniladigan Ethernet, Wi-Fi va boshqa tarmoq protokollarida foydalaniladi. Ular tarmoqdagi qurilmalarning ma’lumotlarini yo’nalishlarga yo’naltirish va tarmoqdagi qurilmalar orasidagi ma’lumot almashish jarayonida foydalaniladi
    Mac address
    Ruter (Router): Oddiy qilib aytadigan bo’lsak tarmoqdagi kompyuterlarni internetga ulash va o’za paketlar almashishiga imkon beruvchi tarmoq qurilmasi.

    Switch – lokal tarmoqlarda tizimlarni bog’lash va ma’lumot almashishni bajarish uchun ishlatiluvchi qurilma hisoblanadi. U tarmoq paketlarini qabul qiladi va ularni maqsadga muvofiq portga yo’naltiradi.
    Paket – bu tarmoq orqali uzatiladigan ma’lumotlar birligi. Paketlarda jo’natuvchi, qabul qiluvchi, jo’natish tartibi va ma’lumotlarni etkazib berish va qayta ishlash uchun zarur bo’lgan boshqa ma’lumotlar mavjud.
    Protokol – Tarmoqda ma’lumotlar formatini, ularni almashish va qayta ishlashni belgilaydigan, shuningdek kompyuter tarmog’idagi turli xil qurilmalar o’rtasida o’zaro aloqani ta’minlaydigan qoidalar va protseduralar to’plami.

    Download 0,96 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining tarmoq protokollari

    Download 0,96 Mb.