• Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar)
  • Shaxsiy kompyuterlar
  • Blok kompyuterlar (Manframe Computer)




    Download 136.22 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/16
    Sana12.03.2022
    Hajmi136.22 Kb.
    #18578
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    kompyuterlarning texnik taminoti

    Blok kompyuterlar (Manframe Computer)-fan va texnikaning turli 
    sohalariga oid masalalarni yechishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish 
    tezligi va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog`ona past. 
    Bularga misol sifatida AQShning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, 
    Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va 
    boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
    Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar 
    tezligi jihatidan blok kompyuterlardan kamida bir poQona pastdir. Shuni aytish 
    joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy 
    kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar 
    turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy 
    boshqaruv protsessori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan 
    (maxfiy hisoblangan) VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett 
    Packard firmasining HP 9000 va boshqalar minikompyuterga misol bo`la oladi. 
    Shuni aytish joizki, minikompyuterlar o`zlarining “katta og`alari” Manframe 
    kompyuterlarni imkoniyatlari darajasiga ko`tarilib bormoqda. Buning uchun 
    tarixga nazar solish va hozirgi ularning taraqqiyotini kuzatish yetarli. 
    Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o`quv yurtlarida 
    keng tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir.
    IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab 
    chiqarilishiga qaramay ham texnik, ham programma ta'minoti mosligi, ya'ni bir-
    biriga to`g`ri kelishi nazarda tutiladi. Bunday kompyuterlar hajmi jihatidan 
    kichik (bir stol ustiga joylashadi), amal bajarish tezligi, masalan PENTIUM-3 
    MMX protsessori o`rnatilgan kompyuterlarida hozirgi kunda 750-1000 
    megagersni, xotira hajmi esa 64-128 megabaytni tashkil qiladi. Bu 
    ko`rsatgichlar o`ta tez o`zgarib, har ikki yilda kompyuterlar imkoniyati ikki 
    baravar oshishi, ularning narxi esa shunchaga arzonlashishi tendensiyasi 
    kuzatilmoqda. Bugungi kunda Pentium IV kompyuterlari ham jahon bozorida 
    keng tarqalmoqda. IBM PC moslik kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab 
    chiqarmoqda. Bular IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, 
    Apple, Siemens Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. 
    Shuni aytish joizki, yuqorida nomlari zikr etilgan firmalar ishlab chiqargan 
    kompyuterlar (bradename) - “Oq yasalgan”, Janubiy-Sharqiy mamlakatlarda: 
    Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya va boshqa mamalakatlarda yuqorida nomlari 


    keltirilgan firmalar litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan kompyuterlar “Sariq 
    yasalgan” nomga ega. Firma nomlari ko`rsatilmagan kompyuterlar esa “nomsiz 
    kompyuterlar” (noname)deb yuritiladi. Ayniqsa, keyingi guruh kompyuterlarni 
    sotib olishda ular yaxshi tekshiruvdan (testlar yordamida) o`tkazilishi lozim. 
    Shaxsiy kompyuterlar uchun uning muhim ko`rsatkichi ishlash kafolatining 
    (kamida uch yil) bo`lishi muhim. Shu bilan birga, bunday kompyuterlarni sotib 
    olganda litsenzion programma ta'minoti va tegishli adabiyotlar bilan birga 
    berilish imkoniyati mavjudligi nazarda tutilishi kerak. 

    Download 136.22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 136.22 Kb.
    Pdf ko'rish