Mavzu: kompyuterlarning texnik




Download 136.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana12.03.2022
Hajmi136.22 Kb.
#18578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
kompyuterlarning texnik taminoti

Noutbuk kompyuterlar. Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo`lib, 
ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga 
ko`tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr 
energiyasidan, ham ichiga o`rnatilgan batareyalarda uzluksiz (batareyani har 
safar almashtirmasdan) ishlashi mumkinligidir. 
Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o`zi zarad ola boshlaydi va u 
batareya bir necha yillarga mo`ljallangan bo`ladi. Hozirda bunday noutbuklarni 
IBM, Compaq, Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, 
bunday 
kompyuterlar 
o`z 
imkoniyatlari 
nuqtai 
nazaridan 
shaxsiy 
kompyuterlarga tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning narxi baland bo`lishini 
sezish qiyin emas. Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil 
mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar 
uchun yaratilgan operatsion sistemalar MS DOS, qobiq programmalar, Windows 
ning oxirgi versiyalarida va boshqa operatsion sistemalar boshqaruvida ishlaydi. 
Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho`ntak kompyuterlari ham 
ishlab chiqilmoqda. Ular ham tabiiyki, operatsion sistema boshqaruvida ishlaydi 
va ular turli soha masalalarini yechishga qodir. 
Ixtiyoriy kompyuterning ishlash prinsipini birinchi bo`lib ingliz olimi Charlz 
Bebich va uning g`oyasini mukammallashgan ko`rinishini Djon Fon Neyman 
taklif qilgan. Uning prinsipi programma asosida boshqariladigan avtomatik 
ravishda ketma-ket ishlash g`oyasidan iborat. Hozirda ko`p kompyuterlar shu 
g`oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko`p protsessorli kompyuterlar, 
ya'ni bir vaqtda programmaning bo`laklarini ketma-ket emas, parallel 
bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o`tish joizdir. Shunday 
qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan programma asosida ishlaydi. O`z navbatida 
programma qo`yilgan masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir 
programmalash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligidir. 
Programmalash tilida tuzilgan programmalar maxsus tarjimon programmalar 
yordamida kompyuter tiliga o`tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil 
topgan, ma'lum qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon 
Fon Neyman prinsipi bo`yicha avtomatik ravishda bajariladigan programma 
avval kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan 
programma asosida programmani tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket 
bajariladi.

Download 136.22 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 136.22 Kb.
Pdf ko'rish