|
SSL/TLS – Tarmoqda ma’lumotlarni uzatish xavfsizligini ta’minlash uchun foydalaniladigan xavfsizlik protokollaridir.SSL
|
bet | 5/5 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #264343 |
Bog'liq 20-mavzuSSL/TLS – Tarmoqda ma’lumotlarni uzatish xavfsizligini ta’minlash uchun foydalaniladigan xavfsizlik protokollaridir.SSL va TLS, server va klient (masalan, brauzer) orasidagi aloqani xavfsizlashtirish uchun ma’lumotlarni shifrlash, autentifikatsiya qilish va boshqa xavfsizliglarni ta’minlashni o’z ichiga oladi.
TLS (Transport Layer Security) va SSL (Secure Sockets Layer) protokollarining asosiy farqi ularning tarixi va versiyalari bo’lsa ham, ularning asosiy maqsadi va ishlash prinsiplari o’zgarmagan bo’lib, TLS SSL ni rivojlantirilgan va uning yangi versiyasidir.
DNS (Domain Name System) – internetda domen nomlarni IP manzillarga o’girishda ishlatiladigan tizim hisoblanadi. U foydalanuvchining kiritgan domen nomini IP manziliga aylantiradi va ularga bog’liq serverlarga so’rov yuboradi.
DHCP (Dynamic Host Configuration Protocol) – tarmoqdagi IP manzillarni avtomatik ravishda taqsimlash uchun ishlatiladigan protokoldir.Oddiyroq qilib aytadigan bo’lsak tarmoqga yangi host ulanganda u o’ziga IP ni aynan DHCP serverdan oladi.
Port – Tarmoq protokollari yordamida ma’lumot almashish uchun ishlatiladigan mantiqiy kanal yoki interfeysni ifodalaydi. Har bir portning raqami mavjud bo’ladi va har bir portning belgilangan vazifalari va protokollari bo’lishi mumkin.
Istalgan tarmoq protokolining o’ziga xos portlarining o’zaro aloqasi bo’lishi mumkin. Masalan, HTTP protokoli uchun 80-raqamli port, HTTPS uchun 443-raqamli port, FTP uchun 21-raqamli port, SSH uchun 22-raqamli port, SMTP uchun 25-raqamli port kabi protokollar uchun alohida portlar belgilanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
SSL/TLS – Tarmoqda ma’lumotlarni uzatish xavfsizligini ta’minlash uchun foydalaniladigan xavfsizlik protokollaridir.SSL
|