• Pentium-3, Pentium-4
  • MMX Pentium protsessori. Intel
  • Mavzu: kompyuterlarning texnik




    Download 136.22 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/16
    Sana12.03.2022
    Hajmi136.22 Kb.
    #18578
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    kompyuterlarning texnik taminoti

    Mikroprotsessor. Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi 
    bo`lib, u ma'lumotlarni berilgan programma asosida qayta ishlaydi. 
    Mikroprotsessor 140 tacha turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. IBM 
    rusumli kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan) 
    mikroprotsessorlar ishlatiladi. Bu firma o`z faoliyati mobaynida Intel-8080, 
    80286, 80386, 80486, Pentium, Pentium Pro(professional) mikroprotsessorlari 
    ishlab chiqargan bo`lib, hozirda faqat zamon talablariga javob beradigan 
    Pentium-3, Pentium-4 protsessorlarinigina bozorga chiqarmoqda, xolos. Shuni 
    aytish joyizki, bu protsessorlar faqat Intel firmasida ishlab chiqarilishi shart 
    emas. Uning litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlar, 
    da ishlab chiqarilishi shart emas. Uning litsenziyasi asosida bunday 
    mikroprotsessorlar, ishchi kuchi arzon bo`lgan, Janubiy- Sharqiy Osiyo 
    mamlakatlarida ko`plab ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, IBM 
    kompyuterlariga moslik shartini bajaradigan boshqa firmalar: AMD, Cyrix, 
    Celeron va hokazo ishlab chiqqan mikroprotsessorlar ham keng qo`llaniladi. 
    Ammo boshqa firmalar ishlab chiqqan mikroprotsessorlar Intel-protsessorlardan 


    umuman aytganda kuchsizroq hisoblanadi. Hozirda MMX-protsessorli 
    kompyuterlar keng qo`llaniladi. Protsessorlarning tezligi megagerslar (Mgs) 
    sekundda o`lchanadi. 
    MMX Pentium protsessori. Intel firmasining keyingi avlod protsessori sifatida 
    1997 yil yanvar oyidan boshlab chiqarilayotgan MMX (Matrix Multiplication 
    Extension) Pentium protsessorini aytish mumkin. Dastavval bu protsessor 
    matritsalarni ko`paytirish uchun kengaytma nomi bilan atalgan bo`lsa, 
    keyinchalik MultiMedia YExtension-multimedia uchun kengaytma deb atala 
    boshladi. Bu yangi protsessorni ishlab chiqishdan maqsad, keyingi yillarda 
    ommaviy qo`llanilib borilayotgan kompyuterning multimedia (ovozi, grafik, 
    tasvir) imkoniyatlarini har tomonlama barkamollik darajasiga ko`tarish, 
    multimedia amaliyotlarni tez bajarishni ta'minlashdan iborat. Bu amallar 
    qatoriga, jumladan multimedia berilganlarini, ikki va uch o`lchovli grafikalarni 
    tez bajarish kiradi. Shu bilan birga bu protsessor ko`paytirish va qo`shish 
    amallarini ko`proq ishlatadigan amaliy programmalarda amallarni tezroq 
    bajarishga qaratilgan. Shuning uchun ham uni ko`proq matematik soprotsessorni 
    talab qilmaydigan, butun sonlar bilan ishlash bilan bog`liq masalalarni 
    yechishda qo`llash maqsadga muvofiq bo`lsada, tajribalar uning har tomonlama 
    ustunligini ko`rsatadi.
    Hozirda rivojlanayotgan parallel algoritmlar va hisoblashlar uchun ham u qo`l 
    keladi. Shu bilan birga bu protsessor suzuvchi vergul rejimidagi sonlar bilan 
    ishlashni “yoqtirmaydi”. Bunday sonlar bilan ishlash uchun maxsus programma 
    interfeysi mavjud. U Microsoft firmasining Direct 3D (3 o`lchovli interfeysi)dir. 
    Shuning uchun ham uning hozirda ko`p tarqalayotganligiga ajablanmasa ham 
    bo`ladi. 

    Download 136.22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 136.22 Kb.
    Pdf ko'rish