• Num Lock
  • PAUSE
  • Mavzu: kompyuterlarning texnik




    Download 136.22 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet14/16
    Sana12.03.2022
    Hajmi136.22 Kb.
    #18578
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    kompyuterlarning texnik taminoti

    F1 dan F12 gacha bo`lgan klavishlar funksional klavishlar deb nomlanadi. 
    Dastur tuzilishiga qarab, ushbu klavishlar har xil vazifalarni bajarishi mumkin. 
    Bular 12 ta bo`lishiga qaramasdan, ko`pincha F1 dan F10 gachasi ishlatiladi. 
    Odatda F1 klavishi yordamchi ma'lumotlarni olish uchun xizmat qiladi 
    (Spravochnik).
    Num Lock (sonlarni saqlash)-sonlar kiritishning kichik klaviaturasi sonni 
    kiritishga yoki kursorni boshqarishga moslaydi. Sonlarni kiritish klavishlari ikki 
    rejimda ishlashi mumkin:
    1) sonlarni kiritishda
    2) kursorni boshqarishda. 
    Ikki holatning biridan ikkinchisiga o`tishni Num Lock (mahkamlash bilan) yoki 
    Shift klavishi (mahkamlash kerak emas) bajaradi. Bunda Caps Lock klavishi 
    sonlarni kiritish klaviaturasiga ta'sir ko`rsatmaydi.
    Sonlarni kiritish paytida sonlarni kiritish klaviaturasi kalkulatorning 
    klaviaturasiga o`xshaydi. Sonlarni va arifmetik amallar belgilarini kiritish uchun 
    qulaylik yaratadi. Sonlarni kiritgan paytda Num Lock chirog`i yonib turishi 
    kerak, agarda Num Lockni ko`rsatuvchi chiroq o`chgan bo`lsa, ushbu kichik 
    klaviatura bilan kursorni boshqarish mumkin.
    Ctrl (Control-boshqarish) - boshqa klavish bilan birga bosilganda, o`sha 
    klavishning vazifasi o`zgaradi, ALT (Alternative-o`zgartiruvchi) - bu klavish 
    ham boshqa klavishlar bilan birga bosilganda, o`sha klavishning ish vazifasini 
    o`zgartiradi. 
    Print Ssreen (ekrandagi chop etish) - ushbu klavish ekranda bo`lgan ma'lumotni 
    printerga chiqarib beradi. 
    PAUSE (vaqtinchalik to`xtash) - ushbu klavish bosilganda kompyuter o`z ishini 
    vaqtincha to`xtatadi. 
    TAB (tabulyatsiya so`zidan) - faqat pastdagi registrda ishlaydi va gap matn
    hujjatlar haqida ketganda, kursorni o`ng tomonga, navbatdagi maxsus 


    ko`rsatilgan (belgilangan) nuqtaga (pozitsiyaga) suradi. Bu klavishning qulayligi 
    shundaki, uning yordami bilan jadvallar tuzish oson va matnni yozganda ham 
    belgilangan pozitsiyadan boshlab terish mumkin. Klavishlarni yuqori registrda 
    bosganda, kursorni chap tomonga, belgilangan pozitsiyaga surish mumkin. 
    BackSpace (Orqaga qaytish) - qaytarish klavishi. Bu klavisha yordamida, matn 
    terish paytida, ekrandagi kursordan chap tomondagi xato terilgan belgilarni 
    o`chirish mumkin. Kursorning o`zi esa bitta belgi chap tomonga suriladi. 

    Download 136.22 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 136.22 Kb.
    Pdf ko'rish