Mavzu: kompyuterlarning texnik




Download 136.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana12.03.2022
Hajmi136.22 Kb.
#18578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
kompyuterlarning texnik taminoti

Xotira. Xotira kompyuterda programmalar va berilganlarni, amal natijalarini 
saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari ko`p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video 
va boshqalar.
Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo`lib, protsessor undan amallarni 
bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana 
unda saqlaydi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, kompyuter o`chirilsa, tezkor 
xotirada saqlanayotgan programmalar va berilganlar yo`q bo`lib ketadi. Shuning 
uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak. Kompyuter 
ishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan o`chirish, umuman aytganda, 
katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha 
uning hajmidir. Kompyuterlarda ma'lumot birligining eng kichik o`lchovi 
sifatida bayt qabul qilingan bo`lib, 1 bayt 8 bit (ikkili raqam)ga teng. O`z 
navbatida bayt bir simvolni (belgini) tasvirlaydi. Familiyangizni kompyuterga 
kiritish uchun familiyangizda nechta harf bo`lsa, u xotirada shuncha bayt joyni 
egallaydi. Xotira hajmi birligi sifatida kilobayt qabul qilingan va u K bilan 
belgilanadi. O`z navbatida bir kilobayt 1024 baytga teng. 1024 kilobayt esa 1 
Mbayt (Megabayt)ga teng.
Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu programmalar majmuini ishlata 
olish mumkin. Misol uchun 1 Megabayt xotiraga ega kompyuterlarda faqat DOS 
sistemasida ishlash mumkin bo`lsa, 4 Megabaytli kompyuterlarda imkoniyatlari 


ko`proq 
bo`lgan 
programmalarni, 
xususan 
WINDOWS 
3.1,3.11 
programmalarini ishlatish mumkin. WINDOWS 95 ni to`laqonli ishlashi uchun 
16 Megabayt xotira va kamida 486 protsessorli kompyuter, WINDOWS 98, 
2000 operatsion sistemasida ishlash uchun, Foto Shop, Corell Drawe va boshqa 
hozirgi zamon programmalarini ishlatish uchun kamida 32 Mbayt xotirali va 
PENTIUM_2,3 protsessorli kompyuterlar lozimdir. Bu ko`rsatkichlar yangi 
protsessorlar va programma mahsulotlarini paydo bo`lishi bilan yil sayin oshib 
boradi.

Download 136.22 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Download 136.22 Kb.
Pdf ko'rish