• Rezident bo’lmagan
  • 2. Kompyuter viruslaridan himoyalash.
  • Mavzu: Kompyuter viruslari va virusdan himoyalanish usullari. Guruh: csf017 Bajardi: Nasilloyev Vahobiddin Tekshirdi: Imamaliyev Oybek




    Download 253,09 Kb.
    bet2/4
    Sana03.12.2023
    Hajmi253,09 Kb.
    #110179
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Kompyuter viruslari

    Rezident viruslar faollashganlaridan so‘ng to‘laligicha yoki qisman yashash muhitidan (tarmoq, yuklama sektori, fayl) hisoblash mashinasining asosiy xotirasiga ko‘chadi. Bu viruslar, odatda, faqat operatsion sistemaga ruxsat etilgan imtiyozli rejimlardan foydalanib yashash muhitini zaharlaydi va ma’lum sharoitlarda zararkunandalik vazifasini bajaradi. Rezident bo’lmagan viruslar faqat faollashgan vaqtlarida hisoblash mashinasining asosiy xotirasiga tushib, zaharlash va zararkunandalik vazifalarini bajaradi. Keyin bu viruslar asosiy xotirani butunlay tark etib yashash muhitida qoladi. Agar virus yashash muhitini zaharlamaydigan dasturni asosiy xotiraga joylashtirsa, bunday virus rezident bo'lmagan virus hisoblanadi.

    Kompyuter viruslarini foydalanuvchining axborot resurslari uchun xavflilik darajasi bo'yicha quyidagilarga ajratish mumkin: • beziyon viruslar; • xavfli viruslar; • juda xavfli viruslar.

    Beziyon kompyuter viruslari kompyuter sistemasi resurslariga qandaydir shikast yetkazishni maqsad qilmagan mualliflar tomonidan yaratiladi. Ularning maqsadi, odatda, o‘zlarining dasturchilik imkoniyatlarini ko‘z-ko‘z qilishdir. Bunday viruslarning zararkunandaligi monitorda aybsiz matnlarni va rasmlarning, musiqiy parchalarning ijro etilishiga olib keladi va h.k. Xavfli viruslarga kompyuter sistemalari samaradorligi jiddiy pasayishiga olib keluvchi, ammo xotirlovchi qurilmalarda saqlanuvchi axborotning yaxlitligini va maxfiyligini buzmaydigan viruslar kiradi. Bunday viruslar ta’siri oqibatlarini unchalik katta bo'lmagan moddiy va vaqt resurslari sarfi evaziga yo‘qotish mumkin. Juda xavfli viruslarga axborotning maxfiyligi buzilishiga, yo‘q qilinishiga, takrorlanmaydigan turlanishga (shifrlash ham shu qatorda) hamda axborotdan foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi va natijada apparat vositalaming ishdan chiqishiga hamda foydalanuvchilar sog‘lig‘iga shikast yetishiga sabab bo’luvchi viruslar kiradi.

    2. Kompyuter viruslaridan himoyalash. Virusga qarshi vositalar yordamida quyidagi masalalar yechiladi: -kompyuter sistemalaridagi viruslar aniqlanadi; -viruslar ta’siri oqibatlari yo'qotiladi.


    Download 253,09 Kb.
    1   2   3   4




    Download 253,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kompyuter viruslari va virusdan himoyalanish usullari. Guruh: csf017 Bajardi: Nasilloyev Vahobiddin Tekshirdi: Imamaliyev Oybek

    Download 253,09 Kb.