Mavzu: kompyuterlarning texnik




Download 136.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana12.03.2022
Hajmi136.22 Kb.
#18578
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
kompyuterlarning texnik taminoti

Sistema platasi kompyuterning asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, 
mikroprotsessor, tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashtirilgan bo`ladi. 
Bundan tashqari, unda ba'zi bir qurilmalar, ishni boshqaruvchi elektron 
sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo`ladi. Hozirda 
shinalarning PCI ISA turi keng ishlatilmoqda. Bunday shinalarning ma'lumot 
ayirboshlashi tezligi yuqori bo`lib, u orqali kompyuterga ko`p tashqi 
qurilmalarni ulash mumkin.


Kompyuterda kiritish-chiqarish portlari kontrolerlari mavjud bo`lib, ular sistema 
blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, 
sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish 
portlari parallel va ketma-ket bo`ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va 
COM1-COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-
modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.
Monitor. Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma'lumotlarni 
tasvirlash (ko`rish) uchun xizmat qiladi. Garchand tashqi ko`rinishidan u 
televizorga o`xshab ketsada, ular bajaradigan ishlari bilan keskin farq qiladilar. 
Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. Kompyuter tarqatadigan nur umuman 
aytganda zararli, shuning uchun ham ba'zi kompyuterlarda past radiatsiya (Lowe 
radiation) so`zlarini uchratish mumkin. Lekin ularning inson organizmiga ta'siri 
tobora kamayib boradigan rusumlari yaratilmoqda. Buning misoli keyingi 
yillarda chiqarilgan 17-21 dyymli SVGA (SUPER Video Grafic Adapter-katta 
video grafik adapter) monitorlarda nurlarning ta'sirini ancha kamaytirilishiga 
erishilganligini keltirish mumkin. Monitor asosiy xarakteristikalaridan biri uning 
tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontali va 
vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan 14 dyymli monitorda 
tasvirlash qobiliyati 800x600, 15 dyymli monitorda 1024x768, 17 dyymli 
monitorda 1280x1024 va 21 dyymli monitorda esa 1600x1200. Bundan tashqari, 
monitorning yana bir xarakteristikasi tasvirlarni hosil qiluvchi piksellar 
(nuqtalar) o`lchovining katta-kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800x600 ga 
teng bo`lgan monitorlarda piksel 0,31mm ga, 1024x768ga teng bo`lgan 
monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng bo`lishi kerak. Monitorning tez 
ishlashi uning adapteriga bog`liq bo`ladi. Matn rejimida monitorlar nisbatan tez 
ishlasada, grafik rejimda u sekinroq ishlaydi. Uning tezligini oshirish yo`llari 
ham mavjud. 
Tashqi qurilmalar 
Tashqi qurilmalar quyidagi uskunalardan iborat: Printer, skaner, modem, 
strimer, grafik quruvchi va boshqalar (2.1-rasm).

Download 136.22 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Download 136.22 Kb.
Pdf ko'rish